Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.



Download 15,59 Mb.
bet130/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Parxish usuli bilan olma (dusen, paradizka), behi daraxtlari, rezavor meva o’simliklaridan esa smorodina, krijovnik hamda malina va maymunjonning ba’zi navlari ko’paytiriladi. Parxishdan ko’paytirish uchun unumdor, yengil tuproqli yer ajratiladi. Parxish qilish oldidan gektariga 30-40 t go’ng va 120 kg fosfor va 30 kg kaliy (sof oziq modda hisobidan) solinadi. Parxish qilish yerdan to’rt yil foydalanilgandan keyin bir yil dam beriladi.
O’simliklarning poyalari ayniqsa, poya burimlarida issiqlik va namlik ta’sirida qo’shimcha ildizlar paydo bo’ladi. Parxishdan ko’paytirish esa, o’simliklarning ana shu xususiyatiga asoslangan. Gorizontal va vertikal parxishdan ko’paytirish usullari qo’llaniladi.
Vertikal parxishdan, ko’pincha, dusen, paradizka olma va behi daraxtlari ko’paytiriladi. Buning uchun bahorda yoki kuzda ko’chatzorga yaxshi rivojlangan ikki yoshli ko’chatlar o’tqaziladi. Vertikal parxishdan ko’paytiriladigan ko’chatlar orasidagi masofa quyidagicha: dusen - 1,8x2,5 m, paradizka - 1,2x0,6 m, behi – 2x1m bo’ladi.
Bu ko’chatlar parvarishi odatdagicha: ya’ni, o’z vaqtida sug’oriladi, qatqalog’i yumshatiladi va begona o’tlar yo’qotiladi, har yili o’g’it solinadi. Kelgusi yil bahorida asosiy daraxtlarning shoxlari har birida ko’pi bilan to’rt-besh kurtak qoldirib kesiladi. Buyi 12-15 sm ga yetgan yangi novdalarning tagi yoz mobaynida bir necha marta chopilib, 20-25 sm baland qilib ko’miladi. Bunda asosiy daraxtlar o’z ildizlariga ega bo’lgan ko’pgina yangi novdalar chiqaradi. Ular kuzda va bahorda asosiy daraxtlardan ajratib olinadi. Bunday novdalar bahorda ajratib olinadigan bo’lsa, ularning yosh ildizchalarini sovuqdan saqlash uchun qishda asosiy daraxtlar bir oz go’ng solib ko’mib qo’yiladi. Bu novdalar kuzda ajra­tib olinadigan bo’lsa, asosiy daraxtlar tagiga uyulgan tuproq ochiladi va undagi yangi novdalar o’tkir tok qaychida ehtiyotlik bilan kesib, ajratib olinadi, keyin daraxtlar qishga baland qilib ko’mib qo’yiladi, bahorda esa tagiga uyulgagn tuproq ochi­ladi, novdalari qisqa qoldirib kesiladi va parxish qilish ishlari yana davom ettiriladi.
Kesib olingan shoxlar xillarga ajratiladi, ularning nimjonlari yana o’stirish uchun ko’chatzorda qoldiriladi, yaxshi rivojlanganlari esa ko’chatzorning birinchi dalasiga ko’chirib o’tqaziladi. Yaxshi parvarish qilingan asosiy Daraxtlar ko’chat­zori to’rtinchi yili har gektardan quyidagicha: behi — 30-40 mingtagacha, dusen — 45-60 mingtagacha va paradizka — 100 mingtagacha qalamcha berishi mumkin. Asosiy daraxtlardan 15- 20 yilgacha foydalaniladi.
Gorizontal parxish usuli bilan ko’paytirish.
Bu usulda ko’paytirilganda asosiy o’simliklar orasida quyidagicha: paradizka - 1,5x1 m va dusen - 2,5x1,25 m qoldirib o’tqaziladi.
Bu yer ham vertikal parxishdan ko’paytiriladigan aso­siy daraxtlar uchun belgilangan usulda tayyorlanadi. Kelgusi yil kuzida daraxtlarning shox-shabbasi butalmaydi, ammo yer, albatta, chuqur haydaladi, daraxt atroflari esa qaytadan chopiladi. Kuzda shudgor qilingan yer uchinchi yil bahorida boronalanadi, keyin yuzaroq egatlar olib, ularga parxishlar ko’paytiriladigan yilda baquvvat shoxlargina ko’miladi, qolganlari esa yangi bachki novdalar olish uchun 2-3 kurtak qoldirib kesiladi. Novdalar yog’och ilmoq ayrilar bilan yerga yotqizilib, ustiga bir oz tuproq solinadi, novdalarning uchi esa tuproqdan chiqarib qo’yiladi. Ko’rtaklardan rivojlangan yangi novda­lar yoz davomida bir necha marta chopiq qilinadi.
Ildiz olgan parxishlar kuzda yangi novdalarining soniga qarab qismlarga ajratib kesilib, asosiy daraxtdan ajratib olinadi. Kelgusi yili ham xuddi shu tarzda yangi parxishlar olinadi. Yaxshi agrotexnika, o’z vaqtida sug’orish hamda chopiq qilish va hokazolarni qo’llanish orqali yuqori sifatli parxish­lar yetishtiriladi. Gorizontal parxish qilish usuli juda ko’p mehnat talab qiladi. Shuning uchun u kam qo’llaniladi. Ammo bu usulda vertikal parxishlash usuliga qaraganda har tupdan 25-35% ko’p novda olinadi. Smorodina va krijovnikni ver­tikal va gorizontal parxishlash usulida ko’paytirish juda yaxshi natija beradi.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish