Mazkur holatda ma’muriy huquqiy munosabatlarni yoriting



Download 24,5 Kb.
bet3/4
Sana16.07.2021
Hajmi24,5 Kb.
#121418
1   2   3   4
Bog'liq
Ma'muriy kazus 8

Uchinchi muammoga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu holatda muammo yuzasidan fuqaro B. sudga murojaat qilishi asoslimi yoki yo‘qligi haqidadir. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunda bizga kerak bo‘lgan modda o‘rin olgan. Ushbu qonunning 44-moddasida shunday deyilgan: “Fuqarolik masalalariga oid arizalarni qabul qilishdan asossiz bosh tortganlik, arizani ko‘rib chiqish muddatlari buzilganlik, shuningdek, mansabdor shaxslarning fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini va fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish tartibini buzadigan boshqa nohaq xatti-harakatlari xususida ular bo‘ysunadigan yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin”1. Ushbu moddaning “arizani ko‘rib chiqish muddatlari buzilganlik” degani aynan kazusimizdagi holat uchun mos tushadi. Bir oy deb belgilangan muddatda fuqaro B.ning pasportga oid masalasini hal qilmagan Ichki ishlar organi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Faqatgina, “ular bo‘ysunadigan yuqori mansabdor shaxsga” degan joyidan bir xulosaga kelish mumkin: sudga murojaat qilishidan oldin fuqaro B. o‘zi murojaat qilgan davlat organidan iyerarxik jihatdan ustun turuvchi davlat organiga shikoyat qilishi lozim edi. Ushbu holatda mansabdor shaxsga nisbatan “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi”ning 223- moddasining 3-bandiga muvofiq bazaviy hisoblashning bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarimaga solishga sabab bo`lishi mumkin.

Demak, xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, birinchi holatda fuqaroning pasportni almashtirish yuzasidan ichki ishlar organiga murojaati qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilgan. Ikkinchi holatda esa pasportni almashtirish yoki yangisini olish uchun berilgan ariza barcha kerakli ma’lumotlarni DPMga topshirganidan so‘ng o‘n ish kuni mobaynida hal qilinishi va pasport fuqaroga yetkazilishi lozim. Uchinchisi esa shu holatga o‘xshash fuqarolik masalalari qoniqarsiz hal qilinsa yoki umuman hal qilinmasa yoki muddati kechiktirilsa, fuqaroning mansabdor shaxs ustidan o‘zidan yuqoriroq turuvchi mansabdor shaxsga yoki sudga murojaat qilishi qonunda belgilangan.

Demak, kazusdagi muammolarni tahlil qilib oldik. Endi kazusimizning nazariy qismini tahlil qiladigan bo`lsak, avvalo ma’muriy huquq subyektiga ta’rif beradigan bo‘lsak, ma’muriy huquq subyekti bu - ma’muriy-huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lib, ushbu huquqiy munosabatlarga o‘z ixtiyori bilan yoki biror-bir huquqiy norma bilan yuklatilgan majburiyatlarga ko‘ra ishtirok etadi. Ma’muriy huquq subyektlariga individual subyektlar (jismoniy va yuridik shaxs, mansabdor shaxs), ijro hokimiyat organlari va davlar xizmatchilarini yaqqol misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.

Ma’muriy huquq subyektlari huquq layoqati va muomala layoqatiga ega hisoblanadilar. Huquq layoqati deganda, tegishli huquqni qo‘lga kiritish va uni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish tushuniladi. Muomala layoqati deganda esa o‘z qarori va xohishi bilan huquqlarini amalga oshirish, shuningdek o‘zi yoki boshqalar uchun majburiyatlar yuzaga keltirish tushuniladi. Shaxs tug‘ilish bilanoq huquq layoqatiga ega bo‘ladi. Muomala layoqatiga esa o‘z aqlini tanib olgan, qonunda belgilangan yoshga yetgan, aqli raso jismoniy shaxslar tushiniladi. Ma’muriy huquqning o‘ziga xos jihati shundaki, bunda bir tomon subyekt davlat yoki davlat organi bo`ladi. Ya’ni bunda bu turdagi munosabatda davlat bilan shaxs o`rtasida huquqiy munosabat paydo bo`ladi.



Ushbu holatda ham ma’muriy huquq subyektlarini ko`rib chiqishimiz mumkin. Birinchi subyekt bu vaziyatdan shikoyat qilayotgan fuqaro B. Ikkinchi subyektimiz esa bevosita davlat. Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, ushbu holatda ijro hokimiyat subyekt sifatida gavdalanib kelmoqda. Fuqaroning pasport bilan bog`liq arizasini ko`rib chiqqan Ichki ishlar organi bevosita ijro etuvchi hokimiyatning bir ko`rinishi hisoblanadi. Bu degani, ushbu muammoli vaziyatda jismoniy shaxs va ijro etuvchi hokimiyat o`rtasida ma’muriy-huquqiy munosabat vujudga kelgan. Keying holatda esa fuqaro sudga shikoyat bilan murojaat etmoqda. Bunda ham huquqiy munosabat paydo bo`lmoqda. Bu safar ham ma’muriy huquqiy munosabat vujudga kelgani uchun subyektlarni ajratishimiz mumkin: fuqaro B. va sud organi.


Download 24,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish