«amaliy matematika va informatika»



Download 3,74 Mb.
bet1/4
Sana30.04.2022
Hajmi3,74 Mb.
#595503
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5427083644017580467


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
«AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA»
KAFEDRASI

Umumiy pedagogika va psixalogiya” fanidan


MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Germaniyada ta’lim tizimi
BAJARDI: 19.06 -guruh talabasi: Abduraximzoda.Muqaddam.
QABUL QILDI:


­­Reja

  1. Germaniyada maktabgacha tarbiya.

  2. Germaniyada maktab ta’limi.

  3. Germaniyada oily ta’lim va xalq universitetlari.




Germaniyada maktabgacha tarbiya va maktab ta’limi
Germaniya – jahon ilm-fani va madaniyati o‘choqlaridan biri. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablarni, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn singari olim va ijodkorlarni bilan dunyoga mashhur. Xalqaro doirada eʼtirof etilgan olmon taʼlim dargohlarida mustaqil fikr hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida eʼtibor beriladi. Taʼlim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Taraqqiyot manzili sari oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o‘z o‘rniga ega bo‘lish amri mahol. Darvoqe, olmonlarga xos temir intizom, birso‘zlilik xislatlari ham aynan taʼlim dargohlarida shakllanadi. Germaniya Konstitutsiyasiga muvofiq, maktab taʼlimi davlat nazoratidadir. Mamlakatda 16 ta federal hududlar mavjud bo‘lsa, ularning har biri o‘zining taʼlim to‘g‘risidagi qonuniga ega. Shu sababli federal hududlarning maktab taʼlim tizimida ayrim farqlar bor. Masalan, aksariyat hududlarda boshlang‘ich taʼlim 4 yil (birinchi sinfdan to‘rtinchiga qadar), poytaxt Berlinda esa – 6 yil. Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar ham bor. Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to’la haftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ozroq. O’qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang’ich maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga o’tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqichidagi yo’nalish maktablarda maxsus dastur asosida o’qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar: bular — asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o’tadi. 9 yoki 10 yillik o’qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o’tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo’lgan bolalar o’qiydi. Germaniyada boshlang'ich ta'lim majburiy emas. Bolalar boshlang'ich ta'lim uchun bolalar bog'chasida bo'lishlari mumkin. Ba'zi maktablar dam olish kunlari ham mavjud. Bu individual bolalar bog'chalari maktablariga bog'liq. Ammo, ushbu tashkilotlarning aksariyati hukumat tomonidan moliyalashtiriladi.Ushbu moliyalashtiriladigan ba'zi notijorat tashkilotlar cherkovlarni yoqtirishadi. Ammo to'lov har xil tashkilotlarga qarab farq qilishi mumkin. Odatda to'lovlar maktablar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarga bog'liq. Hukumat yoki cherkovga qarashli tashkilotlarning aksariyati juda kam haq to'laydilar. Odatda, xususiy tashkilotlar odatda boshqalari bilan solishtirganda ko'proq haq oladi. Germaniyada maktabgacha taʼlim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. Bolalar bog‘chasi xayriya jamg‘armalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham o‘z bog‘chasiga ega bo‘lishi mumkin. Maktabgacha taʼlim tizimi 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o‘z fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich taʼlimga tayyorlashda bog‘chalarning o‘rni katta. Shu bois ham olmonlar bog‘chalarni "tafakkur ustaxonasi" deb atashadi.



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish