Shunday qilib, boshlang'ich ta'limda o'quvchilar asosiy umumiy ma'lumot olishadi. O'quvchilar o'rta maktablarda o'qitiladigan akademik bilimlarni o'zlashtirishga tayyor bo'ldilar. O'rta darajadagi ikkita maktab turi “Happtschule ” va "Realschule".Happtschule ma'nosi Bosh maktab ingliz tilida. Gaptschule gimnaziyaga ega va o'rta ta'lim uchun bepul. Gimnaziya to'qqiz yillik tayyorgarlik maktabidir. Hauptschule dasturi 9-sinfdan keyin o'qiyotgan talabalar uchun. Talaba Hauptschule dasturini tugatganligi to'g'risida sertifikat oladi. Ushbu Realschule olti yillik tayyorgarlik maktabidir. Shunday qilib, kurs talabalarni yuqori biznes va texnik yoki davlat xizmatiga tayyorlaydi. Realschule kurslari yanada talabchan va 10-sinfgacha darslarga ega. Kursni tugatgandan so'ng talabalar sertifikat oladilar. Ushbu sertifikat kasb-hunar dasturlariga yanada kengroq kirish imkoniyatini beradi. Ushbu sertifikat orqali talabalar universitetga tayyorgarlik ko'ruvchi o'rta-maxsus ma'lumot olishlari mumkin. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu yerda o’qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to’la o’rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o’rta maxsus o’quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o’qish huquqiga ega bo’ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o’z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o’quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchlidir. To’liqsiz o’rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o’qish muddati 3—3,5 yilni tashkil etadi. O’qish uch bosqichdan iborat bo’lib, birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o’qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O’quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o’tishi sinov imtihonlari o’tkazilib o’qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi.. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, federal yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O’qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to’g’risidagi hujjatga asosan oshiriladi.
Germaniyada maktab taʼlimi majburiy va bepul. 6 yoshdan 18 yoshgacha fuqarolar majburiy tartibda taʼlim olishi shart qilib belgilangan. Maktab taʼlim tizimi esa boshlang‘ich, o‘rta va yuqori bosqichlarga bo‘linadi. Bolalar 5-6 yoshdan boshlang‘ich maktabga qatnaydi. Boshlang‘ich maktabda o‘qish davri to‘rt yildan olti yilgacha. Maktablarda birinchi, ikkinchi sinf davomida o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. O‘qituvchilar baho o‘rniga bolaning individual, psixologik rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi. O‘quvchilarga 3-sinfdan baho qo‘yila boshlaydi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. Bunga ko‘ra,
1 – aʼlo;
2 – yaxshi;
3 – qoniqarli;
4 – yetarli;
5 – yetarli emas;
6 – qoniqarsiz.
O‘quvchilar fanlarni eng kamida "4"ga o‘zlashtirishi kerak. Boshlang‘ich bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari o‘tiladi. Tanlash imkoniyati . Olmon taʼlim tizimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quvchilar boshlang‘ichni tugatgandayoq kelajak yo‘lini aniqlab olishi zarur. Ana shunga asoslanib, u bir necha turdagi maktabdan birida o‘qishni davom ettiradi.