Kazus 8
Fuqaro B. o‘z fuqarolik pasportini biometrik pasportga almashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qildi. Mazkur bo‘lim fuqaro B. ning murojaatiga binoan o‘z pasportini 1 oydan so‘ng olishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu orada fuqaro B. o‘z pasportini olish muddatini hisobga olib chet elda ishlash uchun bilet sotib oldi. Belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng fuqaro B. biometrik pasportini olish uchun tegishli organga qayta murojat qildi. Ammo ushbu organ xodimlari fuqaro B.ga ayrim sabablarga ko‘ra pasporti tayyor bo‘lmaganligini ma’lum qilishdi. Fuqaro B. bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan o‘z huquqlarini himoya qilish yuzasidan sudga murojaat qildi.
Mazkur holatda ma’muriy huquqiy munosabatlarni yoriting.
Ma’muriy huquq subektlarini aniqlang. Fikringizni asoslab bering.
Kazus javobi
Ushbu kazusda O‘zbeksiton Respublikasining fuqarolik munosabatlari yuzasidan kelib chiqqan muammoli vaziyat yoritilgan. Fuqarolik bu shaxsni u yoki bu davlatga mansub ekanligini anglatuvchi atama hisoblanadi. shaxsga qaysi davlat fuqaroligiga mansub bo‘lsa, davlat fuqarolarini muhofaza etish va fuqarolarni huquqlarini amalga oshishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Fuqaro esa qonunlarga bo‘ysunishi va zimmasidagi fuqarolik burch va majburiyatlarini bajarishi lozim. Bu asoslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ham taalluqli va Konstitutsiyamiz va qonun normalarida belgilab qo‘yilgan. Shaxsni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi hujjat bu – pasportdir. Yurtimizda amalda biometrik turdagi pasportdan foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti – shaxsni O‘zbekiston fuqarosi ekanligini va egasini shaxsini O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlovchi, shuningdek pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip) kiritilgan hujjat hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, 22.09.2020 yildagi Prezident Farmoniga muvofiq kelgusi 2021-yil 1-yanvardan boshlab 2011-yildan beri amalda bo‘lgan biometrik pasportlarni fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsion ID- kartalarga almashtirilishi belgilangan.
Endi ushbu kazusdan kelib chiqib vujudga kelgan muammolarni aniqlab olib, ularga yechim topishga harakat qilamiz:
Fuqaro B.ning o‘z fuqarolik pasportini biometrik pasportga almashtirish yuzasidan Ichki ishlar vazirligi bo‘limiga murojaat qilishi huquqiy asosga egami?
Qonunda fuqarolik pasportini biometrik pasportga almashtirish qancha vaqtda amalga oshirilishi belgilangan?
Ushbu holatda fuqaroning sudga murojaat qilishi mumkinligi qonununda belgilanganmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |