Mavzu: O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda xalqaro huquq normalarini implementasiya qilish masalalari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi.
Fuqarolik jamiyatining xalqaro huquqiy tamoyillari
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning shakllanish va rivojlanish istiqbollari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Huquqiy demokratik davlatda inson huquq va erkinliklarining to‘la ta’minlanishi, qonunlarning ustivorligi va barchaning qonun oldida tengligi kafolatlanadi. O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o‘z oldiga demokratiq huquqiy davlat qurishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ydi. Demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning zamirida esa inson huquq va erkinliklarini himoya qilish ustivor vazifa qilib belgilandi. Chunki inson huquq va erkinliklarini ta’minlamasdan turib mamlakatda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratib bo‘lmaydi.
O‘tgan XX asrda dunyoning ikki qutbida hukm surgan mafkuralarning o‘zaro kurashi insoniyat uchun rivojlanishning qanday usul va uslublarini tanlashni, munosib hayot kechirish uchun qanday boshqaruv tartibida yashash afzalroq ekanligini ko‘rsatdi. Bugun G‘arb jamiyatida shakllangan va tobora takomillashib borayotgan boshqaruv tartiblari hamda jamiyatning tuzilishi o‘zining bir qator afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Boroq shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, bugun dunyoning turli mamlakatlarida turlicha jamiyat va davlat boshqaruvi shakllari qaror topganki, hech qaysi davlatning boshqaruv tartibotini yoki biror-bir mamlakatdagi jamiyat tuzilishini boshqalaridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir mamlakatning o‘ziga xos hususiyati, davlatchilik an’analari, o‘zining huquq manbalari va maktablari mavjud
Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo‘q. Prezident Islom Karimov dunyoda bir-biriga o‘xshagan ikkita inson bulmaganideq bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita davlat ham yo‘q, deganida haklidir. Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda etirof etilgan bir qator tamoyillari bor. Chunonchi, insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi davlat asosiy organlarining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o‘tgan ana shu asoslandi.
Asosiy qism
O‘zbekiston demokratiq fuqarolik jamiyat qurilishida xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma’naviy merosimiz ildizlariga, milliy hususiyatlarimiz va boy an’ana-larimizga tayanish yo‘lini tutdi.
O‘zbekistonda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmasdan, demokratik o‘zgarishlarni odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasiga mos bo‘lgan darajada va sur’atlarda amalga oshirish tomon yo‘l tutildi.
Prezident Islom Karimov adolatli jamiyat barpo etish uchun, avvalo, odamlar o‘z qobiliyat va ehtiyojlarini to‘la namoyon etish va amalga oshirishlari uchun zarur dastlabki imkoniyatlar yaratish lozim, deb ta’kidlaydi. Mamlakatimizda bunday imkoniyatlarni vujudga keltirish, uning huquqiy mexanizmini yaratishga katta e’tibor berilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina har bir insonning taqdiri, turmushi uning o‘ziga — jamiyatdagi o‘rni, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan fuqarolik jamiyati kurishga intilmokda. Buning manosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqda topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshkarish organlari rivojlanib boradi.
O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng xalqimizning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, rivojlangan mamlakatlardagi davlatchilik an’analarining ilg‘or yutuqlaridan keng foydalanib, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllanitirishga kirishdi. Mamlakatda boshqaruv tartiblari tubdan yangilanmoqda, boshqaruvning huquqiy asoslari yaratildi va tobora rivojlantirib, shakllantirib borilmoqda. Mamlakat fuqarolarining qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarining kafolatlari ta’minlanmoqda.
Eng muhim masalalardan yana biri – fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishiga keng yo‘l ochib berilganligidir. Sobiq ittifoq davrida boshqaruvning bir markazda to‘planganligi va partiyaning yakka hukmronligi fuqarolaning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faoliyatini cheklar edi.
Fuqarolar madaniyati fuqarolik jamiyatining muhim elementi bo‘lib, uning negizini demokratik siyosiy va huquqiy madaniyat tashkil etadi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida avtoritar siyosiy madaniyatda namoyon bo‘luvchi avtoritar mentalitet yetakchilik qiladi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan asosiy ijtimoiy qadriyatlar yuzasidan hanuz murosaga kelingani yo‘q. Bu «anomiya» deb ataluvchi vaziyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Anomiya deganda bir normativ qadriyatlar tizimi buzilgan, ammo uning o‘rnida yangi normativ qadriyatlar tizimi hali vujudga kelmagan vaziyat tushuniladi. Bu ma’noda Prezidentimiz I. A. Karimovning: «Yangi uyni qurmasdan, eski uyni buzmang», degan so‘zlari ramziy yangraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |