Maxsus ta’lim vazirligi


bob O’zbekiston Respublikasida qonun va hujjatlarida fuqarolik huquqiy me’yorlarning aks etishi



Download 168,6 Kb.
bet8/19
Sana31.12.2021
Hajmi168,6 Kb.
#243582
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Аtaboev Raxmatjon.

2 bob O’zbekiston Respublikasida qonun va hujjatlarida fuqarolik huquqiy me’yorlarning aks etishi

2.1. O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlar qarorlar va Prezident farmonlarida fuqarolik huquqiy munosabatlarning aks etishi

Respublika vazirliklari, Davlat qo’mitalari, idoralari o’z Nizomlari asosida chiqargan tegishli normativ hujjatlari ham fuqarolik huquqi manbalari hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolik huquqi sohasida Moliya, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Qishloq va suv xo’jaligi vazirliklari, Davlat mulk qo’mitasi, “O’zbekengilsanoat” uyushmalari birmuncha ko’proq mehyoriy hujjatlar chiqaradilar. Ular tomonidan chiqarilgan mehyoriy hujjatlar mazkur soha uchun umummajburiy tusda bo’ladi.

Viloyat, tuman va shahar hokimliklari o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi zarur bo’lgan fuqarolik-huquqiy harakterga ega bo’lgan qarorlar qabul qiladilar. Bunday qarorlar ham fuqarolik huquqining manbalari hisoblanadi.

Fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo’lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an`analar qo’llaniladi (FKning 6-moddasi).

Tadbirkorlik faoliyatining biror-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo’llaniladigan hulq-atvor qoidasi biror-bir hujjatda yozilgan-yozilmaganidan qat`i nazar, ish muomalasi odati hisoblanadi.

Fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo’lmagan taqdirda bu qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga nisbatan mahalliy odat va an`analar qo’llaniladi. Biroq qo’llaniladigan ish odatlari, mahalliy odatlar va an`analar qonun hujjatlari normalariga, shartnoma shartlari mazmuniga zid bo’lmasligi kerak10.

Fuqarolik qonun hujjatlarini to’g’ri sharhlash va tadbiq etish uchun sud tajribasi muhim ahamiyatga ega bo’lsa ham, ammo u huquq manbai bo’lib hisoblanmaydi. Fuqarolik ishi bo’yicha sud tomonidan chiqarilgan qaror faqat mazkur ish uchungina majburiydir. O’zbekiston Respublikasining amaldagi “Sudlar to’g’risida”gi qonunining 17-moddasida “Oliy sud Plenumi sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko’rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo’llash masalalari bo’yicha tushuntirishlar beradi”, deb belgilangan. Bunga binoan Oliy sud Plenumi sud ishlarini ko’rishda qonunlarni qo’llash masalalari yuzasidan sudlarga rahbariy tushuntirishlari fuqarolik huquqining manbalari bo’lmasa ham barcha sudlar uchun majburiy hisoblanadi va sudlar tomonidan og’ishmay ijro etilishi shart. Bunga misol sifatida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997 yil 2 maydagi “Xususiylashtirilgan turar-joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog’liq ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorini ko’rsatish mumkin (mazkur qarorga 11.09.98 yilda o’zgartirishlar kiritilgan).

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Sudlar to’g’risida”gi qonunining 42-moddasi mazmuniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi xo’jalik sudlov sohasida sud hokimiyatining eng yuqori organi bo’lib, u tomondan qabul qilingan hujjatlar qat`iy va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.

Oliy xo’jalik sudi Plenum majlisida dasturiy ko’rsatmalar qabul qiladi. SHuni aytish kerakki, O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi qonunining 11-moddasida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega” deb ko’rsatilgan

Fuqarolik qonunlarining amalda bo’lish vaqti deyilganda, mazkur qonuniy hujjatning kuchga kirishi paytidan toki huquqiy kuchini yo’qotish paytiga qadar bo’lgan davr nazarda tutiladi.

O’zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o’zida boshqa muddat ko’rsatilgan bo’lmasa, rasman e`lon qilinganidan so’ng o’n kundan keyin kuchga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini e`lon qilish hamda amalga kiritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jumladan, normativ harakterga ega bo’lgan qarorlarda ularning amalga kirish vaqti ko’rsatiladi, agar ko’rsatilmasa qarorlar qabul qilinib, matbuot e`lon qilingan paytidan kuchga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi 2-qismiga asosan qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni qo’llashning zarur sharti ularning matbuotda e`lon qilinganligi hisoblanadi. E`lon qilinganlik deyilganda, qonun yoki normativ hujjat matni yoki asosiy mazmuni rasmiy manbalarda, matbuotda nashr etilganligi, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, radio, televidenie orqali ma`lum qilinganligi yoki xizmat tartibida ijrochilarga maxsus yetkazilganligi tushuniladi. qonun hujjatining e`lon qilinganligi, undan hamma xabardor deb hisoblashga asos bo’ladi va kelajakda “men bu qonundan bexabarman”–degan vaj keltirishi shaxsning qonunga rioya qilmasligiga bahona bo’la olmaydi.

Fuqarolik qonunlari, shu jumladan, Fuqarolik kodeksi ham, umumiy qoida bo’yicha faqat kelajak uchungina amalda bo’lib, orqaga qaytish kuchiga ega emas, ya`ni ular yangi qonunning amalga kiritilish vaqtiga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga tadbiq etilmaydi (FKning 4-moddasi, 1-bandi).

Qonunning orqaga qaytish kuchiga ega bo’lishi, ya`ni, mazkur qonun amalga kiritilgan kunga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ham tadbiq etilishiga shu qonunning o’zida yoki boshqa qonunlarda to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan hollardagina yo’l qo’yiladi (FKning 4-moddasi, 2-bandi). Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to’g’risida”gi qarorining 6-bandida keltirilishicha, kodeks 187-moddasining qoidalari mulkka egalik qilish 1997 yilning 1 martiga qadar boshlangan va kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda davom etayotgan hollarga ham tadbiq etiladi (axborot uchun: 187-moddaga muvofiq mulkdor bo’lmagan, lekin ko’chmas mol-mulkka o’n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o’ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi). Fuqarolik qonunlari amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo’yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo’llaniladi, tuzilgan shartnoma bo’yicha tomonlarning munosabatlari bundan mustasno.

Fuqarolik huquqiy harakterdagi normativ hujjatlar to bekor qilingunicha yoki yangi hujjatlar bilan almashtirilgunicha amalda bo’ladi.


Download 168,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish