Maxsus ta’lim vazirligi


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi



Download 168,6 Kb.
bet7/19
Sana31.12.2021
Hajmi168,6 Kb.
#243582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Аtaboev Raxmatjon.

1.2.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qo’llaniladigan imperativ normalar, ko’pchilik holatlarda, umummanfaatlarini himoya qilish va qonunga amal qilish, halollik, oqillik, insof va adolatni ta`minlash maqsadlariga xizmat qiladi. Bu borada K.Sindorovning fikri e`tiborlidir. Uning tahkidlashicha, shartnoma munosabatlarini tartibga soluvchi imperativ normalar asosan davlat (jamiyat) manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilib, ba`zida shartnoma taraflaridan birining yoki har ikki tarafning manfaatlariga mos tushmasligi mumkin.

Muhim va asosiy turdagi mahsulotlar bo’yicha aholi va umumdavlat ehtiyojlarini ta`minlash zaruriyatlarini hisobga olgan holda, qonun chiqaruvchi davlat kontrakti, qishloq xo’jalik mahsulotlarini kontraktatsiya shartnomasi va boshqa ayrim shartnomalarda imperativ normalarni o’rnatishi tabiiy holdir.

Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar qonunchiligida shartnoma erkinligi tamoyiliga keng o’rin berilishi bilan birga, shartnoma munosabatlarini tartibga soluvchi imperativ normalar ham amal qiladi. Jumladan, Yaponiyaning “Oziq-ovqatlar ustidan nazorat to’g’risida”gi qonuniga ko’ra, muhim oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan davlat buyurtmasi saqlanib qolgan7.

Darhaqiqat, imperativ normalarning fuqarolik-huquqiy munosabatlarga tadbiq etilishi ko’pchilik hollarda davlat va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, FKning 150-moddasida umumiy da`vo muddatining uch yil qilib belgilanishi qat`iy – imperativ harakterga ega. Ya`ni, bu muddatni taraflar o’z xohishlariga ko’ra o’zgartira olmaydilar8. Mazkur imperativ norma barcha uchun qulaylik tug’dirish maqsadida o’rnatilgan.

Yuqorida aytganimizdek, fuqarolik huquqining manbalari deganda, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan normativ hujjatlar tushuniladi.

Huquq manbaini tashkil etgan xalqning erki davlat erki bo’lib, ma`lum shaklda qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ifodalanadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida: “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, deb normalangan.

Huquq manbalari to’g’risida so’z yuritilganda, birinchi navbatda, qonun ustida to’xtalish lozim. O’zbekiston Respublikasida qonunlar Oliy Majlis-hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilinadigan bu qonunlar barcha uchun majburiy bo’lgan normativ hujjatlardir.

O’zbekiston Respublikasining asosiy qonuni-Konstitutsiya barcha qonunchilik uchun, jumladan, fuqarolik qonunchiligi uchun ham rahbariy manba hisoblanadi. Konstitutsiya normalari u yoki bu munosabatni umumiy holda, konstitutsiyaviy darajada normalaydi, fuqarolik huquqiga doir qonunlar esa, uni to’ldiradi, aniqlashtiradi. Mamlakatimizning Asosiy qonunida huquqning, shu jumladan, fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Konstitutsiyaning 18,27,36,42,53,54-moddalari bevosita fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Masalan, Konstitutsiyaning 18-moddasida teng huquqlilik to’g’risida, 27-moddasida inson sha`ni, qadr-qimmatning qadrlanishi to’g’risida so’z boradi. 36-moddada esa, har bir kishining mulkdor bo’lishi mustahkamlab qo’yilgan. Vorislik huquqi qonun bilan kafolatlanishi tahkidlangan. 42-moddada bo’lsa ijod erkinligi o’z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 53-moddasi alohida diqqatga sazovordir. Eng avvalo, Konstitutsiyada bir marta va ana shu moddada “bozor munosabatlari” o’z aksini topgan. Undan kelib chiqib moddadagi quyidagi holatlarni alohida ko’rsatish mumkin:



  1. O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi;

  2. iste`molchilar huquqlarining ustuvorligi;

  3. iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish va mehnat qilish erkinligi;

  4. barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi;

  5. xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsizligi va davlat muhofazasida ekanligi;

-mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligi kabi qoidalar. Bu holatlar, keyinchalik, mos ravishda O’zbekiston Respublikasining joriy qonun va qonunosti hujjatlarida o’z aksini topdi.. Konstitutsiyaning 54-moddasida esa mulk huquqining mazmuni bevosita o’z ifodasini topgan. Bunga asosan mulkdor o’ziga tegishli mol-mulkni o’z xohishiga ko’ra egallash, foydalanish, tasarruf qilishga haqli. Ayni paytda, mulkdor huquqining chegaralari ham Konstitutsiyada belgilab berilgan. Ya`ni mol-mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning qonun bilan qo’riqlanadigan huquq va manfaatlariga putur yetkazmasligi lozim.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning qabul qilinishi davlatimizda yangi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishiga poydevor bo’lmoqda.

Eng muhimi, Konstitutsiya fuqarolik huquqining asosiy ishtirokchisi hisoblangan inson va uning manfaatlarini oliy qadriyat deb hisoblaydi.

O’zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi ham konstitutsiyaviy tamoyillarga asoslangan holda bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos keladigan mexanizmini yaratishga qaratilgan bo’lib u fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda alohida o’rinni egallaydi.

Prezidentimiz I.A.Karimov tahkidlanganidek “Qabul qilinadigan qonunlar va qonunchilikka oid hujjatlar o’zaro bog’langan bo’lishi va ijtimoiy yo’naltirilgan yaxlit bozor mexanizmining huquqiy tizimini jadallik bilan yaratishga ko’maklashish kerak”9.

Bozor munosabatlarining butun tizimini birlashtirishga va uning ichki uyg’unligini ta`minlashga xizmat qiladigan, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablariga qaratilgan kodifikatsiyalashtirilgan qonun bu – fuqarolik kodeksidir.

Amaldagi fuqarolik kodeksi shaxslarning mulkiy huquqlari bilan bog’liq bo’lgan masalalarni yangicha hal qildi. Unda:


  1. xilma-xil fuqarolik huquqiy bitimlar tuzishda keng erkinlik va imkoniyatlar berilganligi;

  2. fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishini keng tartibga solish;

  3. fuqarolarning huquq layoqati kengaytirilganligi, ular yollanma mehnatdan foydalanish, xususiy mulkka, jumladan, xususiy korxonalarga ega bo’lishi, mulk shakllarining tengligi va uning himoyasi kafolatlanganligi;

  4. fuqarolik-huquqiy munosabat sub`ekti bo’lgan yuridik shaxslarga tashkilotlarga o’z faoliyatlarini amalga oshirishda, xo’jalik ishlarini yuritishda keng imkoniyatlar berilganligini tahkidlab o’tish joiz.

O’zbekiston Respublikasining joriy qonunlari ham fuqarolik huquqining manbai hisoblanadi. Ularga Mulkchilik to’g’risidagi, Ijara to’g’risidagi, Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi, Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risidagi, Jamoat fondlari, Xo’jalik shirkatlari, Garov to’g’risidagi, Lizing to’g’risidagi va boshqa qator qonunlar kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida “O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi” deb ko’rsatilgan. SHunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan va fuqarolik huquqiy harakteriga ega bo’lgan qonun hujjatlari fuqarolik huquqining manbaini tashkil etadi. Yuqoridagi qonunlar bunga misol bo’la oladi. Bugungi kunda yuzlab qonunlar fuqarolik-huquqiy harakterdagi qonunlardir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasida “O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi”, deb belgilangan. Prezident tomonidan chiqariladigan mazkur farmonlar qonun osti hujjatlari deb yuritiladi. Prezident farmonlari turmushda, hayotda, xalq xo’jaligida, iqtisodiyotda, ishlab chiqarishda kechiktirib bo’lmaydigan munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlash ehtiyojidan kelib chiqadi. Ularning aksariyati fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solayotganligi uchun fuqarolik huquqining manbai bo’lib hisoblanadi.

Bunga yaqqol misol qilib, “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1994 yil 21 yanvardagi Farmonini ko’rsatish mumkin. Amalda ushbu farmon O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida “Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi”, deb ko’rsatilgan. SHunga binoan Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma`naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari va Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta`minlash yuzasidan qaror va farmoyishlar chiqaradi. Bunga misol qilib, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko’rsatish tashkilotlari o’rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro’yxatdan o’tkazish, bajarish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to’g’risida”gi Nizomni, “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish va uni rag’batlantirish bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorlarni keltirish mumkin.









Konstitutsiya




Konstitutsiyaviy qonunlar


Xorijiy qonunlar


Farmon va farmoyishlar


Qarorlar


Turli vazirliklar me’yoriy hujjatlari




Download 168,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish