Maxsus ta’lim vazirligi



Download 168,6 Kb.
bet6/19
Sana31.12.2021
Hajmi168,6 Kb.
#243582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Аtaboev Raxmatjon.

Dispozitiv normalar deb taraflarning o’z ixtiyorlari bilan to’ldirilishi mumkin bo’lgan va shartnomalarda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o’zaro kelishuvi bo’yicha tartibga solinishi mumkinligini ko’rsatadigan normalarga aytiladi. Masalan, FKning 223-moddasi 1-bandida ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o’rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin deb yozilgan5. Demak, bu huquqiy normaning mazmuniga ko’ra umumiy mulk ishtirokchilari o’ziga tegishli bo’lgan ulushini o’zlarining kelishuviga muvofiq taqsimlashlari mumkin.

Dispozitiv normalar, imperativ normalardan farqli o’laroq, munosabat qatnashchilariga o’z hatti-harakatlari variantlarini, sub`ektiv huquq va majburiyatlar hajmi to’g’risida kelishib olish imkonini o’zida ifodalaydi. Dispozitiv normalar ko’proq fuqarolik-huquqiy munosabatlarda uchraydi.

Professor I.B.Zokirov esa, fuqarolik huquqida imperativ mehyorlarga qaraganda dispozitiv mehyorlarning kengroq qo’llanilishi bu fuqarolik huquqining huquqiy munosabatlarni tartibga solish uslubi deb, to’g’ri fikr bildiradi. Bunda “qonun” so’zi faqat Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan normativ hujjatnigina bildirmay, balki huquqning boshqa normalarini o’zining ta`siriy kuchiga qarab imperativ va dispozitiv normalarga bo’linadi. Imperativ normalar deb, ma`lum bir huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning erklari bilan o’zgartirilishi mumkin bo’lmagan, qat`iy harakterda bo’lgan, qat`iy buyruq beradigan normalarga aytiladi. Imperativ normalarga misol qilib (FKning 23-moddasi, 3-bandi). “Fuqarolarning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to’la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o’z-o’zidan haqiqiy emasdir”, - deb aytilgan normani ko’rsatish mumkin. Dispozitiv normalar deb taraflarning o’z ixtiyorlari bilan to’ldirilishi mumkin bo’lgan va shartnomalarda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o’zaro kelishuvi bo’yicha tartibga solinishi mumkinligini ko’rsatadigan normalarga aytiladi. Masalan, FKning 223-moddasi 1-bandida ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o’rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin deb yozilgan. Demak, bu huquqiy normaning mazmuniga ko’ra umumiy mulk ishtirokchilari o’ziga tegishli bo’lgan ulushini o’zlarining kelishuviga muvofiq taqsimlashlari mumkin ekan.

Darhaqiqat, fuqarolik huquqiy manbalarda dispozitiv mehyorlar ko’p uchraydi. Bu mehyorlarning fuqarolik huquqida kengroq qo’llanilishiga sabab fuqarolik huquqida ishtirokchilarga keng imtiyoz va erkinliklar berilganligidadir. Zero, FKning birinchi moddasida tahkidlanganidek, fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan ishtirokchilarining tengligini e`tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’yilmasligiga, fuqarolik huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta`minlash zarurligiga asoslanadi.

Ushbu moddaning talablaridan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, fuqarolik huquqining manbalari yuqorida belgilangan talablarga amal qilgan holda qabul qilinishi lozim. Ya`ni har qanday fuqarolik qonun hujjatlari shu munosabat ishtirokchilarining tengligini e`tirof etishi, mulkning daxlsizligi, shartnomalarning erkinligi va hakozolarga amal qilgan holda chiqarilishi kerak. Bu talablarga zid holda qabul qilingan qonun hujjati haqiqiy emas deb topilishi va tegishli tartibda bekor qilinishi zarur.

Umumiy qoidaga ko’ra dispozitiv mehyorlar shartnoma munosabatlarida keng qo’llaniladi. K.Sindorovning fikricha, dispozitiv normalar – shartnoma matnida ayrim masalalar bo’yicha taraflar kelishuvga erishmaganligi oqibatida vujudga keladigan kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Dispozitiv normalar, odatda, “shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa” qo’llaniladi. Jumladan, “Xo’jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi qonunning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 25-32-moddalari dispozitiv normalar sanalib, ular shartnomada yoki maxsus qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsagina qo’llaniladi.

Dispozitiv normalar tadbirkorlik shartnomaviy munosabatlarining asosiy tamoyillaridan biri bo’lgan shartnoma tuzish erkinligi tamoyilini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega6.

K.Sindorovning fikriga qo’shilgan holda dispozitiv normalar shartnoma taraflarining o’z xohish-irodalarini qonun talablari asosida amalga oshirishlariga imkon berishini tahkidlash zarur. Taraflar shu shartnomani tartibga soluvchi qonun hujjatida dispozitiv norma mavjudligi sababli, qonunga zid bo’lmagan dispozitiv normada ifodalanmagan o’zlari uchun qulay bo’lgan yo’lni tanlashlari mumkin. Bunday tartib, birinchi navbatda, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talab va taklifdan kelib chiqadi.

Fuqarolik qonun hujjatlarida ko’p qo’llaniladigan dispozitiv normalarning yana bir muhim xususiyati, bu normalarning “agar qonun yoki shartnomada o’zgacha qoida belgilanmagan bo’lsa va majburiyat mohiyatidan o’zga ma`no anglashilmasa” – degan “pisanda” bilan boshlanishidir. Aynan normaning yuqoridagi holatni ifodalashidan bu normaning dispozitiv norma ekanligini anglab yetish qiyin emas.




Download 168,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish