Boshqaruvning matritsa tuzilmasi — bu boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining zamonaviy samarali turi bo‘lib, u ikkita tuzilmalar — to‘g‘ri chiziqli va dasturiy maqsadni birga olib boorish yo‘li bilan yaratiladi . To‘g‘ri chiziqli tuzilmaga muvoflq (vertikal bo‘yicha) tashkilot faoliyatining ayrim sohalarini boshqarish amalga oshiriladi; ishlab chiqarish, sotish, ta’minot, dasturiy-maqsadli tuzilmaga muvofiq (gorizontal bo‘yicha) dasturiy (loyihalar)ni boshqarish.
Boshqaruvning matritsa tuzilmasida dastur (loyiha)ning rahbari to‘g‘ri chiziqli rahbarlarga ham bo‘ysunuvchi mutaxassislar bilan ishlaydi. U aniq dastur bo‘yicha nima va qachon qilinishi kerakligini belgilaydi. To‘g‘ri chiziqli rahbar esa u yoki bu ishni kim va qachon bajarishi kerakligini hal qiladi. Boshqaruvning matritsa tuzilmasining afzalliklari quyidagilar:
— boshqaruv xodimlari faoliyatini vazifaviy bo‘linmalar bilan
o‘zaro hamkorlik qiluvchi dasturiy bo‘linmalarni shakllantirish
yo‘li bilan faollashtirish, boshqaruv vazifalarini yuqori natijalarga erishish uchun javobgar bolgan rahbarlar (loyihaviy va dasturiy guruhlar rahbarlari) va mavjud resurslardan to‘liqroq foydalanish uchun javobgar bolgan rahbarlar (vazifaviy bolinmalar boshliqlari) o'rtasida yetarlicha aniq taqsimlanishi;
— barcha darajadagi rahbarlar va mutaxassislarni ishlab chiqarish va tijoratni takomillashtirish bo‘yicha faol ijodiy faoliyatga jalb qilish;
— qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatlarni o‘rtacha darajaga
topshirish natijasida yuqori darajadagi rahbarlarga yuklamani pasaytirish.
Bunda asosiy qarorlarni bajarilishini muvofiqlashtirish va uni nazorat qilish yuqori darajada saqlanib qoladi; bir necha dasturlarni bajarishda resurslar bilan manevr qilishning egiluvchanligi va operativligi ta’minlanadi.
Matritsa tuzilmalarida yangi texnologik jarayonlar va unumli uskunalarni tatbiq etish bilan bog‘liq qayta qurishlarni tez-tez o‘tkazish mumkin. Matritsa tuzilmalariga o‘tishda murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishda yirik tashkilotlarda eng katta samaraga erishiladi. Shu bilan birga guruhlardan tashkilotning matritsasini qurish elementlari sifatida foydalanish salbiy tomonlarga ham ega: bunday guruhlar barqaror tuzilmalar bolmaydi.
Ulardan intensiv ravishda foydalanishda xodimlar «tashkiliy bino»dagi o‘z joylaridan mahrum bo‘ladi, ular doimiy ravishda guruhdan guruhga ko‘chib yuradi va butun tashkilot vaqtinchaga 0‘xshab qoladi. Agar tashkilot bunday guruhlardan foydalanishga borgan sari ko‘proq murojaat qilsa, unda guruhlar va loyihalardagi rahbarlar va mutaxassislarni tez-tez o‘zgarishi nazoratni yo‘qligiga olib keladi va tashkilot osongina barbod bo’ladi. Bu
bolda toliqligicha matritsa tuzilmasini tashkil qilishga to‘g‘ri keladi. bu salbiy samarani pasaytiradi. Bundan tashqari matritsa tozilmalari uchun nizolarning yuqori darajasi xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |