Divizional (yoki boiimli) tashkiliy tuzilma yakuniy natija (mahsulot, is’temolchi yoki bozor)ga asoslanadi. Bu tuzilmada yuqori darajadagi bir qator vazifalarni markazlashuvi va ishlab chiqarish (tijorat) bo‘linmalarining faoliyatini markazlashtirilmaganligi birlashtiriladi. Tashkilot yuqori darajasi asosiy resurslarni rejalashtiradi va taqsimlaydi, strategik qarorlarni qabul qiladi, shu bilan birga bo‘linmalar operativ qarorlarni qabul qiladi, «foydaning markazlari» bo‘lgan holda foyda olish uchun ma’suldirlar.
Divizional tuzilmani ba’zida «muvofiqlashtirilgan markazlashtirmaslik» sifatida belgilaydilar. Undan ko‘p mahsulotli ishlab
chiqarish (tijorat) yoki ko‘p millatli kompaniyalarda keng foydalanadilar, ulardagi hududiy tarqoqlikda mamlakatli bolimlarni avtonomlashtirish zarur.
Ayniqsa, u bozor holatining o‘zgarishlari kamroq ta’sir ko'rsatuvchi va amalda texnologik yangiliklarga bog‘liq bo‘lmagan sohalarda samarali qo‘llaniladi.
Tashkilotning divizional tuzilmasida har xil bozorlardagi faoliyatning turlarini ratsional boshqarish mumkin. Ishlab chiqarish bo‘limlari rahbarlari o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va o‘zlariga biriktirilgan hududga ko‘ra faoliyatni nafaqat «daraja bo‘yicha», balki «vazifalar bo‘yicha» ham muvoflqlashtiradilar. Natijada qarorlar qabul qilish jarayoni tezlashadi va uni amalga oshirishning sifati oshadi. Ammo ishlab chiqarish bo‘limlarida maqsadlarni «qisqartirish» tendensiyasi kuzatiladi. Bo‘limlarni tashkil qilish natijasida boshqaruv apparatining o‘sishi qo‘shimcha xarajatlarni oshishiga olib keladi. Asosiy resurslarni markazlashtirgan holda taqsimlanishida ular yetishmagan holda bo‘limlar o'rtasida nizolar vujudga kelishi mumkin. Divizional tashkilotlarda yana bo‘limlararo karyera qiyinlashadi.
Mintaqaviy, mahsulotli va iste’molchilik tuzilmalari divizional tuzilmaning turli-tumanligini ko‘rsatadi, unga ko‘ra tashkilot tovarlar yoki xizmatlarning turlari, xaridorlarning guruhlari yoki geografik alomatlari bo‘yicha elementlar va bloklarga bo‘linadi.
Masalan, agar tashkilot faoliyati kattaroq geografik hududlarni qamrab olsa, unda uning tashkiliy tuzilmasini hududiy tamoyil bo'yicha, ya’ni uning bolimlari joylashgan joyi bo‘yicha qurish maqsadga muvoflqdir.
Mintaqaviy tuzilmada mahalliy qonunlar, odatlar va iste’molchilarning zaruriyatlari bilan bog‘liq muammolar tezroq va osonroq hal qilinadi, chunki tashkilotning mijozlar bilan hamda tashkilot a’zolari o‘rtasidagi aloqalari yolga qo‘yiladi. Yirik firmalarning keng geografik hududlarni qamrab oluvchi, o‘zlari ham, o‘z navbatida kichikroqlarga bo‘linuvchi bolinmalarga ega sotish tashkilotlari mintaqaviy tashkiliy tuzilmalarga misol bo‘la oladi. Boshqa flrmalar asosan (dori-darmon va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha) har xil mamlakatlarda maxsus sho‘ba kompaniyalarini tashkil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |