Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi — bu tuzilmada boshqaruv
ta’sirlari to‘g‘ri chiziqli va vazifaviyga ajraladi va bu ta’sirlardan har biri ijrochi uchun majburiydir. Vazifaviy aloqalar boshqaruvning har qanday umumiy va aniq vazifalari majmuasini amalga oshiradi
Ushbu tuzilma umumiy rahbar va bo'linmalar (texnik, iqtisodiy va h.k.) rahbarlari ijrochilarga o‘z ta’sirini vazifalar bo'yicha
taqsimlaydilar. Rahbarlar bir-birlarining ishiga aralashmaydi.
Umumiy rahbar faqat bo'linmalar rahbarlarining harakatlarini
muvofiqlashtiradi va o‘z vazifalarining cheklangan ro‘yxatini bajaradi.
Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi uchun zarur bo‘lgan zarur qisminigina o'ziga oladi. Bunda rahbarlarni ishni bajarilishini borishi haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa bo‘lmasligi mumkin. Bunday tuzilmada rahbarlar vazifaviy deb ataladi.
Ijrochi ham o‘z ishlarining bir qismini quyida turuvchi darajaga topshirishi va unga nisbatan vazifaviy rahbar bo'lishi mumkin. Shunday qilib, bitta ijrochi bir vaqtda bir necha vazifaviy rahbarlarga bo‘ysunishi mumkin.
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining afzalliklari quyidagilar:
- rahbarlikka aniq sohadagi omilkor mutaxassislarni jalb qilinishi;
- nostandart vaziyatlarni hal qilishdagi operativlik;
- vazifaviy rahbarlar kasb mahoratining tez o‘sishi;
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining kamchiliklari quyidagilar:
- yakka hukmronlik tamoyilining buzilishi;
- javobgar shaxsning yo‘q bo‘lishi;
— bo‘linmalar faoliyatini muvoflqlashtirishni qiyinligi.
To‘g‘ri chiziqli-vazifaviy tuzilma o‘z ichiga ham to‘g‘ri chiziqli, ham vazifali tashkil qilishlarni oladi, bu ijrochilar uchun ikki tomonlama bo‘ysunishni yaratadi. Boshqaruvning ko‘pgina idoralari va ijrochilari boshqaruv faoliyati (vazifalari)ning alohida turlarini bajarishga ixtisoslashadi, vazifaviy bo‘linmalar quyida turuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar va farmoyishlarni (vakolatlari doirasida) berish huquqiga ega.
Bu tuzilmaning afzalliklari aniq vazifalar uchun javob beruvchi mutaxassislarning yuqori omilkorligi, to‘g‘ri chiziqli rahbarlarning ular vazifaviy faoliyat masalalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashdan ozod bo‘lganliklari natijasida operativ boshqaruv bo‘yicha imkoniyatlarining kengayishidir.
Tuzilmaning kamchiligiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- harakatlar birligining yo‘qligi;
— vazifaviy xizmatlar o‘rtasida doimiy o‘zaro aloqalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yo‘qligi;
— qarorlar qabul qilishning uzoq muddatli tadbirlari;
- ijrochilarning ish uchun javobgarliklari pasayishi, chunki ulardan har biri bir necha rahbarlardan ko‘rsatmalar oladi;
— xodimlar tomonidan «yuqoridan» olinadigan ko‘rsatmalar va farmoyishlarni muvofiqlashmaganligini, chunki har bir vazifaviy bo‘linma o‘zining masalalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
— yakka hukmronlik tamoyilining buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |