Maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti loyihalarni moliyalashtirish fakulteti


Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish maqsadi, vazifalari va turlari



Download 0,81 Mb.
bet7/28
Sana08.06.2022
Hajmi0,81 Mb.
#642980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
erkin iqtisodiy zona

Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish maqsadi, vazifalari va turlari


Jahon amaliyotidan ma'lumki, EIZ turli maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi.


Birinchidan, EIZ tashkil etishdan maqsad milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimoti jarayoniga chuqur integratsiyalashuvini ta'minlash hisoblanadi. Raqobatbardosh eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali valyuta tushumlarini ko'paytirishga erishiladi. Agar mamlakat qandaydir sabablarga ko'ra xorijiy tadbirkorlik kapitali uchun iqtisodiyotning erkinlashuvini ta'minlay olmasa, unda erkin iqtisodiy zona tashkil etish orqali xorijiy investorlarga qulay investitsiya muhitini yaratishi mumkin.
Ikkinchidan, EIZ birinchi navbatda import o'rnini qoplovchi mahsulot ishlab chiqarish, ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to'ldirish uchun tashkil etiladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun hududda xorijiy kapital yordamida import o'rnini qoplovchi ishlab chiqarish barpo etiladi.
Uchinchidan, EIZni maxsus tashkil etishda xalqaro mehnat taqsimotiga tovar ishlab chiqarish tarmoqlari bilan birgalikda turizm, madaniyat va sanatoriya-kurort sohalarining integratsiyalashuvi ham ko'zda tutiladi.
To'rtinchidan, EIZ ishlab chiqarishga xorijiy texnologiyalar va milliy ilmiy- texnik yangiliklarini tatbiq etish orqali butun milliy iqtisodiyotda undan foydalanishni nazarda tutadi.
Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun malakali kadrlar tayyorlash va o'qitishni nazarda tutadi.
Oltinchidan, maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil etish biror hudud yoki sohaning iqtisodiy rivojlanishini rag'batlantirishni ko'zda tutadi. Misol uchun AQSh va Buyuk Britaniyada maxsus iqtisodiy hududlar XX asrning 80-yillarida iqtisodiy turg'unlik holatidagi hududlarda kichik va o'rta biznesni rivojlantirish
uchun tashkil etilgan. Ushbu hududlarda ishbilarmonlarga mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan moliya-viy imtiyozlar va xo'jalik faoliyati erkinligi beriladi. Ushbu dasturlar xorijiy kapitalni jalb etishni rag'batlantirish uchun maxsus yo'naltirilgan. Shu maqsadda qoloq hududlarni rivojlangan hududlarga aylantirishda asosiy e'tibor xorijiy kapitalni jalb etishga qaratiladi.
Ettinchidan, ayrim mamlakatlarda erkin iqtisodiy hudud iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning mintaqaviy usuli sifatida qaraladi.
EIHlarni tashkil qilishdagi iqtisodiy maqsadlar:

  • tashqi savdo hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish va kengaytirish;

  • iqtisodiyotga xorij va milliy investitsiyalarni jalb qilish;

  • milliy ishlab chiqarish raqobatbardoshligini va uning iqtisodiy samaradorligini ko'tarish;

  • eksportni oshirish va import o'rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish;

  • mamlakat byudjetiga va regionga valyuta kirib kelishini oshirish. EIHlarni tashkil qilishdagi ijtimoiy maqsadlar:

  • yangi ish o'rinlarini yaratish, aholi ish bilan bandligini o'sishi;

  • malakali xodimlarni, injenerlarni, xo'jalikda faoliyat yurituvchilarni va boshqaruvdagi kadrlarni jahon standartlariga javob beradigan darajada o'qitish va ularni tayyorlash;

  • sanoat hamda iste'mol uchun mo'ljallangan yuqori sifatli mahsulot va xizmatlar bilan milliy bozorni to'yintirish;

  • aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish;

  • qoloq regionlar rivojlanishini, hudud chegarasida kamyob bo'lgan milliy resurslarni markazlashtirish hisobiga tezlashtirish.

EIHlarni tashkil qilishdagi ilmiy-texnik maqsadlar quyidagilarga qaratiladi:

  • eng yangi xorij va mahalliy texnologiyalardan jadal foydalanish;

  • ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijalarini amalda qo'llashni tezlashtirish;

  • dolzarb bo'lgan yo'nalishga ilmiy-texnik, shu jumladan xorij kadrlarini ham jalb qilish;

  • ilmiy-texnik markazlar va venchur kompaniyalarining tajribalarini hamda

ilmiy-tadqiqot yutuqlarini jalb qilish;

  • foydalanilayotgan ishlab chiqarish quvvati samaradorligini oshirish. Maxsus iqtisodiy zonalar o'zining umumiy maqsadlariga ko'p o'xshash,

biroq, ularning funktsiyalari xilma-xil hisoblanadi Maxsus iqtisodiy zonalarning turli-tumanligi, ularning vujudga kelishi va rivojlanishi qator omillarga bog'liq.
Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy zonalar xo'jalik faoliyatining ixtisoslashuviga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: erkin savdo zonalari, sanoat- ishlab chiqarish zonalari, ilmiy-texnologik (texnoparklar, texnopolislar), offshor markazlar, iqtisodiy-ekologik va tor sohaga ixtisoslashgan zonalar (turistik) va kompleks zonalar (2-rasm).



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish