8-mavzu. Biznes reja va uning tuzilishi.
1. Bozor iktisodiyoti sharoitida biznes-rejaning axamiyati.
2. Biznes-reja tuzish boskichlari va undan foydalanish.
3. Biznes-rejada kullaniladigan xujjatlarning turlari va
mazmuni.
Bozor iktisodiyoti sharoitida biznes-rejaning axamiyati.
Bozor iktisodiyoti sharoitida biznes rejaning axamiyati katta, chunki kupgina firma va tashkilotlarda biznes rejani bozorni urgangan xolda, yani istemolchilarning talabi va taklifi urganiladi va maxsulot ishlab chikishga tushiladi.
Biznes rejani menejer, tadbirkor, firmalar guruxi va konsalting tashkiloti tayerlashi mumkin.
Yirik firma rivojlantirishning strategiyasini ishlab chikish uchun kengaytirilgan biznes reja tuziladi. Bunday firmalarning xammasi ishlab chikarilaetgan uz maxslotlari eki xizmatlarini zamonaviylashtirishni doimo kuzda tutadilar. Doimo tavakkal kilib maxsulot chikaradigan firmalar avvalo yangi turdagi maxsulotlarni uzlashtirishda muntazam ish olib boriladi va xokazo.
Biznes rejani ishlab chikadigan mutaxassislar guruxining asosini iktisodchilar, statistlar tashkil etadi.Biznes reja vaziyatini firma ichida xam, undan tashkarida xam kelajakda kanday bulishi ifoda etiladi.Biznes reja aksionerlar egalik kiladigan sharoitda va malum darajada, shirkatlar tuzishda kanday yul tutishini bilib olish uchun firma raxbariyatiga zarur buladi. Ayni shu biznes reja yordamida firma raxbariyati foydaning kanday kismini jamgarmani kupaytirib borish uchun koldirish, kanday kismini dividentlari shaklida aksionerlar urtasida taksimlanish kerakligi xususida karor kabul kiladi. Biznes rejalardan firmalarning tashkiliy ishlab chikarish strukturasini takomillashtirishda xam foydalaniladi. Bozor iktisodiyotida biznes reja tadbirkorlikning xamma soxalarida kullaniladigan guyo bir ish asbobdir. Biznes reja doimiy xujjat bulib, muntazam ravishda yangilanib boriladi, unga xam firmaning ichida, xam umuman iktisodiyotdagi sharoitlarga karab ruy bergan uzgarishlar kiritiladi. Biznes reja firmaning muayyan bozordagi faoliyatining anik yunalishini urganish maksadida utkaziladigan tadkikotlar va tashkiliy ishning natijasi bulgan munosabati bilan u kuyidagilarga asoslanadi.
- ìàúëóì òîâàðíè èøëàá ÷èêàðèø,
firmaning zaif va kuchli tomonlarini aniklab, uziga xos xususiyatlarini va uziga uxshash boshka firmalardan farklarini aniklab olish maksadida xar tomonlama utkaziladigan ishlab chikarish-xujalik va tijorat taxliliga,
anik vazifalarni amalga oshirish uchun kullaniladigan moliyaviy, texnik iktisodiy va tashkilimy mexanizmlarga.
Do'stlaringiz bilan baham: |