9-mavzu. Auditor, bank va kredit xujjatlar.
1. Auditor, bank va kredit xujjatlar xakida tushuncha.
2. Auditor, bank, kredit xujjatlarini turkumlanishi.
3.Auditor, bank, kredit xujjatlarini rasmiylashtirish.
4. Buxgalteriya xujjatlarini aylanishini tashkil kilish
tartibi.
5. Buxgalteriya xujjatlarini saklash tartibi.
Auditor, bank va kredit xujjatlar xakida tushuncha.
Buxgalteriya soxasida xujjat deb xukukiy asosga ega bulgan malum rekvizitli ish kogoziga aytiladi. Buxgalteriya xisobida xujjatlashtirish deb esa xujalik operatsiyalarini xujjat yordamida rasmiylashtirish usuliga aytiladi. Buxgalteriya soxasida xamma xujalik operatsiyalarini xujjatlashtirish joriy buxgalteriya malumotlari va buxgalteriya xisoboti kursatkichlariga isbotlovchi kuch beradi, shuning uchun xam ayrim xollardagi xujalik tortishuvlarini sud, xakamlik tomonidan tugri xal kilish imkonini beradi.
Buxgalteriya soxasida xujjatlashtirish yordamida davlat reja-topshiriklarining bejarilishini nazorat kilib, uz vaktida zarur malumotlarni tezlikda olish imkoniyati yaratiladi.
Xujjatlashtirish yordamida xujalik mablaglarining xarakatini uz vaktida tugri xisobga olish, shuningdek, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga utkazishda moddiy kiymatliklarning butligi taminlanadi. SHuning uchun xam xujalik operatsiyalarini xujjatlashtirish natijasida mulk kuriklanadi. Xujjatlashtirilgan xamma malumotlar korxonalarning xamma ishlari ustidan muayyan xujalik raxbarlari nazoratini taminlashi bilan birga, davlat va jamoat nazorat vakillariga xam ana shu ishlarning konuniyligini isbotlash imkonini beradi. Xujjatlashtirish yordamida xamma xisob-kitoblar amalga oshiriladi, xujalikning ishlab chikarish moliyaviy natijalari aniklanadi, xar bir xodimning mexnat natijalari, xarajat va daromad kursatkichlari va xakozolar topiladi.
Buxgalteriya xisobi korxonaning xujalik mablaglari va ularning tashkil topish manbaalarining xarakatini kursatadi. U xujalik jarayoni operatsiyalari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatish olib borish, kuzatish natijasida olingan malumotlarni ulchash va xujjatlarda kayd kilish xamda ularni yagona bir ulchovda, yani pulda ifodalab umumlashtirish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya xujjatlari ayrim korxonalarda sodir bulayotgan xujalik jarayoni va operatsiyalarini uzluksiz kuzatish va ketma-ket kayd kilishni amalga oshirish, xujalik ijtimoiy faoliyatining xamma tomoni ustidan nazorat olib borishni taminlash usulidir.
Buxgalteriya soxasining xar bir kayd etilgan yozuvi, amalga oshirilgan xujalik operatsiyasini yoppasiga xujjatlashtirishga asoslanadi.
Buxgalteriya soxasida natura ulchovi, mexnat va pul ulchovlaridan foydalaniladi. Xar kanday xujalik operatsiyasi albatta pulda ifodalanadi. SHuning uchun xam buxgalteriya xisobi pulli xisob turi deb yuritiladi, yani sodir bulgan xujalik jarayoni va operatsiyalarini umumlashtirish fakat pul ifodasida olib boriladi.
Demak, xujjatlashtirish xujalikda amalga oshirilgan xujalik operatsiyalari ustidan nazorat urnatish bilan birga, iktisodiyot tartibini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |