Auditor, bank, kredit xujjatlarini turkumlanishi.
Buxgalteriya xisobida xujjatlar xar xil xususiyatlarga karab turkumlarga ajratiladi. Xamma xujjatlar buxgalteriya xisobida bajaradigan vazifalariga, tuzilish joyiga, xujalik operatsiyalarini aks ettirish mikdorlariga karab bir necha turkumlarga bulinadi.
Xujjatlar buxgalteriya xisobida bajaradigan vazifalariga kura beshta guruxga bulinadi:
1. Farmoyish xujjatlari.
2. Tasdiklovchi xujjatlar.
3. Kombinatsiyalashtirilgan xujjatlar.
4. Buxgalteriya rasmiylashtirish xujjatlari.
5. Axborot xujjatlari.
Farmoyish xujjatlar xujalik raxbarlarining biron xujalik operatsiyasini amalga oshirish uchun xizmat kiladigan farmon berishi uchun muljallangandir.
Farmoyish xujjatlariga kassaga naxd pul olishga yozilgan cheklar, vakolatnomalar, karorlar,U yoki bu xujalik operatsiyasini bajarish uchun korxona ishchisiga raxbar tomonidan berilgan buyruklar, naryadlar va boshka xujjatlar kiradi. Farmoyish xujjatlarda berilayotgan topshirikning mazmuni, bajarilish muddati va tartibi, shuningdek, bajaruvchi shaxs kursatilgan bulib, bunday xujjatlar asosida buxgalteriya schetlarida yozuv kilinmasdan, balki xujalik raxbarining korxona xodimlarining faoliyati yuzasidan nazorat urnatishi taminlanadi.
Tasdiklovchi xujjatlar korxonalarda malum bir xujalik operatsiyasining amalga oshirilganligini isbotlaydi. SHuning uchun xam bunday xujjatlar tasdiklovchi xujjatlar deyiladiki, u malum bir xujalik operatsiyasini bajargan xodimga xakikatda shu masala topshirikka asosan bajarilganini isbotlovchi yozma xukuk beradi. Tasdiklovchi xujjatlarga dalolatnomalar, kabul kilish kvitansiyalari, asosiy vositalarni kabul kilish dalolatnomalari, ombor mudirining xisobotlari, schet-fakturalar kirishi mumkin.
Kombinatsiyalashtirilgan xujjatlar deb farmoyish va tasdiklovchi xujjatlarning xususiyatlarini uzida ifodalaydigan xujjatlarga aytiladi. Bunday xujjatlar ayrim xollarda farmoyishli-tasdiklovchi xujjatlar deb xam ataladi. chunki ular bir vaktda xam farmoyish, xam tasdiklovchi xujjatlarning vazifalarini utay oladi. Kombinatsiyalashtirilgan xujjatlarda xujalik operatsiyasini amalga oshirish uchun berilgan farmon va shu operatsiya bajarilganligini aks ettiruvchi xisobotning bulishi juda kulaydir. Bunday kulaylik korxona xujalik faoliyatini nazorat kilishni va xujjatlarning malumotlarini tekshirishni osonlashtiradi.
Buxgalteriyada rasmiylashtirish xujjatlari deb korxonalarda sodir bulayotgan xujalik operatsiyasini amalga oshirishga asos bula olmaydigan buxgalteriya xisobi registrlariga yozish uchun tuzilgan ayrim xisob-kitob va malumotlarga aytiladi. Bunday xujjatlarga buxgalteriya malumotnomalari, asosiy vositalarga ammortizatsiya ajratmalarini xisoblash vedomostlari, maxsus fondga ajratmalar va foydani taksimlash buyicha xisob-kitoblar, maxsulot tannarxini kalkulyasiya kilish vedomostlari va boshka buxgalteriya xodimlari tomonidan rasmiylashtirish xujjatlari kiradi.
Korxonalarda axborot tizimini utaydigan ayrim xujjatlar borki, ular xujalik raxbarlariga taalukli davlat va nazorat idoralariga zarur axborot malumotlarini beradi. Bunday xujjatlarga moddiy kiymatliklar sotib olish uchun mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar, nomenklatura-baxo, moddiy kiymatliklarning meyorlari va boshka shularga uxshash xujjatlar kiradi.
Buxgalteriya xisobining xujjatlari tuzilish tartibiga muvofik dastlabki va yigma xujjatlarga bulinadi.
Dastlabki xujjatlar deb xujalik operatsiyasi sodir bulgan vaktda tuzilgan xujjatga aytiladi. CHunki xar bir xujalik operatsiyasi amalga oshirilganda xujjatlashtiriladi. Bunday xujjatlarga kassaning kirim va chikim orderlari, talabnoma-nakladnoy, naryadlar, yunalishi varakalari, xar xil dalolatnomalar va boshka xujjatlar kiradi.
Yigma xujjatlar deb bir nechta dastlabki xujjatlar malumoti asosida yigilib tuzilgan xujjatlarga aytiladi. Bunday xujjatlarga kassirning kunlik xisoboti, moddiy javobgar shaxslarning xisobotlarini va boshkalarni kiritish mumkin.
Binobarin, kassir bir kundagi kirim va chikim orderlari va boshka xujalik operatsiyalari malumotlariga asoslanib, ish kuni oxirida xisobot tuzadi va buxgalteriyaga topshiradi. Bu yigma xujjatga yakkol misoldir.
Buxgalteriya xujjatlari bir yoki bir necha xujalik operatsiyalarini uzida aks ettirishga karab bir martalik va jamlama xujjatlarga bulinadi.
Bir martalik xujjatlarda malum bir vaktda amalga oshirilgan operatsiyalar aks ettiriladi. Bunday xujjatlarga kassa kirim orderi, kassa chikim orderi, materiallarni kabul kilish orderi, bajarilgan ishlarni kabul kilish dalolatnomasi va boshka shunga uxshash xujjatlar kiradi.
Jamlama xujjatlarda xar xil vaktlarda amalga oshirilgan bir xil xujalik operatsiyalari aks ettiriladi. Jamlama xujjatlarni kullash korxonada tuziladigan xujjatlar mikdorini kamaytirishga olib keladi. Jamlama xujjatga misol tarikasida limit-zabor kartasini olish mumkin. Limit-zabor kartada ombordan muayyan ishlab chikarishga bir oy davomida chikarilgan bir necha materiallarning mikdori kursatiladi. U oy davomida amalga oshirilgan xujalik operatsiyalarini isbotlash xujjati bulib xizmat kiladi.
Buxgalteriya xujjatlari kaerda tuzilishiga karab korxonaning uzida tuzilgan va boshka korxonalarda tuzilgan xujjatlarga bulinadi. Korxonaning uzida tuzilgan xujatlar unda amalga oshirilgan xujalik operatsiyalarini aks ettiradi. Bunday xujjjatlarga kassa kirim orderi, bank xasobotlari va boshkalar misol bula oladi. SHuning bilan birga korxonaga mol etkazib beruvchilarning yuborgan schet-tulov talabnomalari, spetsifikatsiyalari, kvitansiyalari va boshka xujjatlari xam kelib tushadi. Bu xujjatlar boshka korxonalarda tuzilgan xujjatlar bulib, muayyan korxonaning buxgalteriya xisobotlaridagi yozuvlari uchun asos bulib xizmat kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |