Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Download 16,37 Mb.
bet64/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

So‘zlarning semantik tasnifi. Bunda so‘zlar quyidagi guruhlarga ajraladi:
a) mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid);
b) nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z (olmosh va so‘z-gap);
d) lug‘aviy ma’nosiz so‘z (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama).
Olmosh anglatadigan ma’no u almashtirayotgan so‘zning ma’nosi. Shu boisdan u nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z sifatida baholanishi lozim. So‘z-gap (tasdiq-inkor, taklif, undov va modal so‘z) esa hatto bir butun gap vazifasida ham kela oladi. Bu – uning lug‘aviy ma’nosiz so‘zdan farqi, biroq kontekst yordamida lug‘aviy ma’no anglatadi. Masalan, – Uyga bor. –Mayli gapida mayli so‘z-gapi boraman so‘zi anglatgan lug‘aviy ma’noga teng nutqiy ma’noga ega. Biroq bu ma’no mustaqil emas.
So‘zlarning morfologik tasnifi. Bu tasnifga binoan, so‘zlar, aytilganidek, ikki guruhga ajraladi:
a) o‘zgaruvchi leksema;
b) o‘zgarmas leksema.
O‘zgaruvchi leksema lug‘aviy shakl hosil qiluvchilarni qabul qila oladi. O‘zgarmas so‘z esa bunday xususiyatga ega emas. Bu tasnifda so‘zlarning o‘rni quyidagicha .
O‘zgaruvchi turkum uchun tasniflovchi grammatik shakl mavjud. Masalan, otlarda son, subyektiv baho shakllari, fe’llarda nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, sifatlarda daraja. O‘zgarmas so‘z bunday shaklga ega emas.
Bu tasnifda olmoshga o‘rin berilmagan, chunki u o‘zi ishora qiluvchi barcha mustaqil so‘z turkumiga xos o‘zgarish tizimiga ega. Shuning uchun olmoshning ot-olmosh, fe’l-olmosh, sifat-olmosh, son-olmosh kabi turi mavjud. Ot-olmosh sonlanadi (son kategoriyasiga ega bo‘ladi), fe’l-olmosh nisbatlanadi, tarzlanadi, o‘zgalanadi, sifat-olmosh darajalanadi, son-olmosh son shakllarini qabul qiladi.
Leksemalarning sintaktik tasnifi. Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog‘lana olish-olmasligi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olish-olmaslik xususiyati o‘z aksini topadi:

  1. gap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan so‘z: undov, modal, so‘z-gap;

  2. gap bo‘lagi bo‘lishga xoslangan so‘z: fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid, olmosh;

  3. sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan so‘z: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.

So‘z-gap boshqa so‘z bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o‘zi mustaqil gap bo‘lib kelish qobiliyatiga, ya’ni ajralganlik xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi so‘z esa bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo‘lak bo‘lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog‘lash vazifasini bajaradi. Mustaqil leksema esa mustaqil ravishda gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi.
DTSga asoslangan ona tili o`quv dasturi va darsliklarida ham o`zbek tili qurilishi talqinida qator yangiliklar ko`zga tashlanadi:
1. Olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap va, hatto, matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olingan holda ularni o`rganish fe’l, ravish, taqlidiy so`zlardan keyinga ko`chirilgan va ular ishora so`zlar sifatida izohlanilgan.
2. Dasturda bir so`z turkumidan ikkinchi bir so`z turkumiga o`tish talqini rus tili grammatikasidan ko`chirilgan hodisa sifatida baholanadi («Yaxshi bola yaxshi o`qiydi»; «Mardona yigit mardona gapiradi» kabi gaplarda yaxshi va mardona so`zlari birinchi birikmada sifat deb, ikkinchi birikmada esa ravish deb bahslanadi). Darslikda ravish so`z turkumining xususiyatlari o`rganilar ekan, uning morfologik kategoriyalarni, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarni qabul qila olmasligi asosiy belgisi qilib ko`rsatilgan. Ravishlarning morfologik jihatdan o`zgarmas ekanligi qator misollarda (tasodifan, birga, qasddan, o`zbekona, haqiqatan) aniqlab berilgan. Ravishlarning sintaktik vazifasi ularning aniqlovchi bo`lib kela olishi bilan kengaytirilgan.
3. Egalik, kelishik qo`shimchalari faqat otlar va otlarni almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan g'ayriilmiy talqin dasturdan o`rin olmagan. Grammatikadagi otlashuv hodisasi "ma’no torayishi" mavzusi doirasida izohlangan.
4. So`z turkumlarini o`rganishda ularning asosiy ma’noviy, morfologik, sintaktik xususiyatlari hisobga olingan holda, amaldagi dastur va darsliklarimizdan farqli o`laroq quyidagicha joylashtirilgan:
1.Fe’l. 7. Olmosh
2.Ot. 8. Ko`makchi
3. Sifat. 9. Bog'lovchi
4. Son. 10.Yuklama
5. Ravish. 11.So`z- gaplar (undov, modal, tasdiq
6. Taqlid so`z va inkor, taklif so`z-gaplar)

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish