Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi


Adabiyotlar: A1, A2, A3, A5, A8, A11, Q4, Q9



Download 16,37 Mb.
bet65/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

Adabiyotlar: A1, A2, A3, A5, A8, A11, Q4, Q9.
2-MODUL
4-ma`ruza. Fe’l so’z turkumi. Fe’l ma’nosi va grammatik belgilari. Fe’lning grammatik kategoriyasi. Fe’llarda bo’lishlilik, bo’lishsizlik. O’timli va o’timsiz fe’llar


Reja

  • Fe’lning ma’nosi va grammatik belgilari.

  • Fe’l yasalishi

  • Fe’lning oorishk kategoriyalari.

  • Fe’llarda bo’lishlilik, bo’lishsizlik.

  • O’timli va o’timsiz fe’llar.

  • Fe’llarda nisbat kategoriyasi.

  • Fe’llarda mayl kategoriyasi.

Fe’lning umumiy ma’nosi ish-harakat va holatni jarayon sifatida ifodalashdir. Holat ifodalash boshqa so’z turkumlariga ham xos, biroq fe’lda u bir holatdan ikkinchi holatga o’tish tarzida namoyon bo`ladi. Masalan, Daraxt yam-yashil gapida sifat kesim (yam-yashil) turg’un holatni ifodalamoqda. Daraxt ko’kardi gapida esa holat jarayon sifatida, bir holatdan ikkinchi bir holatga o’tish tusida yuz bermoqda.
Ish-harakatning barchasi ham zamon bilan bog’liq holda yuz bersa-da, gapda zamon ifodalanmasligi mumkin. Daraxt ko’kardi gapidagi fe’lda zamon o`z lisoniy ifodasiga ega. Ishga borish gapidagi fe’lda esa bunday xususiyat lisoniy ifodalanmagan.
Fe’l yasalishi. Fe’l o’ziga xos so’z yasalish tizimiga ega. U asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.
Affiksatsiya usuli keng qamrovli, bu usul bilan fe`l bo`lmagan so`zlardan fe`l yasaladi. Yasash asosiga qo`shilib, yasama fe`l hosil qiluvchi affiksning so`z yasash darajasi ham turlicha. –la, -lashtir, -(a)r, -(a)y kabi affiks ancha mahsuldor bo`lib, ular ko`p miqdorda fe`1 hosil qiladi. Bu affiksninhg har biri turlicha derivatsion qolip tarkibida fe`l yasaydi.

  1. Ot, sifat, ravish, olmosh, taqlid, undov+la= bir asosdan anglashilgan narsa, predmetga ega holatli qilish harakati;

  2. Asosdan anglashilgan asbob vositasida bajariladigan harakat;

  3. Asosdan anglashilgan narsa predmetni yuzaga keltirish harakati qolipi ko’p ma’noli, uning hosilasi quyidagicha:

    1. o’g’irla, moyla, jilovla, kishanla, tushovla;

    • randala, qaychila, egovla, arrala;

    • urug`la, dodla, sizla, senla va shu kabilar.

Kompozitsiya usuli. Bu usul vositasida qo`shma va juft fe`l yasaladi. Qo`shma fe`l tarkibiga ko`ra ikkiga bo`linadi:

  1. ism+fe`l b)fe`l+fe`l

Ism+fe`l tipidagi fe`lni hosil qilishda yordamchi fe`l vazifasida qilmoq, etmoq, aylamoq, bermoq, olmoq, topmoq, yemoq, urmoq, ko`rmoq, kelmoq, keltirmoq kabi fe`l birliklari keladi: abgor qilmoq, ado bo`lmoq, xabar olmoq, tush ko`rmoq, tartibga keltirmoq.
O`zbek tilida fe`l+fe`l tipidagfi fe`llar barmoq bilan sanarli: sotib olmoq, olib bormoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, olib qochmoq, ishglab chiqarmoq kabi.
Juft fe`l grammatik shakliga ko`ra ikki ko`rinishda bo`ladi:
Biri ravishdosh shaklida, ikkinchisi boshqa shaklda: aylanib-o`rgilmoq, yelib-yugurmoq, yayrab-yashnamoq, o`ynab-kulmoq, qo`llab – quvvatlamoq kabi.
Fe’l qanday harakatni ifodalashiga ko`ra bir qancha turlarga bo`linadi:
1. Yumush fe’llari: ishladi, mehnat qildi, ter to`kdi va boshqalar.
2. Tafakkur fe’llari: o`ylaydi, o`qidi, kashf qildi kabi.
3. Sezgi fe’llari: sezdi, siqildi, his qildi.
4. Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo`ldi, qayg`urdi, iztirob chekdi.
5. Nutq fe’llari: gapirdi, so`zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming`irladi.
6. Ishora fe’llari: imo qildi, labini burdi, ko`zini qisdi.
7. Jismoniy holat fe’llari: og`ridi, isitmasi chiqdi, xastalandi, sog`aydi, kuchaydi, charchadi kabi.
8. Tabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi va boshqalar.
9. Ko`rish fe’llari: qaradi, ko`rdi, termuldi.
Yuqoridagi fe’l turlarining har qaysisi bir necha fe’llarni o`z ichiga oladi. Bu fe’llar harakat-holat ma’nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi:
1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko`ra farqlanishi: jilmaymoq, kulimsiramoq, kulmoq.
2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo`lishiligiga ko`ra: kulmoq-tirjaymoq; so`zlamoq-to`ng`illamoq, ming`irlamoq.
3. Uslubiy xoslanishiga ko`ra: kulmoq (umumiste’moldagi so`z) – tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so`zlamoq (umumiste’moldagi so`z) – nutq ifoda etmoq (badiiy uslubga xos) kabi.
Ularning har qaysisini o`z o`rnida ishlatish nutqning ravonligi, aniqligi va ifodaliligini ta’minlaydi.
Ma’no xususiyatlariga qarab fe’llar ikki turga bo`linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar.
Mustaqil fe’llar harakat va holat ma’nosini mustaqil ravishda bildiradi, fe’lga xos barcha grammatik xususiyatlarga ega: o`qidi, cho`chidi, bog`ladi kabi.
Yordamchi fe’llar mustaqil fe’llarga birikib, xilma-xil ma’no anglatgan shakllar hosil qiladi: o`qib chiqdi; cho`chib ketdi; o`qib beradi. Qil, et, ayla, bo`l yordamchi fe’llari asosan qo`shma fe’l yasashga xizmat qiladi: yordam qilmoq, hurmat qilmoq, e’tibor qilmoq, vafo aylamoq, katta bo`lmoq kabi.
Yordamchi fe’llarning bir turi deb qaraluvchi to`liqsiz fe’llarga (edi, ekan, emish ba’zan erur), fe’llari kiradi.
Asosan fe’lning analitik zamon shakllarini yasashda (kelgan edim, kelayotgan ekansan, kelar emish, kelib edim, kelmoqda ekan) hamda ot-kesimning bog`lama qismi vazifasida qo`llanadi: Bu kishi bir paytlar katta amaldor edi.
Fe’l nisbat, bo`lishli-bo`lishsizlik, mayl-zamon, shaxs-son kategoriyalariga ega. Fe’llardagi nisbat, mayl, zamon va shaxs-son kategoriyalari kategorial shakllar hisoblanadi: ishlayapti, ishla, ishlasa kabi.
Fe’lning biron-bir grammatik kategoriyasiga mansub bo`lmay, turli ma’nolar ifodalash yoki boshqa vazifalarni bajarish uchun qo`llanuvchi shakllari nokategorial shakllar hisoblanadi. Masalan, harakatning takroriyligi, kuchsizligini bildiruvchi turtkila, kulimsira kabi formalar, shuningdek, sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi shakllari nokategorial shakllar hisoblanadi.
Fe’lning kategorial shakllari tuslanishli, nokategorial shakllari esa tuslanishsiz fe’llar hisoblanadi.
Fe’llar bo`lishli va bo`lishsiz shaklda bo`ladi. Fe’lning bo`lishli shakli harakatning bajarilishi haqida tasdiqni bildirsa, bo`lishsizlik shakli esa harakatning bajarilishi haqida inkorni bildiradi: yozaman-yozmayman, o`qiganman-o`qimaganman kabi. Ritorik so`roq gaplarda shu shakl orqali tasdiq ma’nosi anglashiladi: U nimalarni ko`rmadi, nelarni boshidan kechirmadi. Ritorik so`roq gaplarda bo`lishli shakli, aksincha, bo`lishsizlik ma’nosini ifodalashi mumkin (bunday gaplarda –mi yuklamasi ham qatnashadi): Yordam bersangiz haqingiz ketarmidi?
Bo`lishsizlik shakli emas, yo`q so`zlari hamda na...na inkor yuklamasi yordamida ifodalanadi: U na o`qidi, na yozdi. U na birovga beradi, na o`zi foydalanadi.


4-mavzu. Fe’llarda nisbat kategoriyasi. Fe’llarda mayl kategoriyasi. Fe’llarda zamon kategoriyasi. Fe’llarda shakl yasalishi: Felning modal shakllari va harakat nomi; sifatdosh, ravishdosh, sintaktik va analitik shakllar.


Re’ja
1. Ravishdosh shakli va uning variantlari.
2. Sifatdosh shakllari va uning turlari.
3. Harakat nomi shakli va uning turlari.
Fe’llar harakat-holatning predmet – ob`ektga munosabatiga qarab ikki turga bo`linadi: 1) o`timli fellar; 2) o`timsiz fellar. Bular ob`ektli fe’llar deb ham yuritiladi.
O`timli fe’l tushum kelishidagi so`zni boshqarib keladi, biror predmetga o`tgan harakatni, predmetga qaratilgan va unda biror o`zgarish yuzaga keltiradigan harakat va holatni bildiradi: Mehmon ovqatni (ovqatdan) oling.
O`timsiz fe’llar tushum kelishigidagi so`zni boshqarib kela olmaydi, odatda boshqa narsaga o`tmagan, bajaruvchining o`zida qolgan harakatni bildiradi. Misol: U marraga birinchi bo`lib keldi. Ba’zi shunday fe’llar ham borki, ular matnda qanday so`zlar bilan bog`lanib kelishiga qarab o`timli ham, o`timsiz ham bo`lib kela oladi. Bu fe’llarda o`timli-o`timsizlik gap ichida shu fe’lning o`z yoki ko`chma ma’noda qo`llanishiga qarab aniqlanadi. Masalan: Talaba masalani oson ishladi (o`timli). U dalada ishladi (o`timsiz). Gap tarkibida fe’llar o`timlidan o`timsizlikka
yoki aksincha bo`lishi mumkin: yozdi – yozdirdi, ichdi – ichirdi; keldi – keltirdi, uxladi – uxlatdi.

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish