Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Download 16,37 Mb.
bet66/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

Nisbat kategoriyasi
Nisbat kategoriyasi harakatning sub`ekt va ob`ektga bo`lgan munosabatini ko`rsatadi. Harakat bilan sub`ekt va ob`ekt orasidagi munosabat har xil. Unga ko`ra o`zbek tilida fe’l nisbatlari 5 ta:
1. Bosh nisbat
2. O`zlik nisbat
3. Majhul nisbat
4. Birgalik nisbat
5. Orttirma nisbat
Bosh nisbat fe’l anglatgan harakatning bajaruvchisi shaxs sub`ektiga teng keladi. Bu nisbatning maxsus affiksi yo`q. Bu nisbat ma’nosi fe’l asosi orqali ifodalanadi. Masalan, U so`radi, men aytdim va boshqalar.
O`zlik nisbati sub`ekt tomonidan bajarilib, yana sub`ektning o`ziga qaytgan harakat va holatni bildiradi. Bunda harakatning bajaruvchisi ham, harakat qaratilgan predmet ham bir shaxsning o`zi bo`ladi, ya’ni fe’lning aniq nisbatida harakat sub`ektdan boshlanib, boshqa pretdmetga o`tsa, o`zlik nisbatda esa sub`ektning o`zida qoladi. O`zlik nisbat o`timli fe’ldan yasaladi: U javob berolmay chaynaldi. U ertalab yuvindi, artindi. O`zlik nisbat ko`pincha o`timli fe’l asosiga –(i)n affiksi, ba’zan –(i)l, -i(sh) affiksini qo`shish orqali hosil bo`ladi: otlandi, kerishdi, ishqaldi, cho`mildi.
Majhul nisbat shaklida harakatning sub`ektga emas, balki harakatning o`ziga va uning ob`ektiga ko`pro? E’tibor beriladi. Maj?ul nisbat o`timli fe’l asosiga –(i)l, ba’zan –(i)n affiksini qo`shish bilan hosil qilinadi. Bunda o`timli fe’l o`timsizlashadi: Qishga o`tin g`amlandi. Bu kitob kecha bosilib chiqdi. Ba’zan o`timli fe’llardan ham majhul nisbat yasaladi: borildi, yorildi, turilsin, aytilsin.
Majhul nisbatdagi fe’l buyruq-istak maylining III shaxs shaklida kelsa, rasmiy ish uslubida, shuningdek, II shaxs o`rnida keng ishlatiladi: yig`lanmasin, javob berilsin, shpargalkalar tashlansin! Majlisda menga ham so`z berildi. Ovozi o`chirildi.
Birgalik nisbati ikki va undan ortiq sub`ekt tomonidan birgalikda bajariladigan harakatni bildiradi. Birgalik nisbat o`timli fe’l va o`timsiz fe’l asosiga –(i)sh, -lash affikslari orqali hosil bo`ladi: yordamlashdi, xayrlashdilar. Ba’zan –(i)sh affiksi ikki marta qo`shilib kelishi mumkin. Ular ko`rishishdi, quchoqlashishdi, xayrlashishdi.
Orttirma nisbatdagi fe’llar vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi. Harakatni bajarishda sub`ektdan tashqari yana boshqa shaxsning ishtirok etgani anglashiladi: o`qi, o`g`it, chaqir, chaqirtir, kel – keltir kabi. Orttirma nisbat asosan quyidagi affikslar yordamida yasaladi: -dir (tir); -gaz (qiz, qaz, kiz, kaz, g`iz, g`az); -t; -iz; -ir; -ar; -sat affiksi faqat ko`r fe’lidan orttirma daraja shaklini yasaydi.
Shunisi xarakterliki fe’l asosiga orttirma daraja yasovchi affikslar ketma-ket qo`shilishi mumkin: yoz – yozdir – yozdirtir; ich – ichir – ichirtir kabi.
Bir fe’l negiziga turli nisbat yasovchi affikslar qo`shilib kelishi mumkin: sev – sevin – sevintir; Bunday yasalishda fe’lning qaysi nisbatda ekanligi oxirgi affiksga qarab belgilanadi: yuvintirishdi – birgalik nisbat; yuvintirildi – majhul nisbat.

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish