Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Download 16,37 Mb.
bet60/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

So`z yasash asoslari

So`zshakl tarkibida leksik ma'no anglatuvchi qism bilan grammatik ma'no bildiruvchi qism farqlanadi. So`zshaklning leksik ma'no bildiruvchi qismi leksema deyiladi. Leksema grammatik ma'no ifodalovchi qism, shuningdek, so`z yasovchi qo`shilishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Leksik ma'no so`zning real mundarijasidir (predmet, belgi, harakat tushunchalarini ifodalash, emotsiyalarni bildirishi…); grammatik ma'no shu asosiy ma'noga orttirilgan qo`shimcha, yo`ldosh ma'nolar (son, shaxs, kelishik, zamon, mayl, harakatning bo`lishli-bo`lishsizligi kabilar). Bular leksik ma'noni konkretlashtiradi, uning shaklan belgilari, so`z orasidagi munosabatlarni ko`rsatadi.


So`zning leksik ma'nosi o`zak - negizning o`zi bilan ifodalanadi, shuning uchun u so`zning asl ma'nosidir, u so`zdagi material qismning ma'nosi orqali ifodalanadi. So`zning leksik ma'nosi (qo`zi, o`tla) shu so`zning o`ziga xos - konkret - individual ma'nosi bo`lib, grammatik ma'nosi (qo`shimcha ma'no) bir so`zga, shu so`zning o`zigagina xos bo`lmay, bir qator o`xshash so`zlarga umumiydir: leksik ma'no xususiylik, maxsuslik xarakterida bo`lib (bu ma'no shu so`zning hamma shakli uchun doimiy ma'nodir), grammatik ma'no umumiylik xarakteriga egadir.
Grammatik ma'noni ifodalovchi vositalar so`z shaklini hosil qiladi (bu bir so`zning turli formalari -grammatik formalari), bular grammatikaning o`rganish ob`ektidir. So`z tarkibidagi morfemalarni to`g`ri ajratish, yasash asosining va yasovchi vositaning tarkibini, chegarasini to`g`ri hisobga olish katta ahamiyatga ega. Masalan, gulchilik, paxtachilik, baliqchilik kabi yasama leksemalarda gulchi, paxtachi, baliqchi leksemalari yasash asosi hisoblanadi, ko`pchilik, ozchilik, dehqonchilik kabilarda esa ko`p, oz, dehqon so`zlari leksemadir.
Yasama leksema tuzilishiga ko`ra sodda va qo`shma bo`ladi. Sodda leksema tub leksemaga leksema yasovchi affiks qo`shilishi bilan yasaladi: bolalik, ishla, darslik, terimchi, sportchi kabi. Qo`shma leksema ikki va undan ortiq leksemaning qo`shilishidan hosil bo`ladi: Mirzacho`l, anjirshaftoli, ko`ksulton, yurtboshi, qo`ziqorin, karnaygul, gultojixo`roz, otashkurak kabi.
Leksika doimiy harakatda bo`lib, uning rivojlanishi, boyish jarayoni turli-tuman yo`llar orqali amalga oshadi. So`z yasash turli vositalar, har xil usullar orqali yangi so`z yaratish - tilning hamma sohalari bilan bog`langan hodisadir. Bu jarayonni - yangi so`zlarning qanday yasalishi mumkinligini, bu yasashning qanday tiplar, modellari, vositalari borligini, yasalish texnikasini, yasalmalarning xillarini, strukturasini tilshunoslik fanining so`z yasalishi bo`limi tekshiradi. Yangi so`z, odatda, tildagi bor materiallardan hosil qilinadi. Masalan, eritma so`zi erit (eri+t) va -ma (so`z yasovchi, qaynatma, isitma kabi) elementlaridan so`z yasashning ma'lum modeli asosida kelib chiqqan. Demak, buning yangi so`zligi ma'lum ma'noda nisbiydir: materiali va modeli avvaldan ma'lum, lekin hosil bo`lgani yangidir (umuman tilda yangi so`z uchramaydi hisob).
So`z yasash usuli tushunchasi so`z yasash bo`limining asosiy tushunchalaridan biridir. Uning mohiyatini to`g`ri anglamasdan, avvalo, so`z yasashning qanday usuli yoki usullari borligini aniq belgilab bo`lmaydi.
O`zbek tili so`z yasalishi haqida fikr yuritilgan ishlarda so`z yasalishining bir necha usuli qand etiladi. E`tibor berilsa: …O`zbek tilida so`z yasashning vositalari har xil bo`lib, ularning tiplari shunday ko`rinishlarga ega: morfologik tip (so`z yasashning morfologik yo`li), leksik-semantik tip (so`z yasashning leksik semantik yo`li), morfologik-sintaktik tip (so`z yasashning morfologik-sintaktik yo`li), fonetik tip (so`z yasashning fonetik yo`li).
Demak, so`z yasash 1. Grammatik so`z yasash (affiks yordamida so`z yasash-affiksatsiya, so`z qo`shish yo`li bilan so`z yasash-kompozitsiya, so`zni bir leksik-grammatik kategoriyadan boshqa turkumga ko`chirish, kategorial ko`chish yo`li bilan yasash-konversiya). 2. Leksik-semantik so`z yasash (ma`no o`zgarishi orqali yangi s`ozning hosil bo`lishi). 3. Fonetik so`z yasash (fonetik vositalar- har xil fonetik o`zgarishlar yordami bilan yasash) tusida bo`ladi. Hamma tipdagi so`z yasalish umumiy belgi yangi leksema hosil qilishdir.
So`z yasash deganda, ma`lum bir lug`aviy birlikdan so`z yasovchi vosita yordamida yangi so`z hosil qilish tushuniladi. Masalan, bilim so`zi, bil so`ziga –(i)m qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilingan. Demak, bu usul-qo`shimcha qo`shish usuli. Har qanday yasama so`z ana shunday tarkibiy qismdan –so`z yasalish asosi va so`z yasovchidan iborat tarkibiy qismdan iborat bo`ladi. Shunday qismlarni biriktirib, so`z hosil qilish so`z yasash usulini belgilaydi.
So`z yasash hodisasi va usuli shunday tushunilganda so`z yasash usuli deb ta`riflanayotgan usullarning ko`pchiligi so`z yasash usuli emasligi ma`lum bo`lib qoladi.
Grammatika (yunoncha grammatike - yozish san'ati) so`z va gap qurilishi, gapda so`zlarning bog`lanishi haqidagi fandir. Grammatika termini tilshunoslikda ikki ma'noda qo`llanadi. U, avvalo, til qurilishining tarkibiy qismi bo`lgan grammatik tuzilishni anglatadi. Ayni paytda, shu grammatik qurilishga xos qonuniyatlarni ilmiy asosda o`rganadigan fanning nomini ham bildiradi. Har bir tilning o`ziga xos xususiyatlarini uning fonetik, leksik va grammatik strukturalari aks ettiradi. Bu strukturalarning hammasi bir butun sistemani hosil qiladi, demak, tilning grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi va leksik sistemasi bilan bog`liqdir: tilning o`zaro bo`g`langan bo`laklarning yaxlitligidan iborat bo`lishi grammatikaning fonetika va leksikologiya bilan aloqador ekanligini anglatib turadi. Tabiiyki, tilning hamma tomonlari o`zaro bog`langan, o`zaro shartlangan bo`lib, grammatik qurilish til sistemasining bir qismidir.
Grammatika so`zlarni shakllantiradi, biriktiradi, ularning fikr anglatish vositasi sistemasidagi vazifasini yuzaga chiqaradi. Har bir tilning grammatik qurilishi ma'lum normalarga, qonun-qoidalarga ega. Tilning grammatik qurilishi uning muhim struktura belgilaridan biridir. Grammatik qurilish kishi abstrakt fikrlash faoliyatining juda katta tajribalari, natijalarining umumlashmasidan iborat. Grammatik qurilishning muhim belgilaridan biri uning asta-sekinlik bilan o`zgarishi, o`z qoidalarini takomillashtira borishi bo`lib, bu hodisani tarixiy grammatika o`rganadi.
Har bir til o`z grammatik qurilishiga ega, u bir necha asrlar davomida tashkil topgan bo`lib, tilning barcha dialektlaridan tortib, uning qayta ishlangan yuqori shakli - adabiy til uchun ham umumiydir. Grammatik qurilishni o`rganuvchi fan sifatida grammatika ham yagona umumxalq tili me'yorini yaratish va uni tartibga solishga yordam beradi. Grammatik qonuniyatlar maxsus ifoda vositalariga ega, ular grammatik morfemalar, yordamchi so`zlar, intonatsiya, so`z tartibi kabi vositalar orqali ifodalanadi.
Grammatik vositalar mavhum umumiy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi. Grammatik vositalar yig`indisi, ularning o`zaro munosabati esa tilning grammatik qurilishini tashkil qiladi. Grammatik qonuniyatlar umumlashtiruvchilik xususiyatiga ega. Chunki grammatik qoidalar alohida, yakka olingan so`z yoki gaplar asosida yuzaga kelmaydi, balki so`z va gaplarda mavjud bo`lgan umumiy hodisalarni o`rganish orqali hosil bo`ladi. M a s a l a n, keldi, yozdi, yugurdi, kuldi, ishladi, qaridi, uxladi kabi so`zlarning har qaysisi o`zining alohida leksik ma'nosiga ega. Bu ma'nolar leksikologiyada tekshiriladi.
Grammatika esa shu so`zlarning hammasi uchun umumiy bo`lgan harakat va holat bildirish hodisasini o`rganadi va ularni bir kategoriyaga birlashtiradi. Fe'lning shaxs-son affiksi bilan o`zgarishi uning muhim xususiyatlaridan biridir. Tilda mavjud bo`lgan harakat - holat bildiruvchi barcha so`zlarning shu xususiyatini umumlashtirish asosida fe'lning shaxs-son kategoriyasi haqidagi qoidalar yuzaga keladi. Men keldim, sen kelding. Bu esa grammatik umumlashtirish, grammatik abstraksiya qilishdir. Otning kelishik shakllari bilan turlanishi boshqacha xususiyatga ega bo`lgan ikkinchi xil grammatik abstraksiyadir. Masalan, shahar, uy, bola, maktab, kitob, gul kabi so`zlar boshqa-boshqa ma'no anglatishidan qat'i nazar, tildagi boshqa otlar singari kelishiklar bilan turlanadi: shahar, shaharning, shaharni, shaharga kabilar. Demak, ma'lum grammatik konstruksiyalarning ma'no va xarakteri aniqlanganda, bu ma'noning faqat umumiylik, abstraktlik xususiyatiga e'tibor beriladi. Chunki tilda hamma vaqt abstraksiya, umumiylik mavjuddir.

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish