Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi


-ma`ruza. Derivatologiya va Morfologiya. Grammatik qonuniyatlar. Grammatik ma’no. Grammatik shakl. Grammatik kategoriyalar



Download 16,37 Mb.
bet59/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

2-ma`ruza. Derivatologiya va Morfologiya. Grammatik qonuniyatlar. Grammatik ma’no. Grammatik shakl. Grammatik kategoriyalar.


Reja

  • Tarixiy va sinxron derivatsiya.

  • So`z yasash qolipi haqida.

  • So'z yasalishida affikslarning o'rni,

  • So'z yasash asoslari.

  • So'z yasalish strukturasi.

  • So'z yasash asoslari.

  • Tub va yasama leksemalar.

  • So'zshaklda leksik ma'no va grammatik ma'no.

  • So'z hosil qilish usullari.

  • Tilning grammatik qurilishi

  • grammatika va uning vazifasi.

  • grammatik qonuniyatlar

  • grammatikaning tarkibiy qismlari

  • grammatika va milliylik, milliy mafkura

  • grammatik shakl va grammatik ma`no

  • grammatik kategoriyalar.


O`zbek tili so`z yasalishiga oid asosiy tushunchalar quyidagilar: 1) so`z yasash, ya`ni so`z yasalishi, 2) so`z yasash usuli, 3) yasama so`zning tarkibi, 4) so`z yasalish asosi, 5) so`z yasovchi, 6) so`z yasalish ma`nosi, 7) so`z yasalish tipi, 8) so`z yasalish imkoniyati.
Umuman olganda, so`z yasalishi sof nutqiy hodisa bo`lib, u nutqiy jarayon hisoblanadi. U derivatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Biroq uning lisoniy asosi bor. Shu sababli lison va nutqqa birdek daxldor.
Yuqorida ta`kidlanganidek, so`z yasalishi lingvistik termin sifatida ikki ma`noli:

  • So`z yasash jarayoni atamasi;

  • Ushbu jarayonni o`rganuvchi soha.

So`z yasash deganda qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilish tushunilavermaydi. Masalan, yangi ma`no kasb etish natijasida yangi so`z paydo bo`lishi mumkin. Deylik, ishbilarmon so`zi yangi ma`no kasb etdi. Biroq bu yerda yangi so`z yasalishi yo`q. Demak, so`z yasalishi, yasama va yangi ma`no kasb etgan so`zlarning leksemalashuvi hodisasini farqlash lozim.
Derevatsiya ham til taraqqiyoti natijasida tarixiylik va zamonaviylikka daxldor bo`ladi. Shu boisdan tarixiy va sinxron derevatsiyani farqlash lozim.
Tarixiy va sinxron derevatsiya. Hozirgi derevatsiyada yasama so`z bilan sinxron so`z yasash qolip orasida aloqa mavjud bo`lib, qolipning shakily va mazmuniy tomoni hosila so`zda o`z izini qoldirgan bo`ladi. Masalan, kitobchi yasama so`zida shu soha bilan shug`ullanuvchi shaxs oti tushuniladi. Ushbu qolipdagi tenglik alomatining chap (shakliy) va o`ng (mazmuniy) tomoni izlari yaqqol ko`rinib turibdi.
Tarixiy derevatsiyada yasama so`zning ma`nosi va shakliga mos qolip mavjud bo`lmaydi. Bu maxsus tekshirish natijasida aniqlanadi. Masalan, qishloq, ovloq so`zlarining ma`nosini ularni tashkil etuvchi va derevatsion qolipi asosida chiqarib bo`lmaydi. Chunki, ular tarixiy yasamalardir. Masalan, qorovul, yasovul, silliq so`zlarida ham shu hol kuzatiladi.
So`z yasash (derevatsion) qolipi haqida. Har qanday yasama so`z so`z yasash qolipi asosida hosil qilinadi. Hosila lisoniylashib, o`z qolipidan uzilib ketsa ham, unda bilinar-bilinmas qolip bilan (agar qolip yasovchan bo`lsa) bog`lanish baribir saqlanib qoladi.
So`z yasash qolipi ikki uzvdan iborat bo`ladi:

  1. Qolipning shakily tomoni;

  2. Qolipning mazmuniy tomoni.

Yasama so`zda ana shu ikki jihat voqelanadi. Yasalma shaklan va mazmunan ana shu qolipga muvofiq kelsa, unga shu qolip hosilasi sifatida qarash mumkin. Masalan, kitobchi so`zida mazkur qolipning izi bor. Lekin xabarchi so`zida qolipning mazmuniy tomoni aks etmagan. Demak, leksema bu qolip mahsuli emas.
So`z yasash qolipining shakily tomoni ikki qismdan tashkil topadi: yasovchi asos va yasovchi vosita. Masalan, ot+ch - shu ot bilan shug`ullanuvchi shaxs oti qolipining shakily qismi bo`lgan (ot+chi)ning ot qismi asos –chi qismi esa yasovchi vosita.
Qolipning yasovchi asosi, albatta, mustaqil so`z, yasovchi vosita qismi esa so`z ham, qo`shimcha ham bo`lishi mumkin. Masalan, qo`shma, juft so`z yasash qoliplarida asos ham, vosita ham so`z.
So`z yasalishi mustaqil lingvistik soha bo`lib, u so`zlarning yasalishini, yangi so`z hosil qilishning qonun-qoidalarini, modellarini, vositalarini, shu bilan bog`liq holda so`zlarning strukturasini tekshiradi. Demak, bu sohaning ob`ekti so`zdir.
So`z yasalishi sinxronik aspektga tayanadi. Bunda til taraqqiyotining ma'lum bir davri ko`zda tutiladi. Til hodisalarini tekshirishda sinxroniya va diaxroniya o`zaro munosabatda, bular biri boshqasini tamoman rad etmaydi, ular orasida keskin uzilish yo`q. Sinxroniya va diaxroniya til mavjudligi va taraqqiyotining ikki formasidir. "Hodisalardagi statika ulardagi dinamikaning xususiy ko`rinishidir" (Boduen dye Kurtene). Ma'lum izchillikka ega bo`lgan qonuniyatlarni aniqlashda sinxroniyaga qarab ish tutiladi - bunday hollarda diaxroniyaning ham qo`llanishi normalar belgilash imkoniyatini yo`qotadi. Masalan, o`tloq, o`tzor, toshloq, qumloq, qishloq, ovloq so`zlari shakliy ko`rinishida struktura jihatidan o`xshash, ammo qishloq, ovloq so`zlari morfemalarga ajratilmaydi.
Morfemalar vazifasiga ko`ra so`z yasalishiga ham, so`z o`zgarishiga ham aloqador. Affikslarning so`z yasovchi affikslar (derivatsion affikslar, bunday so`z yasash usuli derivatologiya deyiladi.) va so`z o`zgartiruvchilar (relyatsion affikslar) tusidagi tasnif shu holatga asoslanadi. Bu hodisa so`z yasalishi (affiksal) bilan paradigmatika orasida shaklan o`xshashlik borligini ko`rsatadi. Masalan, temir+chi affiks orqali so`z yasash, temir+ni affiks orqali shakl yasash.
Har bir yasalmaning asosida boshqa bir so`z yotadi ("falon so`z falon so`zdan yasalgan") va bu yasash ma'lum modelga ko`ra biror yo`l, usul bilan yuzaga kelgan bo`ladi. Demak, har bir yasalishda ikki elementning munosabati bor: yasashga asos bo`lgan so`z va yasalib chiqqan so`z (yasashga asos bo`lgan element mustaqil holda ayrim so`z, lekin yasalmaga asos bo`lgach - undan yangi so`z yasalgach, so`zning qismi: o`zak yoki negiz). Yasalmadagi bu ikki element tashqi va ichki tomonlardan o`zaro munosabatda bo`ladi. So`z yasalishining, yasama so`zning, binarlik (ikki qismdan iborat bo`lishi) holati, binar oppozitsiyasi tusida bo`lishi, unda ikki elementning aloqador ekanligini ko`rsatadi: yasama so`z (mahsul) va uning yasovchisi (yasalishiga asos bo`lgan element). Masalan, sutchi (sutchi so`zi sut so`zidan yasalgan, -chi morfemasi yasovchi affiks bo`lib, yasashning vositasi bo`lib kelgan). Binar konstruksiyadagi bu qismlar bir xil o`zakli, bir o`zakdan bo`ladi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, so`zning ma'nosi uning tarkibidagi qismlarning semantik xususiyatlari bilan bog`liq degan fikr hamma vaqt ham shu qismlarning ma'nosi yig`ilib, o`sha so`zning ma'nosini hosil qiladi, shunga teng bo`ladi, degan mazmunni anglatavermaydi. Bunda ikki holat bor: 1) yasalmaning ma'nosi ko`pincha, qismlarning ma'nosidan tug`iladi (suvoq, suvoqchi, suvoqchilik kabilar); 2) yasalmaning ma'nosi ko`pincha qismlarning ma'no yig`indisidan boshqacha bo`ladi. Masalan, andavalamoq (andava-la) so`zining xas - po`shlash ma'nosi qismlarining asl ma'nosidan boshqa: bunda idiomativlik bor (bu hodisa yasovchi so`zda yo`q). Yana: qo`lqop, qop kabilar.
Umuman, so`z yasalish sistemasi morfemika bilan uzviy bog`langan. Chunki so`zning ma'noli qismlari - morfemalar (o`zak morfema va affiksal morfema) tilda yangi so`z hosil qilishning eng muhim elementlari hisoblanadi.
So`z yasalish strukturasi.
Til lug`at tarkibining yangi yasalgan so`zlar hisobiga boyib borishi so`z ma'nosining o`zgarishi, uni boshqa ma'noda ishlatish yo`li bilan yangi so`z hosil qilish - bular so`z yasalishining leksikologiya bilan aloqadorligini ko`rsatadi. Grammatika esa, so`z yasash jarayonini boshqaradi, yangi yasalgan so`zlarning qaysi so`z turkumiga tegishli ekanini belgilaydi.
Har bir turkum doirasida so`z yasashning shakl yasash bilan aloqada ekanligi kuzatiladi. So`z yasalishi va shakl yasalishida ko`pincha bir xil yoki bir-biriga yaqin affikslarning ishlatilishi so`z yasalishi bo`limining bevosita morfologiya bilan bog`langanligini ko`rsatadi. Har bir yasalmada ikki narsa - yasash asosi va yasovchi vosita mavjud bo`ladi. Masalan, bilim, hozirgi, yaxshilik so`zlarida bil, hozir, yaxshi qismi yasash asosi bo`lib, -im, -gi, -lik qismlari yasash vositasidir. So`z qo`shish orqali hosil bo`lgan so`zlarda esa ikki va undan ortiq yasovchi asos qatnashadi. Bu xil yangi so`zning ma'nosi bir holatda yasovchi asos vazifasida kelgan qismlari ma'nosiga asoslanadi, shularnnig birlashuvidan kelib chiqadi: oqqush, tokqaychi, molboqar, asalari, temiryo`l, belbog`, ko`zoynak kabilar.
Ikkinchi holatda esa, bunday so`zning ma'nosi uning yasovchi asos vazifasidagi qismlari ma'nosidan kelib chiqmaydi, balki har ikki qismning qo`shilishi natijasida ularning ma'nosidan farq qiladigan yangi ma'no ifodalanadi: oshqozon, tomorqa, qizilishton, bo`rikalla kabilar.
So`z yasalishi tarkibi so`zning morfema tarkibidan ham, so`zning morfologik tarkibidan ham farq qiladi. So`zning morfema tarkibida har bir ma'noli qism-morfema ajratiladi. Masalan, bilimdon so`zi uch morfemaga bo`linadi: bil-im-don. So`z yasalish tarkibida esa bu so`z yasash asosi va yasovchi affiks nuqtai nazaridan bilim/don tarzida ikki qismga ajratiladi. Shuningdek, bilimdonlik so`zi morfemalarga bil-im-don-lik tarzida ajratilsa, so`z yasalishda esa bilimdon-lik tarzida ajratiladi. So`zning morfologik tarkibida asosan shakl yasash asosi va yasovchi vosita aniqlanadi. So`z yasash tarkibida esa so`z yasash asosi va so`z yasovchi affiks ajratiladi. Masalan, adabiyotshunoslikdan so`zida adabiyotshunos - so`z yasash asosi - lik - yasovchi affiks; adabiyotshunoslik shakl yasash asosi -dan -yasovchi affiks. Demak, so`z yasalish tarkibida so`zning leksik ma'no anglatadigan qismi, so`zning morfologik tarkibida esa grammatik ma'no ifodalovchi qismi tahlil qilinadi.

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish