Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Download 16,37 Mb.
bet56/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

Prefikslar. Affikslar o`zbek tilida suffiks xarakteridadir: ular o`zak ketiga qo`shiladi, ammo antifashist, demobizatsiya singari anti, de kabi prefikslar bor (ular o`zga tillardan o`zlashgan: bevaqt, behavo, nomard). Qopqora, kapkatta kabi so`zlarnig bosh qismi (qop, kap) prefiks emas.
Affiksoidlar. Affikslarning paydo bo`lishida ba`zi so`zlar affiks vazifasini bajarib, morfemaga yaqinlasha boshlagan bo`lsa ham, hali to`lasincha affiksga aylanib yetmagan bo`ladi. Bular afffiksoid sanaladi. Masalan, Bu uyda to`rt xona bor. Biz ishxonaga bordik. Xona elementi o`rni bilan so`z bo`lib qo`llanadi, o`rni bilan affiks bo`lib ham qo`llanadi. U bir o`rinda o`zak morfema, boshqa o`rinda affiks: molxona, muzxona. Jon elementi ham shunday: jonim otam-otajonim, jon qizlar-qizlarjon, jon bolam-jonim bolam, bolajonim-jonginam-bolajonginam kabi. Affiksoidlarda soz-affiks, affiks-so`zdir.
Affiksal morfemalar funksional-semantik xususiyatiga ko`ra 2 guruhga bo`linadi: 1) so`z yasovchilar; 2) shakl yasovchilar.
So`z yasovchi affikslar so`zlarga qo`shilib, yangi so`z hosil qiladi. Yangi so`z yangi lug`aviy va grammatik ma'nolarga ega bo`ladi. Masalan, paxta leksemasi -chi affiksini olib, paxtachi so`zi vujudga keladi. Yangi luqaviy ma'no yangi grammatik ma'noni ham vujudga keltirdi: narsa-buyum oti shaxs otiga aylandi. Shu bilan birgalikda, yangi so`zning valentlik imkoniyatlari ham asos so`znikidan keskin farqlanadigan holga keladi.
Shakl yasovchi affikslar asosiy xususiyatlariga ko`ra uchga ajraladi: 1) lug`aviy shakl qosil qiluvchilar; 2) sintaktik shakl hosil qiluvchilar.
Lug`aviy shakl hosil qiluvchi affikslar leksema lug`aviy ma'nosini nutqqa moslashtirish vazifasini bajaradi. Masalan, kitob leksemasining sememasida birlik va ko`plik ma'nolari noma'lum. Son lug`aviy shakl hosil qiluvchisi bo`lgan -lar uni ko`plik tomon muayyanlashtiradi.
Sintaktik shakl hosil qiluvchi affikslar so`zlarning sintaktik qurilmalardagi o`rnini belgilaydi. Masalan, kesimlik kategoriyasi so`zlarga kesimlik mavqeini beradi. Kesimning ega va hol bilan sintaktik aloqasini ta'minlaydi. Kelishik morfemalari oldingi mustaqil so`zni keyingi, egalik qo`shimchalari esa keyingi mustaqil so`zni oldingisiga bog`lash vazifasini bajaradi.
Affikslarning struktural tasnifi. Affikslar tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab turlarga bo`linadi.
Sodda affikslar tarixan qanday bo`lganligidan qat'i nazar ajralmas, yaxlit, bir tarkibli affikslardir: -lar, -roq, -chi, -niki, -sin, -di, -gach;
Murakkab affikslar aslida mustaqil morfemalarning ma'lum funksiya bajarish maqsadida birlashgan holda qo`llanishidir: odamgarchilik, uygacha, xafachilik, chorvachilik, borganda.
Affikslarning shakl va ma'no munosabatiga ko`ra turlari. So`zlarda bo`lgani kabi affikslarda ham shakl va ma'no munosabati barqarordir.
Affiksal polisemiya. Affiksal polisemiya juda keng tarqalgan. Bu affikslarning polifunksionalligiga bog`liqdir. Misol sifatida -chilik affiksini olaylik. Darslik va qo`llanmalarda uning quyidagi uch ma'nosi farqlanadi:
1. Asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan sohani ifodalovchi ot: paxtachilik, urug`chilik, chorvachilik, uzumchilik.
2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini bildiruvchi ot: pishiqchilik, mo`lchilik, arzonchilik.
3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog`liq bo`lgan ishni bildiruvchi ot: ulfatchilik, tirikchilik, dushmanchilik.
Aksariyat affikslar polisemik tabiatlidir.
Affiksal omonimiya. Shakldosh affikslar omonim affikslar deyiladi. Shakldoshlik bir tur affikslar orasida ham, turli affikslar orasida ham bo`lishi mumkin.
1.So`z yasovchi affikslarda omonimiya:
-ki I: turtki, tepki, ko`chki (ot yasovchi).
-ki II: ichki, kechki, ustki (sifat yasaydi).
2. Shakl yasovchi affikslarda omonimiya:
-(i)sh I: borish (bormoq), kelish(kelmoq), ketish(ketmoq) (harakat nomi shakli).
-(i)sh II: (birga) yuvish, (birga) tarash, (birga) ishlash (birgalik nisbat shakli).
3. So`z yasovchi va shakl yasovchilar omonimiyasi:
-(i)m I: yig`im, terim, siqim (ot yasovchi ).
-(i)m II: uyim, kitobim, soatim (egalik).
Affiksal sinonimiya. Barcha tur affikslar ma'nodoshlik munosabatida bo`ladi.
Derivatsion sinonimya. Derivatsion morfemaning bir-biriga yaqin ma`noni ifodalashi derivatsion sinonimiya deyiladi. Masalan, Sifat yasovchi -li, -dor, ser-, ba- morfemalari o`zaro sinonim: savlatli, savlatdor, sersavlat, basavlat kabi.
Ma`nodoshlik morfemalararo to`liq emas, balki ayrim ma`no qirralari orasida bo`ladi. Ya`ni bir morfema ikkinchi morfema bilan barcha ma`nolari orasida sinonim bo`la olmaydi.
Bugungi kunda derivatsion sinonimiya va derivatsion darajalanishni farqlash tilshunosligimizda tadqiqini kutayotgan muammolardan. Shvetsariyalik olim F.de Sossyur til birliklari o`zaro assosiativ munosabatda bo`lishini ta`kidlagan. (Lotincha association-birlashuv). Haqiqatda, til birliklari turli belgi-xususiyatlari asosida o`zari birlashadi, biri ikkinchisini eslatadi, munosabat hosil qiladi. Daniyalik tilshinos L.Yelmslev assosiativ munosabat terminini paradigmatik munosabat terminiga almashtirdi (Yunoncha paradigma - «namuna»). Aslida assosiativ munosabat termini paradigmatik munosabat terminidan ko`ra keng tushunchani anglatadi, paradigmatik munosabat assosiativ munosabatlarning bir ko`rinishiga teng. Til ko`rinishining tizim ekanligi paradigmatik munosabatlarda yaqqol namoyon bo`ladi. Paradigma deb til birliklariningh o`zaro umumiy semasiga ko`ra birlashadigan va farqli semasiga ko`ra o`zaro zid munosabat hosil qilib turadigan tizimga aytiladi. Morfem paradigma deb shunday hodisaning morfemalardagi ko`rinishiga aytiladi.
Morfem paradigma kamida ikki morfemadan iborat bo`ladi, bu morfemalar o`zaro umumiy (integral) semasi asosida birlashib, farqli (differensial) semasi bilan zidlangan holatda yaxlit bir tizimni tashkil etadi; leksemashakl tarkibida ayni bir o`rinni (pozitsiyani) egallab, ma`lum talabga ko`ra birini ikkisiga almashtirib ishlatiladi. Masalan ot leksemalarga xos grammatik son morfemalari paradigmasi ikki a`zoli: ko`plik ma`nosini ifodalovchi –lar morfemasidan va unga zidlanib belgilanaigan «birlik» ma`nosini ifodalovchi morfemadan iborat. Bu yerda «birlik» birlik ma`nosini ifodalovchi morfema fonema ifodasiga ega emas, shunga ko`ra nol ko`rsatkichli morfema deyiladi. Shakl hosil qiluvchi morfemalarda turli-tuman paradigmalar mavjud.
So`z yasovchilar sinonimiyasi. So`z yasovchi affikslarning bir-biriga yaqin ma'nolarni ifodalashi yasovchilar sinonimiyasi deyiladi. Masalan, sifat yasovchi -li,-dor, ser-, ba- morfemalari o`zaro sinonim: savlatli, savlatdor, sersavlat, basavlat kabi. Biroq ma'nodoshlik so`z yasovchilarda to`liq emas, balki ayrim ma'no qirralari orasidadir. Ya'ni bir affiks ikkinchi affiks bilan barcha ma'nolari asosida sinonim bo`la olmaydi.
Shakl yasovchilar sinonimiyasi. Nonni yeng - nondan yeng, uyga junamoq - uy tomon jo`namoq kabi hodisalarda ma'nodoshlik mavjud.
Affiksal antonimiya. Affiksal antonimiya faqat so`z yasovchi affikslar orasidagina mavjuddir. Unga misol sifatida -la va -siz affikslarini keltirish mumkin: andishali-andishasiz, barakali-bebaraka, baxtli-baxtsiz.
Affikslarda variantlilik. Morfema nutqda turli variantlarga ega bo`ladi. Misol sifatida qaratqich kelishigi invariant shaklining variantlarini kuzataylik:
a) poetik variant: bog`in mevasi;
b) tarixiy variant: manim;
v) dialektal variant: kitobting;
g) fonetik variant: bening.
Kelishik paradigmasiga kirish huquqiga faqat invariant shaklgina ega.

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish