Konsentratsiya, %
|
Zichlik, g/sm3
|
Konsentratsiya, %
|
1.013
|
2
|
1.0012
|
2
|
1.020
|
3
|
1.0026
|
3
|
1.027
|
4
|
1.0041
|
4
|
1.034
|
5
|
1.0055
|
5
|
1.041
|
6
|
1.0069
|
6
|
1.049
|
7
|
1.0084
|
7
|
1.056
|
8
|
1.0098
|
8
|
27-jadval
Olingan natijalar quyidagi jadvalga kiritiladi:
№
|
Eritma turi
|
Eritmaning zichlik ko‘rsatkichi, kg/m3
|
Konsentratsiyasi (quyuqligi), %
|
1
|
|
|
|
2
|
|
|
|
3
|
|
|
|
4
|
|
|
|
Nazorat savollari:
1. Eritma zichlik deb nimaga aytiladi?
2. Eritma zichligining birligi nimada ifodalaniladi?
3. Eritma zichligini aniqlashda qaysi moslamadan foydalaniladi?
4. Eritma zichligining aniqlash prinsipi qaysi qonunga asoslangan?
5. Eritma zichligini aniqlash qaysi haroratda amalga oshiriladi?
6. Eritma zichligini aniqlash yo‘li orqali eritmaning konsentratsiyasi qanday aniqlaniladi?
7. Eritma zichligini aniqlash uslubiyotini izohlang?
24-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Tuzli va marinadli eritmaning umumiy kislotaligini aniqlash
Asosiy maqsad: Tuzli va marinadli eritmalarning umumiy kislotaligini aniqlash usullarini o‘rganish.
Vazifalar: Tuzli va marinadli eritmalarning umumiy kislotaligini aniqlash usuli orqali, ularning saqlash jarayonida o‘rnini belgilash.
Nazariy tushuncha: Eritmaning umumiy kislotaligi deb mahsulot tarkibidagi barcha nordon tarkibiy qismlarning ishqor yordamida titrlangan yig‘indisiga aytiladi. Mahsulotning kislotaligi uning sifatini, saqlash va qayta ishlash texnologiyasini belgilaydi. Umumiy kislotalikni aniqlash ikki usulda: potensiometrik va vizual usulda amalga oshirilishi mumkin. Mahsulot tarkibidagi umumiy kislotalikni aniqlash, indikator huzurida ishqor bilan neytrallashga asoslangan.
Zaruriy ashyolar: tuzli eritma, marinadli eritma.
Kimyoviy moddalar: NaOH ning 0,1 n.li eritmasi, fenolftaleinning 1% li spirtli eritmasi, distillangan suv.
Vosita, jihoz, qurilma: kolba, kimyoviy stakan, pipetka, lakmus qog‘oz,
Ishni bajarish uslubiyoti: Tuzli yoki marinadli eritma namunasida 50 g miqdorida olinib, u suv bilan aralashtirilib, 250 sm3 li o‘lchov kolbasiga solinadi. So‘ngra uning ustiga suv qo‘shilib, aralashma sathi belgilangan chiziqqacha ko‘tariladi hamda aralashtiriladi. Aralashma filtr qog‘oz yordamida filtrlanadi.
Kimyoviy sig‘imga 25 sm3 miqdorda filtratdan solinib, ustiga 2 ... 3 tomchi fenolftaleining 1 % li eritmasidan tomiziladi. So‘ngra ishqorning 0,1 eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash, eritmada 30 sekund davomida yo‘qolmaydigan pushti rang hosil bo‘lgunga qadar davom ettiriladi.
Rangli eritmalarda eritmaning neytrallanish nuqtasini bilish uchun lakmus qog‘ozidan foydalaniladi. YA’ni, ishqor tomizilganda lakmus qog‘ozi ta’sir ettirilib turadi. Eritma neytral muhitga ega bo‘lganda lakmus qog‘ozi ko‘k tusga kiradi.
Titrlash to‘xtatilgandan so‘ng, sarf etilgan ishqor miqdori aniqlaniladi.
Eritma kislotaligini foiz miqdorida aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
;
bu yerda: V – titrlash uchun sarf bo‘lgan ishqor miqdori, sm3; С – titrlashga sarf bo‘lgan NaOH ishqorining molyar massasi, mol/dm3; m – namuna vazni, 50 g; М - molyar massa, g/mol: olma kislotasi uchun – 67,0; vino kislotasi uchun – 75,0; limon kislotasi uchun – 64,0; uksus kislotasi uchun – 60,0; shavel kislotasi uchun – 45,0; sut kislotasi uchun 90,1; V0 – namunaning suv bilan birgalikdagi hajmi, 250 sm3; V1 – titrlash uchun olingan filtrat hajmi, 25 sm3;
28-jadval
Olingan natijalar quyidagi jadvalga kiritiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |