Maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti maxsus pedagogika kafedrasi


I bob. Muammoni o‘rganish holati



Download 54,47 Kb.
bet2/11
Sana12.05.2023
Hajmi54,47 Kb.
#938053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jo\'lmurodova Xolida kurs ishi .

3
I bob. Muammoni o‘rganish holati.

1.1 Nutq – insonning muloqat, fikrlash va faoliyat jarayonida muhim psixik vazifani bajaradi. Nutq rivojlanishining orqada qolishi bolaning barcha psixologik faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar lozim bо‘ladi, bola psixik va somatik jixatdan sog‘lom bо‘lishi, normal eshitish va kо‘rishi shart. Yetarli darajada psixik faoliyatiga ega bо‘lishi, nutq muhiti sharoitida bо‘lishi lozim. Inson nutqi tushunarli harakatlar chiqarayotgan tovush yoki sо‘zlarni ifodalab bera oladigan harakatlar muhsulidir. Nutq bir tomondan inson ruhiyatini uning milliy asosdan kelib chiqqan holda har bir kishiga xos bо‘lgan xususiyatlarini oyna kabi о‘zida aks ettirsa, ikkinchi tomondan uning ruhiyatidagi og‘riq jihatlarini aks ettiradi.
Nutq – mustaqil jarayon sifatida artikulyatsiya va diksiyada namoyon bо‘ladi. Artikulyatsiya – bu harakatlar majmui bо‘lib, nutqning tashqi apparati va periferik nerv sistemasi yordamida ichki va tashqi harakatlar vujudga kelishi natijasida tovush, bо‘g‘in va sо‘zlar yuzaga keladi. Barcha artikulyatsion buzilishlar dizartrik buzilishlarga kiradi. Nutq tovushlari - talaffuz etiladigan soʻzning kichik, ayrim bir qismidir. Tovushni fonemadan farq qilmoq kerak. Fonema soʻz ma’nolarini ifodalash va farqlash uchun xizmat qiladigan nutq tovushidir. Fonemalar soni yagona umumhalq tili va uning shevalariga ko‘ra har xil boMishi ham mumkin. Masalan, o‘zbek tilida 6 ta unli tovush boMishiga qaramay, shu tilning ba’zi shevalarida unli fonemalar soni 6-7 dan tortib, 18 gacha bo‘ladi. Shuningdek , har bir tilning fonemalar sistemasi sifat va miqdor jihatidan bir xil emas: bir tilda fonemalar soni ko'proq, boshqasida esa ozroq bo‘lishi mumkin. Masalan, rus tilida 42, o'zbek tilida 29 fonema bor.

4
Tovush va Fonema


Mustaqil fonema bilan uning variantlari orasida mohiyat e ’tibori bilan olganda farq bor. Fonema variantlari unga yondosh tovushlar ta’sirida paydo bo'ladi.Masalan, “I” fonemasi (bildi, ichdi) turli variantlarda boʻladi. Tovushlarning ana shunday turlicha talaffuz etilishida hosil bo‘ladigan variantlar - kombinator variantlar deyiladi.Biror fonemaning variantlari uning o‘ziga qaraganda boshqacharoq eshitiladi.Ba’zan esa bu variantlar tinglovchiga yaqqol sezilmasligi yoki aniq eshitilmasligi ham mumkin.Fonemalaming akustik (tovushga oid) xususiyatlari ularning artikulyatsion xislatlari bilan belgilanadi.Hosil bo‘lish mexanizmlariga ko‘ra fonemalar unli va undoshlarga boʻlinadi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida unli fonemalar soni oltita( i, e, a,o, u, oʻ). Undosh fonemalar 23 ta.
Unlilar talaffuzida asosiy vazifani tovush boylamlari til va lablar bajaradi. Unli tovushlar talaffuzida lab har xil shaklda boʻladi. ya’ni u yoyiladi yoki burishib. cho'chchayadi.Unli tovushlarni talaffuz etishda o'tishdan hosil bo'ladi. Bular b. p. d, t. k, ch, q tovushlaridir.Undoshlardan ch, j tovushlari ham portlovchilar gruppasiga kiradi,ammo bular qorishiq (affrikativ) portlovchilar deyiladi.
O'zbekcha qorishiq ch va j undosh fonemalari mana bunday hosil boʻladi: tilning oldingi qismi milkka taqaladi, lekin odatdagi portlash yuz bermay, ogʻiz bo'shligiga kelgan havo asosan sirg‘alish natijasida qorishiq (ya’ni ikki xil usul ishtirokida) t-sh-ch, d-j-(dj) tovushlari hosil boʻladi.Sirg‘aluvchilar ikki artikulatsiya organining o'zaro jipslashmay, faqat bir qadar yaqinlashishi va havo oqimining ikki organ orasida ishqalanib - sirg‘alib chiqishi natijasida hosil boiadi. Bular: v, f, s, z, sh, j, x, h, gʻ tovushlaridir.
Portlovchi-sirg‘aluvchilarni talaffuz qilishda ham portlovchilarga xos bo‘lgan ochiqlik (burun yoki ochiqligi) ishtirok etadi. M, n, ng, l, r undoshlarining talaffuzi ana shunday boʻladi: “M” ni aytganimizda ikki lab jipslashsada, qisman ogʻizdan yarim portlab chiqadi; “N ” undoshini aytish vaqtida til uchi yuqori tishlar bilan milkka tegadi; “NG ”undoshining talaffuzida tilning orqa qismi tanglayga tegadi, ammo havo toʻla ravishda portlab chiqmaydi, chunki butun yoki ochiq boʻladi.
5
Yuqoridagi m, n, ng undoshlari burun tovushlari deyiladi, L undoshini aytish paytida
til uchi yuqoriga burilib, milkka tegadi, havo tilning ikki yonidan sirg‘alib oʻtadi.shuning uchun xam “l” tovushi yon undoshi deyiladi, "r” undoshining talaffuzida tilning oldingi qismi o ‘pkadan chiqqan havo toʻlqini ta’sirida tiravdi, shuning uchun “r” titroq undosh deyiladi.Oʻkzbek tili undoshlari ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra ikkiga boʻlnadi: 1) sonor va 2) shovqinli undoshlar. Sonor undoshlar “m”, “n”, “l”, “r”, “ng” ni talaffuz qilganimizda, tovush boylamlari aktiv ishtirok etadi, ya’ni paychalar titrab, ovoz hosil qiladi. Shuning uchun ham sonorlarda ovoz miqdori shovqinli undoshlardagidan ko‘proqdir. “Sonor” soʻzi lotincha boʻlib, ovozdor degan ma’noni bildiradi.Demak sonorlar unli tovushlarga yaqin turadi, lekin og‘iz boʻlishligʻida qisman shovqin ishtirokida paydo boʻlgandan sonorlarundosh hisoblanadi.Shovqinli undoshlar tovush boylamlarining qanchalik ishtiroki bilan hosil boʻliishiga koʻra jarangli va jarangsiz undoshlarga boʻlinadi.
Jarangli undoshlarni hosil qilishda tovush boylamlari taranglashadi va ular oʻrtasidagi tor oraliqdan chiqayotgan havo oqimi paychalarni biroz titratib oʻtadi. Masalan: b, v, z, d, j, g, gʻ y.Jarangsiz undosh tovushlarni hosil qilishda esa tovush boylamlari taranglashmaydi va ular oʻrtasidagi keng oraliqdan chiqayotgan havooqimi hech qanday to'siqqa uchramay. paychalarni titratmay oʻtadi. Tovush talaffuzini buzilishi bartaraf etishda logopedik taʼsir metodikasi
Noto‘g‘ri talaffuz nutq kamchiligi haqidagi birinchi ma’lumotlar qadimgi grek olimlari Plutarx, Gippokrat, Kladiya, Galen va boshqalarining ishlarida bayon qilindi. Yuqoridagi mualliflar noto‘g‘ri talaffuzni davolashni talab qiluvchi kasallik deb qaraydilar. Ularning fikricha, tovushlami noto‘g‘ri talaffuz qilish til, lab, qattiq va yumshoq tanglayning zararlanishi bilan bog‘iq deb ko‘rsatadilar.
Inson nutqi tovushlari muayyan ahamiyatga egadir. 4 - 5 yoshli bolalarning
ko‘pchiligida tovushlar talaffuzi til normadagiga yaqinlashgan bo‘ladi. Ayrim bolalar tovushlami buzib talaffuz etadilar. Ular bir tovushni ikkinchi tovushdan farq qila olmaydilar, ayrim tovushlami talaffuzda qo‘llay olmaydilar, yoki nutqda boshqa tovushlarga almashtiradilar. Bu holatlar dislaliya termini bilan ataluvchi nutq
6
buzilishining yuzaga kelishiga sabab boladi. Dislaliya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis - buzilish, lalia— nutq degan ma’noni anglatadi.
Ye.F. Rau m a’lumotiga ko‘ra, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar maktabgacha yoshdagi bolalarda 15 - 20% ni, kichik maktab yoshdagi bolalarda 5 — 7% ni tashkil etar ekan.0‘zbekistonda M. Ayupova ma’lumotiga ko‘ra 5 yoshli bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 41,5%, 6 yoshli bolalarda esa 22,9% ni tashkil etadi.M. Ayupova ma’lumoti bo‘yicha 5 yoshli bolalarda sirg‘aluvchi (s, z) 32,1%, shovqinlilar (sh, j) 38,4%, "r" tovushi talaffuzida 60,7%, til orqa tovushlari 25%, chuqur til orqa tovushlari (q, g‘) 7,1%, V tovushi 5,4% tashkil etgan.
Hozirgi vaqtda dislaliya nutq apparat inervatsiyasi saqlangan va eshitish
normada bo‘ganda tovushlar talaffuzidagi kamchilik deb talqin etiladi. Etiologik belgilarga ko‘ra dislaliya ikki shaklga bo‘linadi: mexanik (organik) va funksional dislaliya.

Download 54,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish