Maxsus ta’lim An’anaviy Avgust kengashlarini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar



Download 40,5 Kb.
Sana05.05.2017
Hajmi40,5 Kb.
#8292
Maxsus ta’lim

An’anaviy Avgust kengashlarini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar:

Sho‘ba yig‘ilishlarida aniq maqsad va vazifalarni qo‘yish zarurki, unda ishtirok etgan har bir o‘qituvchi va tarbiyachi faoliyatida uchragan muammolarga yechim topishi, yangi o‘quv yili vazifalarini belgilab olishi hamda kengash yig‘ilishining yakuniy tavsiya va qarorlari 2013-2014-o‘quv yili uchun tuziladigan ish rejasiga asos bo‘lishiga imkon yaralsin.

Maxsus ta’lim tizimida an’anaviy Avgust kengashlarining asosiy maqsadi DTS talablarini o‘zlashtirishda sifat va samaradorlikka erishish uchun maxsus maktab, maktab-internatlar va pedagog-tarbiyachilarning kelajakdagi vazifalarini aniq belgilab berish va yo‘naltirishdan iborat.

Asosiy vazifalari:

— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi “Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 256-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Jismoniy yoki psixologik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari(maktablar, maktab-internatlar) to‘g‘risida”gi Nizom asosida faoliyatni tashkil etish hamda istiqboldagi vazifalarni belgilab olishlarini ta’minlash;

— takomillashtirilgan o‘quv dasturlari borasidagi yangiliklar bilan tanishish, 2013-2014-o‘quv yilidan boshlab maxsus ta’limning uch yo‘nalishi bo‘yicha 32 nomdagi optimallashtirilgan o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish;

— dars va mashg‘ulotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda samaradorlikka erishish kabilar.

Maxsus ta’limda bir necha yo‘nalishlarda sho‘balar tashkil etiladi.

1-sho‘ba. Eshitish, ko‘rishida nuqsoni bor bolalar maktab-internatlari o‘qituvchi va tarbiyachilari sho‘basida:

— maxsus ta’lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan vazifalar;

— 2013-2014-o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv-reja va dasturlar bilan tanishtirish;

— ko‘zi ojiz bolalar maktablarida 1-sinfdan boshlab chet tili fanini o‘qitishda noan’anaviy usullardan foydalanish shakllari;

— mazkur yo‘nalishda Davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablari DTS va optimallashtirilgan o‘quv dasturiga moslashtirish ishlari olib borilgani, shu asnoda eshitishda nuqsoni bor bolalar uchun 14 nomda, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun 10 nomdagi moslashtirilgan o‘quv dasturlari bilan tanishtirish;

— yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish va ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish;

- internetdan foydalanib, zarur materiallar ola bilish va darsda foydalanish malakasini egallashga doir bilimlarga ega bo‘lish;

— o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini aniqlash mezonlari;

— ta’lim muassasasida pedagogik kengash, metod birlashmalar faoliyatini interfaol tarzda olib borish yo‘llari, tarbiyachilar ishini rejalashtirish masalalari;

— ta’lim jarayonida axborot-kommuni­katsiya texnologiyalaridan foydalanish omillari;

— imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli to‘garaklarga jalb qilish yo‘llari;

— eshitish qobiliyatini o‘stirish va talaffuzini shakllantirish, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mayda qo‘l motorikasi va teri tuyishni rivojlantirish mashg‘ulotlarida pedagogik texnologiya­larni qo‘llashda korreksion mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish usul va vositalari;

— o‘quvchilar ekologik madaniyatini va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘llari e’tiborga olinadi.

2-sho‘ba. Yordamchi maktablarning o‘qituvchi va tarbiyachilari sho‘basida:

— aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus ta’lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan vazifalar;

— ushbu yo‘nalishda Davlat ta’lim standartlari talablari va o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablari DTS va optimallashtirilgan o‘quv dasturiga mos­lashtirish ishlari olib borilganligi, shu asnoda 8 nomdagi moslashtirilgan o‘quv dasturlari bilan tanishish;

— maxsus ta’lim yo‘nalishidagi islohotlar, me’yoriy hujjatlar, xatlar, ko‘rsatmalar bilan tanishish;

— 2013-2014-o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv-reja va dasturlar bilan tanishtirish;

— yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish va ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish;

— yordamchi maktabda o‘quv fanlarini o‘qitishda noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish, logopedik mashg‘ulotlarda samarali pedagogik texnologiyalarni qo‘llash;

— yordamchi maktab o‘quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlash yo‘nalishlari;

— o‘quvchilar ekologik madaniyatini va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘llari.

3-sho‘ba. Mehribonlik uyi tarbiyachilari sho‘basida:

— mehribonlik uylarida oila-mahalla-maktab va jamoatchilik bilan hamkorlik yo‘llari;

— mehribonlik uyi tarbiyachilari faoliyati, psixologning konsultativ, ta’lim berish va korreksion ishlarini tashkil qilish;

— tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash, ijtimoiy hayotga tayyorlash hamda huquqiy bilimlarini oshirish;

— o‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish;

— mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini oilaga tayyorlash hamda kasb-hunar o‘rgatishning dolzarb masalalari, qiziqishlariga qarab turli to‘garaklarga jalb qilish usullari.



Sho‘ba yig‘ilishlarida, shuningdek, imkoniyati cheklangan, alohida yordamga muhtoj bolalar uchun ta’lim-tarbiya jarayonini yosh xususiyatlariga mos ravishda tashkil etishdagi muammolar, ulardagi mavjud nuqsonlarni korreksiya­lash, bartaraf etishda pedagog va tarbiyachilarning asosiy e’tiborini nimalarga qaratish zarurligi o‘rganiladi. Ularning shaxsiy huquqlarini ijtimoiy himoyalash borasida yana qanday ishlarni amalga oshirish lozimligi, jismoniy yoki psixologik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni davolash — sog‘lomlashtirish ishlarini amalga oshirish, inklyuziv ta’limga yo‘naltirish, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuviga ko‘maklashishda qanday omillardan foydalanish kabi masalalarga pedagog-xodimlar monitoring natijasi va yil yakuni bo‘yicha javob bergan holda o‘z oldiga yangi o‘quv yilidagi vazifalarni belgilab olishi lozim.

Sho‘ba yig‘ilishlarini jonli tarzda o‘tkazish pedagog xodimlarning puxta tayyorgarligiga bog‘liq ekanligini unut­masligimiz kerak.
Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish