Rossiya: 8.0, Ukraina: 6.2, Argentina: 1.7,
Ruminiya: 1,7 Xitoy: 1.3
2019-yilda hosildorlik bo‘yicha Serbiya mutlaq yetakchi — 3,0 t/
ga, Xitoy 2,6 t/ga bilan keyingi o‘rinda, 2,4 t/ga bilan Turkiyani biroz
ortda qoldirdi. Ukraina va Moldova 2,3 t/ga hosil bilan to‘rtinchi
o‘rinda turadi.
O’n yil ichida kungaboqarning jahon ishlab chiqarishi 80 foizga
oshib, 55 million tonnani tashkil etdi. Jahon ishlab chiqarishining
30% ni tashkil etadigan Ukraina birinchi o’rinda turadi. Rossiya
(28%), Evropa Ittifoqi mamlakatlari (17%) va Argentina (6%) ulushi
biroz kamroq.
2019-yilda kungaboqar yetishtiruvchi TOP beshlik (mln tonna):
Ukraina: 16,5, Rossiya: 15.3, Argentina: 3.3
Ruminiya: 3.3, Xitoy: 3.3
Dunyoda kungaboqar yog’i ishlab chiqarish o’n yil ichida
78 foizga oshib, 21,2 million tonnani tashkil etdi. 2019/20-yilda
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilar Ukraina — 7,1
million tonna (+162%) va Rossiya — 5,8 million tonna (+111%).
Kungaboqar yer yuzida moyli ekinlar orasida xomashyosi va
moyining sifatliligi bo’yicha eng oldingi safda turadi. Uning urug‘ida
saqlanadigan (55% gacha) moy, tabiiy toza hisoblanadi. Iste’molda
bu moydan foydalanish uchun dog‘lamasa ham bo‘ladi.
O‘simlik moyini ko’paytirishning oson va samarali usuli boshoqli
don ekinlari hosili yig‘ishtirilgandan keyin, uning joyi (ang‘iz)da
kungaboqarni takroriy ekin sifatida ekib o‘stirishdir.
Ma’lumotlarga qaraganda respublikamizning sug‘oriladigan
sharoitida har yili 1,1-1,2 mln ga boshoqli don ekinlaridan
bo‘shagan yerda kungaboqarning tezpishar, urug‘ida moy miqdori
ko‘p bo‘lgan serhosil navlarning yozda atigi 7-8 kg urug‘ini ekib,
qisqa muddat ichida, ya‘ni o‘suv davri davomiyligi 75-85 kunlik
navlar ekib, gektaridan 26-28 sentner urug‘hosil yetishtirish
mumkin.
Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yerlarda o‘stirilganda moyli
kungabaqardan yuqori hosildorlikka erishish uchun nav omili,
urug‘ning sifatliligi, ekish me‘yori (tup qalinligi), ekish muddati,
og‘itlash, sug’orish, takroriy ekilgan kungaboqarlarni qo’shimcha
changlatish va hosilni yig’ishtirish kabi agrotexnik tadbirlarni ilmiy
asoslangan tavsiyaga asosan o’tkazish maqsadlidir.
Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yerlarda o‘stirilgan
navlarning o’suv davrini hisobga olmasdan, urug’lik (25 iyuldan 1
avgustgacha) kechiktirib ekilsa, ularning gullash fazasi sentyabr
oyining ikkinchi va uchinchi o’n kunligiga mos keladi. Bu paytlar
bahor va yoz oylariga nisbatan quyoshli kunlar besh soatgacha
qisqaradi, o’z-o’zidan harorat salqinlashadi. Bulutli kunlarning sodir
b o‘lishi, shudring tushish holatlari kuzatiladi. Kungaboqarning
gullash jarayoniga bunday noqulay sharoitlar salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bu sharoitda fotosintez jarayoni normal kechmasligi kuzatilsa,
ikkinchi tomondan kungaboqarni changlatuvchi asalarilarning
faoliyati mutlaqo sustlashib, urug’lar tola changlanmasdan, bir
qismi puch bo’lib qoladi. Eng asosiysi, hosilning pishish fazasi
to’liq kuzatilmaydi va uni yig’ishtirishda katta isrofgarchilikka yo’l
qo’yiladi. Shularni hisobga olgan holda, Boshoqli don ekinlaridan
bo‘shagan yerlarga ekiladigan kungaboqarning ekish muddati
10 iyuldan, shimoliy mintaqa sharoiti uchun esa 25 iyundan
kechiktirilmasligi lozim.
Kungaboqar o’stirishning asosiy zarur vazifalaridan biri boshoqli
don ekinlaridan bo‘shagan yerlarni tezda va sifatli tayyorlashdir.
Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yerni ishlash uchun yer
avvalo ang’iz qoldiqlaridan tozalanadi. Dala sug’orilib, begona
o’tlar va boshoqli don ekinlari urug’laridan hosil bo’ladigan maysa
(g’o’dra) undirilib olinadi va ularni yo’qotib tashlash uchun yer 20-
25 sm chuqurlikda ishlanadi hamda yer tekislanadi. Albatta, ekish
muddati hisobga olingan holda.
Kungaboqarning yuqori sifatli urug’ligi hosildorlikning 20-25%
gacha oshishini ta’minlaydi. Urug’larning tezroq unib chiqishi
va undan yuqori hosil olish uchun urug’larni ekishdan oldin
namlab, imkoni bo’lsa dorilab ekish tavsiya etiladi. Buning uchun
kungaboqar urug’larini taxminan 4-5 soat davomida namlash
va urug’larini soyada quritish, pistalar chaqilib ketishining oldini
olishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Kungaboqar ypyg’ini
ekishdan oldin fentiuram, bayliton, fundozal, va panoktin
preparatlari bilan bir tonna urug’likka 2-3 kg miqdorda ishlash
tavsiya etiladi.
Qator orasi 70 sm kenglikda, ekish chuqurligi 5-6 sm
chuqurlikda bolishi maqsadga muvofiq. Ekish SUPN-8, SKPP –
Do'stlaringiz bilan baham: |