Maxsus son [2]. 2022
18
O‘ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI
UO’T: 631.633.18.581.19
SOYA SELEKSIYASIDA BOSHLANG‘ICH MANBALARNI
O‘RGANISH NATIJALARI
Annotatsiya:
Maqolada soya seleksiyasi bo‘yicha o‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari
bayon etilgan bo‘lib, ko‘p yillik kuzatishlar tahlil etilgan.
Аннотатция:
В статье описаны результаты исследований по селекции сои в условиях лугово-болотных почв,
проанализированы многолетние наблюдения.
Annotation:
The article describes the results of the research on soybean selection in the conditions of meadow-swamp
soils, and analyzes long-term observations.
Hozirgi vaqtda yurtimizda donli, dukkakli, moyli ekinlarga katta
e’tibor qaratilib ekin maydonlari kengaytirilmoqda. Dehqonchilikni
rivojlantirish va yеrdan unumli foydalanish uchun katta
imkoniyatlar ochildi. Bugungi kunda eng asosiy muammolardan
biri bu oqsil masalasi, ya’ni insoniyatni oqsilga bo‘lgan talabini
qondirish. Bu masalani yеchishda dukkakli don ekinlaridan soya
o‘simligining ahamiyati katta.
Soya donining tarkibida 30-52% oqsil, 17-27% moy va 20%
karbon suvlari mavjud. Soya ekinining yеr yuzida ko‘p tarqalishi
donining va oqsilining sifatliligi bilan bog‘liqdir. Doni tarkibidagi
oqsil, moy va boshqa muhim organik va ma’dan moddalarning
miqdori va nisbati uni har xil tarmoqlarda qo‘llashga imkon
beradi. Soya donidan moy, margarin, pishloq, sut, un, qandolat
mahsulotlari, konservalar ishlab chiqariladi. Yer yuzida ishlab
chiqarilayotgan o‘simlik moyining 40%
ini soya moyi tashkil
qiladi [1, 2].
Aksariyat rayonlashtirilgan navlarning salohiyatli hosildorligi
3-4 t/ga; O’rta Osiyo mamlakatlarida sug‘oriladigan sharoitda
3,5-4 t/ga.
Soya ekinining hosildorligi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan
ta’minlanadi: maydon birligidagi o‘simliklar soni, o‘simlikda
dukkaklar soni, donning soni va 1000
donining vazni, ya’ni
navning hosildorligi o‘simliklarning mahsuldorligi (o‘rtacha bir
o‘simlikning hosili) va maydondagi ekin (ko’chat) qalinligiga
bog‘liq. [3].
Seleksionerning vazifasi navni mahsuldorligini ko‘tarish.
Shuning uchun geterogen populyatsiyalarida mahsuldorlika
qaratilgan yakka tanlashni
nasldan naslga kuchli irsiy
o‘tkazuvchanlik qobilyatli va modifikatsion o‘zgaruvchanlik
imkoniyati past (kam) ko‘rsatkichlarga qarab o‘tkazish kerak. Bu
ko‘rsatgichlar quyidagilardir: o‘simlik bo‘yi, bo‘g‘im oralarining
uzunligi, asosiy (bosh) poyasidagi bo‘g‘imlar soni, dukkakdagi
urug‘ soni, 1000 urug‘ining vazni va hosilning indeksi.
Yangi navlarni yaratish uchun dastlabki shakllarning
shakllantirilishi va tanlashni imkoniyati boricha bir tekis sharoitda
o‘tkazish lozim. Duragaylashda ota-ona
shakllarining birida
yuqori darajada ajralib turgan ko‘rsatkichni ikkinchisida bu
kursatkichning o‘rtacha rivojlanganligi bilan to‘ldirish kerak.
Seleksion ashyoni baholashni belgilar majmuasiga qarab
o‘tkazish lozim, chunki bir ko‘rsatkichni
maksimal namoyon
bo‘lishi odatda ikkinchisining minimal namoyon bo‘lishi bilan
bir vaqtda o‘tadi. Soya seleksiyasi qishloq xo‘jalik ekinlarining
Davlat Nav Sinov komissiyasi va O‘zShITI tomonidan ishlab
chiqilgan tavsiyanomalar, dala tajriba metodikasi asosida olib
borildi [4,5].
Kolleksiya ko‘chatzorida har
bir nav namuna uchun ekin
maydoni 1,8 m
2.
(takroriysiz). Tahlilga 5 tadan o‘simlik olindi.
Seleksiya ko‘chatzorida har bir nav namunasi uchun ekin
maydon 3,6 m
2
(takroriysiz). Tahlilga 5 tadan o‘simlik olindi.
Duragay ko‘chatzorida soyaning yangi navlarini yaratishda asosiy
qo‘llanma yakka va yalpi tanlov geografik kelib chiqishi turlicha
bo‘lgan tur va turkumlari chatishtirildi.
Nazorat ko‘chatzorida har bir nav namuna uchun ekish
maydoni 25 m
2
bo‘lib juft standart uslubi bo‘yicha ekildi. Nav tanlov
ko‘chatzorining har bir nav namunasi uchun ekin maydoni 50 m
2
bo‘lib 4 ta qaytariqda olib borildi. Barcha ko‘chatzorlar uchun
nazorat qilib soyaning rayonlashgan o‘rtapishar “O‘zbek-2” va
kechpishar “O‘zbek-6” navlari ekildi. Ekish miqdori 1 ga hisobiga
60 kg, qator oralig‘i 60 sm o‘simliklar oralig‘i 10sm , har bir uyada
2 tadan urug‘.
O‘simlikning o‘suv davrida nav sinov komissiyasi tomonidan
ishlab chiqarilgan qo‘llanma asosida barcha fenologik kuzatishlar
olib borildi. Shu jumladan, o‘simlikning unib chiqishi, shoxlanishi,
gullashi, dukkaklashi va pishish davrlari qayd etildi.
Pishish
davrida biometrik tahlil uchun soyaning har bir nav namunasidan
5 tadan o‘simlik olindi. Bu tahlilda nav namunalarning o‘suv davri,
bo‘yi, pastki dukkak joylanishi, shoxlar soni, bir o‘simlikda dukkak
soni, bir o‘simlikdagi don vazni, 1000 ta don og‘irligi aniqlandi.
O‘rganishlar mobaynida qimmatli xo‘jalik belgi-xususiyatlari
ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori bo‘lgan soyaning 26 ta nav
namunalari tanlab olindi.
Kolleksiya ko‘chatzorida nazorat sifatida foydalanilgan
soyaning o‘rtacha kechpishar “O‘zbek-2” navining o‘suv davri-132
kun, o‘simlik bo‘yi 128 sm, pastki dukkaklarinig joylanishi ildiz
bo‘g‘inidan 13 sm yuqori, bir o‘simlikdagi shoxlar soni 2 dona,
bir o‘simlikdagi dukkaklar soni 85 dona, bir o‘simlikdagi donlar
vazni 21,6 gr, 1000 don vazni esa 153,0 g. ni tashkil qildi. Soya
kolleksiya ko‘chatzoridan tanlab olingan barcha navnamunalari
tik o‘suvchan bo‘lib, mexanizm yordamida yig‘ishtirib olishga to‘la
moslashganligi aniqlandi.
Soyaning mahalliy hamda xorijiy kolleksiya ko‘chatzorlaridan
keltirilgan soya nav-namunalarini o‘suv davrlari o‘rganilganda,
K-19, I-512829, 2008, 514505, 9206, 5180, I-518751, (AQSh),
SNTilin43(021), SH
2
Gh
113
i(001) (Koreya) 128859, I-0128850,
(VNIIMK) K-19 (Odessa) 6439 (Moldova) 9167 (Krasnodar)
nav-namunalari 110-120 kunda pishib еtilib ertagi o‘rtapishar
bo‘lgani kuzatilgan, 6402 (O‘zbekiston) 521857 6248/1, K-9195,
537071. 9206 (AQSh), 5280 (XXR), 1023 (Uzoq Sharq)
9601 (Moldova),SN-17-1168 (029), SN-14-43(292) (Koreya)
navnamunalar 121-130 kun o‘rtipishar bo‘lgani kuzatildi. K-7,
K-26, 9206, (AKSh), SN-12-40(030) (Koreya) nav namunalari
131-135 kunda pishib yеtilib o‘rtacha kechpisharligi aniqlandi.
Kolleksiya ko‘chatzorida nazorat sifatida foydalanilgan soyaning
o‘rtacha kechpishar “O‘zbek-2” navining o‘suv davriga nisbatan
o‘rganganimizda 3 dona, ya’ni 11,5% nav namunalari o‘rtagi
kechpishar qolgan 14 dona, ya’ni 53,8%
navnamuna ertagi
o‘rtapishar, hamda 11 dona, ya’ni 42,3% ni tashkil qilib, nazorat
navga nisbatan 5 -12 kun erta pishishi aniqlandi.