tugallangan
deb hisoblanadi.
JK 295-moddasi 2-qismi
mazmunida
ishdan chiqarish
deganda,
qurolni, o‘q-dorilarni, harakatlanish vositalarini, texnika ta’minoti
buyumlarini ulardan maqsadli foydalanish uchun qisman yoki to‘la
yaroqsizlikka keltirish tushuniladi.
Ko‘rsatilgan predmetlarni ishdan chiqarish ularni qisman yoki to‘la
yaroqsiz holatga keltirilgan vaqtdan boshlab
tugallangan
hisoblanadi.
JK 295-moddasi 2-qismida
nazarda tutilgan jinoyatning
subyektiv
tomoni qasddan
yoki
ehtiyotsizlikdan
sodir etiladi
.
Ko‘rsatilgan
predmetlarni ishdan chiqarish qasddan yoki ehtiyotsizlikdansodir etiladi.
Yo‘qotish – faqat ehtiyotsizlikdandir.
Jinoyatning
motivi
va
maqsadi
turlicha bo‘lishi mumkin va
qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas.
Ushbu jinoyatning
subyekti
qurol, o‘q-dorilar, harakat qilish
vositalari, texnika ta’minoti buyumlari xizmatda foydalanish uchun
ishonib topshirilgan harbiy xizmatchi bo‘ladi.
337
JK 295-moddasi 3-qismida
xizmatda foydalanish uchun ishonib
topshirilgan qurol, o‘q-dorilar, harakat qilish vositalari, texnika ta’minoti
buyumlarini behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish ularni ehtiyot
qilish qoidalarining buzilishi oqibatida jangovar holatda sodir etilgan
javobgarlik nazarda tutilgan.
2-§. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast
yetkazish (JK 296-moddasi)
Jinoyatning
bevosita obyekti
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarida o‘rnatilgan harbiy mulkni saqlash qoidalari bo‘ladi.
JK 295-moddasidan farqli ravishda JK
296-moddasida
nafaqat
shaxsiy va xizmatda foydalanish uchun berilgan predmetlarni, balki har
qanday harbiy mulkni asrash nazarda tutiladi. Qurol, o‘q-dorilar,
harakatlanish vositalari va boshqa harbiy mulk davlat mulki hisoblanadi,
shuning uchun ularni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish
bilan bir vaqtda aybdor davlat mulkiga tajovuz qilgan bo‘ladi.
Jinoyatning
predmeti
har qanday jangovar mulk bo‘lishi mumkin:
qurol, o‘q-dorilar, harakat qilish vositalari, harbiy texnika va boshqa
harbiy mulklar.
(«Qurol», «o‘q-dorilar», «harakat qilish vositalari» tushunchalari
to‘g’risida JK 295-moddasi tahliliga qarang.)
Harbiy texnika
o‘z ichiga jangovar harakatlar olib borish uchun,
shaxsiy tarkibni ularni boshqarishga o‘rgatish uchun, qo‘shinni kundalik
faoliyatini ta’minlash uchun turli texnik vositalarni oladi. Jumladan, harbiy
texnika predmetlariga: jangovar texnika (samolyotlar, vertolyotlar, tanklar,
bronetransportyorlar, artilleriya qurollari, raketa komplekslari, jangovar
vositalarni boshqarish tizimlari va h.k.), harbiy qismning muhandislik
vositalari, trenajyorlar va boshqa o‘qitish texnik vositalari, aloqa
apparaturalari, tungi ko‘rish asboblari va h.k. kiradi. Ko‘rsatilgan
xususiyatlarga ega bo‘lmagan harbiy qismning boshqa mulklari (bo‘linma
kazarmalaridagi televizor va h.k.) harbiy texnika predmetlari hisoblan-
maydi.
338
Ko‘rib chiqilayotgan modda nuqtai nazaridan,
Do'stlaringiz bilan baham: |