hisoblanmaydigan va boshlang’ich matn o‘zgarishiga
olib keladigan har
qanday tarzda o‘zgartirishni anglatadi.
Tarmoq standartida axborotni modifikatsiyalashtirish «axborot
mazmuni yoki hajmini uning manbalarida texnika vositalari bilan ishlov
berish chog’ida ruxsatsiz o‘zgartirish» sifatida tavsiflanadi (2.7-band).
Shuningdek, standartda «axborotni buzib ko‘rsatish» va «axborotni sox-
talashtirish» tushunchalariga ham ta’rif berilgan bo‘lib, ular aynan
axborotni
ruxsatsiz
modifikatsiyalashtirish
sifatida talqin qilinadi:
«Axborotni buzib ko‘rsatish – axborotni unga texnika vositalari bilan
ishlov berish (uzatish) chog’ida sirtdan ta’sirlar (shovqinlar), apparatura
ishidagi nosozliklar yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning
yanglish
harakatlari natijasida tasodifiy yoki qasddan ruxsatsiz modifi-
katsiyalashtirish» (2.6-band)».
«Axborotni soxtalashtirish – axborotni unga texnika vositalari bilan
ishlov berish chog’ida raqib oldida muayyan qulaylik (ustunlik)larga
erishish yoki unga zarar yetkazish maqsadida qasddan ruxsatsiz
modifikatsiyalashtirish» (2.8-band).
Ikkinchidan,
«axborotga shikast yetkazish» va «axborotni o‘chirish»
kabi tushunchalar kompyuter sohasidagi norasmiy terminologiyaga kiradi,
chunki ular standartlashtirilmagan va axborotlashtirish sohasidagi boshqa
normativ hujjatlarda mavjud emas.
«Axborotni o‘chirish» tushunchasiga Tarmoq standartida «axborotni
yo‘q qilib yuborish» tushunchasiga berilgan ta’rifda duch kelish mumkin:
«Axborotni yo‘q qilib yuborish – axborotni uning manbalarida
texnika vositalari bilan ishlov berish chog’ida
tasodifiy yoki qasddan
o‘chirish
» (2.9-band). Bu ta’rifdan ko‘rinib turganidek, axborotni
o‘zgartirish, buzib ko‘rsatish va uni soxtalashtirishdan farqli o‘laroq,
axborotni yo‘q qilib yuborish (xuddi shuningdek, uni o‘chirish) axborotni
modifikatsiyalashtirish hisoblanmaydi.
Xuddi shu gapni axborotga shikast yetkazish haqida ham aytish
mumkin. Mazkur tushunchaga rasmiy ta’rif berilmagani bois, uni
etimologik mazmunidan
kelib chiqib, xususan, axborotni buzish, uni
foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish sifatida talqin qilishga to‘g’ri
252
keladiki, bular ham kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirishning
ma’no va mazmuniga mos kelmaydi.
Mazkur tushunchalar o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘proq kompyuter sabotaji-
ga taalluqlidir.
Bundan tashqari, qonun chiqaruvchining o‘zi JK 278
2
-moddasi
(Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish)
va 278
6
-moddasi (Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki
tarqatish)ni tuzishda yo‘q qilib yuborish va modifikatsiyalashtirishni
turli
jinsli tushunchalar sifatida ishlatgan, ko‘rib chiqilayotgan modda
dispozitsiyasida esa, «yo‘q qilib yuborish» atamasining o‘rniga u bilan
ayniy bo‘lgan «o‘chirish» atamasini
ishlatib, axborotni yo‘q qilib
yuborishga uni modifikatsiyalashtirishning tur xili sifatida yondashgan.
Ya’ni JK 278
4
-moddasida axborotni modifikatsiyalashtirish amalda
axborotni yo‘q qilib yuborish (o‘chirish)ga nisbatan kengroq tushuncha
sifatida namoyon bo‘ladi. Bizningcha, bu yondashuv mantiqqa zid va
kompyuter terminologiyasini qo‘llashda noizchillikni namoyish etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: