Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Subyektiv tomondan 
savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish 
to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli 
xususiyatini anglaydi va uni sodir etishni xohlaydi. 
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda 
motiv 
va 
maqsad 
ahamiyatga ega 
emas. 
Jinoyat 
subyekti 
savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotgan va 
16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. 
Agarda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish tovlamachilik 
yo‘li bilan haq berishni talab qilish (JK 214-moddasi) bilan bog‘liq bo‘lsa, 
aybdor harakatlari jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
JKning 
189-moddasi 2-qismida
javobgarlikdan ozod qilinishi 
mumkinligi nazarda tutilgan, agarda u:
a) birinchi marta savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganda; 
b) jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda savdo 
yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etganda; 
v) yetkazilgan moddiy zarar qoplanganda. 
1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 15 мартдаги «Савдо соҳасидаги 
жиноятлар ва бошқа ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 9-сонли қарори 
(Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2002 йил 14 июндаги 10-сонли қарорига асосан киритилган 
ўзгартириш ва қўшимчалар билан) // Тўплам, 1-жилд. — 52-б.
226 


8-§. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish 
(JK 190-moddasi) 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41-moddasi 4-qismiga 
muvofiq, yuridik shaxs qonunda ro‘yxati belgilab qo‘yilgan ayrim faoliyat 
turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina 
shug‘ullanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi jismoniy 
shaxslardan ham faoliyatning ba’zi turlarini amalga oshirishda litsenziya 
olishni talab qiladi. Amalga oshirilishi maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 
talab qiladigan faoliyatlar turi ro‘yxatini va litsenziyalash tartibini 
belgilovchi asosiy me’yoriy hujjat — O‘zbekiston Respublikasining 
«Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»
1
Qonuni 
hisoblanadi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, faoliyatning ayrim 
turlarini litsenziyalash zarurati va tartibi qonunchilikning boshqa hujjatlari 
bilan ham belgilanishi mumkin (masalan, narkotik moddalar aylanishi, 
transport sohasidagi faoliyat va hokazolarga tegishli). 
Litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi, 
agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, u olingan 
paytdan boshlab vujudga keladi. Shuni nazarda tutish lozimki, litsenziya 
faoliyatning litsenziyalanadigan har bir turiga olinishi lozim. Bunda 
faoliyatning bir necha turini amalga oshirishga ruxsat bitta yoxud bir necha 
hujjatda ifodalanganligi muhim emas. Faoliyat xususiyatlariga qarab uni 
amalga oshirishning turli shartlari belgilanishi mumkin. 
Jinoyatning 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish