m uhit va tarbiyaning ta ’siri bola tarbiyasi uchun birdek m uhim deb
hisoblaydi. U yaxshi va
yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, muhit,
odatlanish natijasida vujudga kelishini qayd qilib o ‘tadi.
Abu Ali ibn Sino oilada, maktabda bolani m a’naviy-axloqiy tarbiyalashda
mehnatsevarlik roliga alohida urg‘u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan
kasb-hunar o ‘rgatishga d a’vat etadi, m ehnatni uluglaydi. Mehnatsiz hayot
kechirishning bolaga b o ig an salbiy ta ’sirini ko‘rsatib beradi.
Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy
tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yollari
haqidagi fikrlari bugungi
kunda ham ijtimoiy ahamiyat kasb etm oqda va m a’naviy qadriyat sifatida
e ’tiborga loyiqdir.
Abu Ali ibn Sinoning ta ’limotiga ko‘ra axloqiy ravnaq inson zotigagina
xos jarayondir, chunki u aql, tafakkurning buyuk quwatiga tayangan holda
haqiqat bilan yolg‘onning chegarasini
aniqlabgina qolm asdan, d o ‘stni
dushm andan ajrata oladi. Narsalar ichki m ohiyat-m azm unini kashf etish
uchun aqliy-intellektual yetuklik zarur bo lsa, axloqiy ravnaq uchun buning
o ‘zi yetarli emas, bilim bilan pok xulq-atvor, sa’y-harakatlaming o ‘zaro
uyg‘unligi insonni donishmandlik, komillik darajasiga eltadi.
Bunga hech
qanday shubha bolishi mumkin emas, chunki «go‘zallik va axloqiy kamolotga
intilish inson zotiga xos xususiyatdir».
Abu Ali ibn Sinoning asarlarida, jum ladan, «Tadbiri manzil» risolasida
inson tabiati tugilganda axloqli yoki axloqsiz bolm aydi, degan g‘oya muhim
ahamiyat kasb etadi.
Odamlar aslida yaxshi xulq,
tayyor shaxsiy sifat, odat va ko'nikmalar
bilan tugllmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida sekin-
asta shaxsiy va o ‘zgalar tajribasi, ota-onalari, ajdodlar, a n ’analar, ta ’lim-
tarbiya ta’sirida shakllana boradi.
Bolalarning tarbiyasini barvaqt boshlagan m a’qul.
Tarbiya jarayonida
bolalarga yaxshi ijobiy odatlarni singdirib borish, ishtiyoq va qiziqishlarini
sinchkovlik bilan payqab olishga harakat qilish, hayotda nafi tegadigan
muayyan kasb-hunar va san’atni egallashga yo‘naltirish zarur, «Bolaning
tana b o ‘g‘inlari barqarorlashgan, uning tili to ‘g‘ri—ravon
gapirish va
quloqlari tinglash qobiliyatiga ega b o ig an va o ‘zgalar so‘zlarini qabul
qilish ham da o ‘rganilayotgan narsaga (tabiiy) moyillik paydo b o ig an
paytdan boshlab uni ilmlar va axloq-odob (asoslari)ga o ‘rgatib borish
lozim».
Modomiki, inson voyaga yetishida ta ’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos ekan,
bu jarayonni nimadan boshlamoq lozim? Abu Ali ibn Sino azaliy an’analarga
tayangan holda, Q ur’oni karimni, dinning maqsadi va tilning grammatik
qonun-qoidalarini qunt bilan o ‘rganishdan boshlashni m a’qul deb biladi.
Bola asta-sekin o ‘z ona tilini o ‘rganib olib, boshqa fanlarni ham o ‘rgana
boshlaydi, degan fikrlarni bildiradi.
114
Abu Ali
ibn Sino insonparvar, m a’rifatparvar olim sifatida inson axloqiy
ravnaqining cheksiz imkoniyatlarini e ’tirof qiladi. Lekin uning ro‘yobga
chiqishi shaxs va jamiyatning imkoniyatlari bilan bogliqdir.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: