Maxsus pedagogika


 ‘qitishda  onglilik va  faollik  tamoyili



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

0 ‘qitishda  onglilik va  faollik  tamoyili
0 ‘qitishda onglilik va faollik tamoyili didaktikaning juda muhim tamoyili 
hisoblanadi.  Bu  tamoyilning  mohiyati  quyidagilardan  iborat:  ta’lim  o‘quv 
materialini o ‘quvchilarning to‘liq tushunishlarini ta’minlashi, o‘quvchilarda 
o ‘qishga  nisbatan  ongli  munosabatni  tarbiyalashi  kerak,  fikrlashda  ijod va 
mustaqillikni  hamda  o ‘zlashtirilgan  bilim,  malakalami  amaliy  faoliyatda 
faol  ishlatish  ko‘nikmasini  rivojlantirmog‘i  kerak.
Yordamchi maktab sharoitida bu tamoyilni amalga oshirishda o‘qituvchi 
bir  qator  qiyinchiliklarga  duch  keladi.  Aqli  zaif o ‘quvchilar  bilan  tegishli 
tarbiyaviy  ish  olib  borilmasa,  ularda  o ‘qishga  nisbatan  qiziqish  paydo 
bo‘lmaydi.  Bu  narsa  ko‘pincha  ommaviy  maktab  sharoitida  o ‘qishda 
muvaffaqiyatsizlikka  uchrashi  natijasida  bo‘ladi,  buning  ustiga,  o ‘qishga 
nisbatan  salbiy  munosabat  ozmi-ko‘pmi  yangi  sharoitda  ham  birmuncha 
vaqtgacha saqlanishi  mumkin.
Aqli  zaif  bolalarda  o ‘qishning  ijtim oiy  aham iyatini  tushunish 
qiyinlashgan va bu ancha kech hosil boladi.  Bundan mutlaqo aniqki, ta’limda 
onglilik tamoyilini amalga oshirishda o'qituvchining birdan-bir vazifasi aqli 
zaif bolalarda o‘quv ishiga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalashdan iborat boladi.
Aqli zaif bola o‘zi uchun yengilroq bo'lgan ta’lim olish sharoitida o‘quv 
materialini  tushunishi  bilanoq  o ‘qishda  shubhasiz  muvaffaqiyatlar  paydo 
bo‘la boshlaydi va bu  muvaffaqiyatlar ta’siri ostida undagi o‘qishga bo‘lgan 
salbiy  munosabat  tez  fursatda  yo‘qotiladi.
0 ‘quvchilaming  o‘qishga  munosabati  ulaming  o‘qishga  diqqat-e’tibor 
berishida,  unga  qiziqishida,  qiyinchiliklarni  bartaraf  qilish  uchun  iroda 
kuchini sarflashga tayyor ekanligida ifodalanadi.  Bundan tashqari, o ‘qishga 
ijobiy munosabatda bo‘lish o‘quvchiga o‘rganayotgan materialning ahamiyati 
qanchalik  tushunarli  ekanligiga,  bu  material  o ‘quvchi  qiziqishlarining 
o ‘qishdan tashqari sohasi bilan qanchalik bog‘liqligiga, o ‘qituvchi materialni
67


qanchalik  aniq  va  tushunarli  qilib  bayon  etishiga,  o‘qitish  usullarining 
qanchalik  xi]ma-xi]  ekanligiga  bog‘liq.
Yordamchi  maktab  o ‘quvchilarida  o ‘qishga  mumkin  qadar  ertaroq 
qiziqish uyg‘otish kerak.  Buning uchun o'quvchilaming o ‘quv materialini 
to ‘liq  tushunib  o ‘zlashtirishlari  talab  qilinadi.  Bu  jihatdan  yordamchi 
maktab  o ‘qituvchisi  ayrim  qiyinchiliklarga  duch  keladi.  Chunki  debil 
bolalar uchun aqliy yetishmovchilik xarakterlidir.  Bu hoi ularda mavhum 
umumiashtirishga,  atrof-muhitdagi  narsalar  bilan  voqealar  o ‘rtasidagi 
aloqa va bogiiqlikni belgilay olmaslikka, tahlil va tasnif qilishga qobiliyat 
yo'qligida ifodalanadi.
M a’lumki,  o ‘quv  materialining  m a’nosiga  tushunib  esda  olib  qolish 
faqat zarur bo‘libgim qolmasdan, shu bilan birga mexanik esda olib qolishdan 
beqiyos darajada samaraliroqdir.  0 ‘quvchi  ulg‘ayib borgani  sari uning aqliy 
faoliyatida  m a’nosiga  tushunib  esda  olib  qolish  tobora  katta  rol  o ‘ynaydi. 
Oligofrenopedagogika  aqli  zaif  bolalar  bilish  faoliyatining  rivojlanishini 
to'xtatuvchi  rasmiy  mashq  qildirish  asosida  o ‘qitish  g'oyasini  keskin  rad 
qildi hamda ta’limning onglilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiqligini 
va mumkinligini isbot etdi.
Shuning uchun aqli zaif bolaning maktabga birinchi kelgan kunidan boshlab 
aqliy rivojlanishini ta’minlash kerak. Bunga erishish uchun yordamchi maktabda 
har  qanday  fanni  o‘qitish  shunday  tuzilishi  kerakki,  o ‘quvchilarga  ayrim 
bilim  va  malakalarni  beribgina  qolmay,  ulaming  aqliy  kamchiliklarini  ham 
to‘g‘rilashi  lozim.  Bunda bolaning tahlil va tasnif qilish qobiliyatini asta-sekin 
vujudga keltiruvchi korreksion  pedagogik usullar muhim ahamiyatga ega.
0 ‘quvchi  biror  umumiy  qoidani,  kuzatilgan  dalillami  va  hodisalami 
taqqoslash  hamda  ulardagi  o'xshashlik va farqlami  yuzaga  chiqarish  tufayli 
o ‘zlashtiradi.
Taqqoslash  har  qanday  tafakkurning  asosidir.  0 ‘qish  va  o ‘rganishdagi 
muvaffaqiyat  ko‘p  jihatdan  aqli  zaif  o‘quvchilarda  taqqoslash,  ya’ni 
o‘xshashlik va farqni ko‘ra bilish malakasining paydo bo‘lganligiga bog‘liqdir.
Psixologlarimiz  o ‘quvchilarning  bilish  faolligini  oshirish  uchun 
taqqoslashning  (qiyoslash  va  qarama-qarshi  qo‘yishning)  rolini  batafsil 
aniqlab  chiqdilar.  Bu  usul  umumlashtiruvchi  tafakkur  uchun  g‘oyat 
samaralidir.  Shu  sababli  «farqini  top»  mazmunidagi  topshiriqlar  darslarda 
keng  qo‘llanishi  lozim.
0 ‘quvchi  bayon  qilinayotgan  yangi  materialni  passiv  holda  idrok 
qilmasdan,  balki  faol  yondashgan  holdagina  berilgan  bilimni  to‘la,  ongli 
ravishda  o ‘zlashtirishi  mumkin.  Masalan,  biror  arifmetik  qonunni— 
qo‘shishning  o ‘rin  almashtirish  qonunini  umumlashtirishda  o ‘quvchi 
qo‘shishga doir misollar yechib,  qo‘shiluvchilaming o‘mini  almashtirishdan 
yig‘indining  o‘zgarmasligini  o‘zi  topsa,  shundagina  umumlashtirishni  ongli 
ravishda o‘zlashtirgan bo‘ladi.
68


Faollik faqat fikrlash jarayoniga (o'quvchidan tushunchalar va qonunlami 
o‘zlashtirish  talab  qilinganda)  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatibgina  qolmay,  balki  esda 
qoldirish  jarayoniga  ham  ta’sir  etadi,  eslab  qolish  qobiliyatini  oshiradi, 
unumli esda qoldirishga yordam beradi.
Aqli  zaif o‘quvchi  o ‘qish  jarayonida  faol  bo‘lishi  uchun,  birinchidan, 
unga  o‘qish  ishida  mustaqillikka  keng  imkoniyat  berish,  ikkinchidan,  uni 
unumli usul bilan mustaqil ishlashga o ‘igatish, uchinchidan, unda mustaqillikka 
intilishni uyg‘otish kerak, buning uchun unda tegishli ichki intilishni vujudga 
keltirish,  ya’ni berilgan  vazifalami yechishga mustaqil,  ijodiy tarzda harakat 
qilishini  hayotiy  muhim  vazifaga  aylantirish  lozim.
Yuqorida  aytilganlardan  ko‘rinib  turibdiki,  ta’limda  onglilik  va  faollik 
tamoyili  aqli  zaif  boladagi  nuqsonlarni  tuzatishda  yordamchi  maktab 
ta’limining  zaruriy  sharti  hisoblanadi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish