Berilgan bilimlarni tushunmaslik o‘quvchilaming unga bo‘lgan qiziqishini
pasaytiradi, ko‘pincha shu o‘quv fanigagina emas, balki umuman o‘qishga
nisbatan ham salbiy munosabatda bo‘lishga olib keladi. Odatda, ommaviy
maktabda uzoq vaqt bo‘lgan aqli zaif o‘quvchida shunday hoi yuz beradi.
M a’lumki, ommaviy maktabda har bir sinf bir xil yoshga ega bo‘lgan
o‘quvchilar bilan, ya’ni o ‘quv materialini o ‘zlashtirishda taxminan bir
xil imkoniyatga ega bo‘lgan bolalar bilan butlangan bo‘ladi.
Aqli zaif bolaga ta’lim berishda yosh xususiyatlarini hisobga olish va
tushunarlilik tamoyilini amalga oshirish ancha boshqacha yuz beradi.
Eng avvalo, aqli zaiflik shakli va darajasiga qarab farq qilinishi tufayli
bir sinfning o ‘zida yoshi har xil bo‘lgan o ‘quvchilar bo‘lishi mumkin.
Yoshi har xil bo‘lgan o‘quvchilar bilim va malakalarni o‘zlashtirishda
taxminan bir xil imkoniyatlarga ega bo'ladilar. Demak, yordamchi maktab
sinflarini butlashda bolalarning yoshiga aniq rioya qilish amalda mumkin
bo‘lmaydi.
So‘ngra, har bir sinfda shunday bolalar borki, ularda aqli zaiflik turli
sabablar orqali kelib chiqqan bo‘lib, o ‘ziga xos tipologik xususiyatlarga
ega. Yordamchi maktabdagi ta’lim jarayonida shu tipologik xususiyatlami
hisobga olish o'qituvchi ishidagi majburiy talablardan biridir.
Keyingi vaqtlarda yordamchi maktablarda aqli zaiflik darajasi ancha
og‘irroq bo‘lgan bolalar uchun alohida maxsus sinflar tashkil qilingan. Bu
sinflarda bilim va malakalar hajmi hamda o ‘qitish tezligi yordamchi
maktabning odatdagi sinflariga qaraganda birm uncha pasaytirilgan,
osonlashtirilgan bo‘Iadi.
Shunday qilib, yordamchi maktab aqli zaif bolalarga ta’lim berishda
faqat ulaming yoshini emas, balki tipologik xususiyatlarini ham hisobga
olishi kerak.
0 ‘qituvchi o ‘quv materialini tanlaganda uning bolalarga tushunarli
bo‘lishiga alohida e’tibor berishi kerak. Bundan berilayotgan material
nihoyatda sodda boiishi kerak, degan xulosa chiqarilmaydi. Bolalar uchun
tushunarli bo‘lgan yangi bilimlarni o ‘zlashtirish va malakalarni vujudga
keltirish ham ayrim qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi.
0 ‘zlashtirishda o‘quvchi qiyinchiliklarga duch kelishi zamr. Ta’lim
jarayonida qiyinchilik bilan to‘qnashish, uni yengish pedagogik jarayonning
asosiy rag‘batlantiruvchi omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonida oligofrenopedagog shuni e’tiborga olishi muhimki,
bolalar o ‘zlariga taklif qilingan ba’zi vazifalami
tamomila mustaqil ravishda
bajara oladilar, bunda ular psixologik jihatdan rivojlanib borishning shu
paytgacha erishilgan darajasiga, amaiiy tajriba, malaka va ko‘nikmalarga
tayanadilar. Shu bilan birga, biror murakkabroq topshiriqni mustaqil
ravishda eplay olmagan bola uni pedagog yordamida (uning qo‘shimcha
tushuntirishi, ko‘rsatishi, yordamchi savollar berishi va hokazo yo‘l bilan)
66
bajara oladi. Bu hoi bola imkoniyatining go‘yoki ikkilamchi darajasi bo‘lib,
psixologiyada «eng yaqin kamol topish zonasi» deb ataladi. Shu sababli
ta’lim jarayoni faol kamol topish darajasigagina, ya’ni shu paytgacha tarkib
topgan psixik funksiyalargagina. tayanib qolmay, balki bolaning potensial
imkoniyatlariga, tarkib topayotgan funksiyalariga, ya’ni «eng yaqin kamol
topish zonasi»ga ham tayanishi lozim.
T a’limda uchraydigan qiyinchiliklarni chetlab o ‘tish emas, balki
o'quvchi imkoni boricha bu qiyinchiliklarni o‘qituvchi rahbarligida yengib
borishi kerak.
Shunday qilib, yordamchi maktab ta’limida tushunarlilik tamoyilini
amalga oshirishdao‘qituvchidan o‘quvchilaming yoshi, tipologik va indi
vidual xususiyatlarini hisobga olish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: