Maxsus pedagogika


Ilmivlik,  tizimlilik va izchillik tamoyillari



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Ilmivlik,  tizimlilik va izchillik tamoyillari
Didaktikada  bu  tamoyilning  mohiyati  quyidagilar  bilan  aniqlanadi: 
maktabda o ‘quvchilaiga beriladigan  hamma bilimlar zamonaviy fan rivojiga 
muvofiq ravishda, muayyan tizimda va izchillikda har bir fan ichida va imkoni 
boricha ayrim  fanlar o'rtasida o‘zaro bog'lanish saqlangan  holda beriladi.
Yordamchi  maktabning  xususiyati  shundan  iboratki,  o‘quvchilar 
maktabda ta’lim olish davrida eng oddiy bilimlar hajmiga ega bo‘ladilar. Biroq 
bilimlaming  oddiyligi  ulaming  ilmiy  bo‘lishi  shart  emas,  degan  ma’noni 
bildirmaydi.  0 ‘quvchilarda  dunyoqarashni  to‘g‘ri  shakllantirish  kerak.
Yordamchi  maktab  sharoitida  tizimlilik  va  izchillik  tamoyilini  amalga 
oshirish  katta  ahamiyatga ega,  chunki  aqli  zaif bolalar  normal  kamol  topib 
borayotgan o‘z tengdoshlaridan tevarak-atrofdagi  hayotiy hodisa va narsalar 
ustida kamroq tushuncha va tasawurlar zaxirasiga egalar.  Ularda egallangan 
bilimlarni  umumlashtirish va tizimga solish qobiliyati birmuncha yomonroq 
rivojlangan. Olingan bilimlar uzuq-yuluq o ‘zlashtirilishi bilan xarakterlanadi. 
Ular  egallagan  bilimlar  bilan  yangidan  egallanayotgan  bilimlar  o ‘rtasidagi 
bog‘lanishni aniqlashda ancha qiynaladilar.
0 ‘qituvchi oligofren bolaning bilish  faoliyatidagi bu xususiyatni hisobga 
olib,  o‘quv materialini tasniflashi va tizimga solishi kerak,  o‘quv materialini 
tanlash  va  undan  foydalanish  tartibi  o ‘qitilayotgan  fanning  mazmuniga 
muvofiq bo'lishi  lozim.
Yordamchi  maktabda  ilmiylik,  tizimlilik  va  izchillik tamoyilini  amalga 
oshirishda  muayyan  shartlarga  amal  qilish  zarur.  Bulaming  birinchisi 
o‘quvchilaida tasavvur va tushunchalami vujudga keltirish, ularda maktabgacha 
hosil  qilingan  noaniq  va  noto‘g‘ri  tasavvur  va  tushunchalami  tuzatish 
hisoblanadi.
Ikkinchi  sharti—bilimlarni  o‘zlashtirish  maktab o‘quvchilarining amaiiy 
faoliyati  bilan  bog‘langan  bo‘lishi  kerak.
72


Har  qanday  ilmiy  bilimlar  bir tekisda  tuzilgan  tizimni  tashkil  qiladi. 
Shuning  uchun  ta ’lim da  ilmiylik  tamoyili  tizimlilik  bilan  mahkam 
bog‘langan.  Yordamchi  maktab  ham  bolalarni  o ‘qitish jarayonini  ayrim 
fanlardan bilimlar tizimini  ularga m a’lum qilish  asosida tuzadi.  Masalan, 
matematika  yoki  ona  tili,  tabiatshunoslikdan  o ‘quvchilarga  berilayotgan 
bilimlar  har  bir  fan  ichida  m a’lum  darajada  eng  oddiy  tushunchalar 
tizimiga  m antiqiy  b o g iang an .  T a’lim  berishda  tizimlilik  bilim lam i 
o‘zlashtirishda  muayyan  izchillikni,  ilgari  o ‘zlashtirilgan  material  bilan 
o‘zlashtirilayotgan material o ‘rtasidagi bog‘lanishni talab qiladi.  Pedagogika 
kursidan m a’lumki, o ‘qituvchi ishida tizimlilik va izchillik quyidagi qoidalar: 
konkretdan abstraktga, oddiydan murakkabga va ma’lumdan nom a’lumga 
tomon  borish  bilan  aniqlanadi.
B ilim lam i  o 'z la sh tirish   va  m alak alar  hosil  qilishd a  u lard an  
murakkabroqlarini  o ‘zlashtirish  uchun  ularning  asosini  tashkil  etuvchi 
yanada  soddaroq  bilimlami  egallash  talab  qilinadi.
Bilimlami bir tekisda orttirish va chuqurlashtirish, nuqsonli bolalarning 
bilish  imkoniyatlarini  rivojlantirish  maqsadida  material  o ‘quv  yillariga 
qat’iy  taqsimlanadi.  Bunda  yangi  materialni  tushuntirishda  o ‘quvchilar 
ko‘rgan,  eshitgan,  bilganlariga  asoslanmoq  zarur.
Ikkinchidan, aqli zaif o ‘quvchilarda muayyan tushuncha va malakalami 
to ‘g‘ri  tashkil  toptirish  uchun  material  va  vazifalami  shunday  tanlash 
lozimki,  bu tushuncha,  malakalarning  hamma  asosiy  elementlarini  oldin 
ishlab  chiqish  m um kin  b o ‘lsin  (masalan,  harflarni  yozishdan  oldin 
ulaming  elementlari  o'rganiladi).

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish