tor doirada bo'ladi. Maktabning vazifasi bolalarning tushunishlari oson
boMgan narsa va voqcalar bilan bevosita tanishtirish orqali ularning
tasavvurlar zaxirasini har taraflama kengaytirishdir.
Bunda bolalarni atrofdagi olam va odamlarning hayoti bilan tanishtirish
uclnm iiyushtirilgan sayohatlar va yordamchi maktabning quyi sinflari
uchun nazarda tutilgan fan darslari tizimi katta ahamiyatga ega. Bu darslarda
tevarak-atrofdagi narsalar haqida yordamchi maktab o‘quvchilarida to‘g‘ri,
umumlashtirilgan tasawurlar vujudga keladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, aqli zaif o ‘quvchilarda, ayniqsa, kichik
yoshdagi lar тцгаккаЬ, aniq narsalami idrok qilishda
ularni mustaqil ravishda
qismlarga ajratish qobiliyatiga ega emaslar. Masalan, qush suratini muhokama
qilayotib, o ‘quvchilar undan qism larni (boshi, qan otlari, rangi,
tumshug‘ining xususiyati va hokazolarni) ajratolmaydi. Shuning uchun
o'qituvchi yordamchi maktab o ‘quvchilarining idrok qilishini pedagogik
jihatdan to ‘g‘ri uyushtirishi, idrok qilinayotgan obyektdan qismlarni
ajratishda, taqqoslashda, tasvirlashda va hokazoda unga yordam berishi kerak.
Aqli zaif bolalarni o ‘qitishda k o ‘rgazmalilik tamoyilini amalga
oshirishning keyingi bosqichi muayyan tafakkurdan mavhum tafakkurga
to ‘g‘ri o‘tkazish yo‘lini topish hisoblanadi. Bu masala o‘quvchilarda nutqni
o ‘stirish m asalasi bilan bevosita bog‘langan. Y ordam chi m aktab
o ‘quvchilarida tafakkurning m e’yorida rivojlanishi uchun narsa va
hodisalarning ko‘rgazmali tasvirlaridan tashqari, uning ongida hissiy idrok
qilingan narsa va hodisalarning mohiyatini o‘zida aks ettiradigan atamalar,
so‘zlar, jumlalarning mavjud bo‘lishi zarur. Faqat til kishiga muayyan
tafakkurdan mantiqiy mavhum tafakkurga o ‘tishga imkon beradi. Ko‘p
hollarda ko‘rgazmalilik tafakkurning tayanchi vazifasini o ‘taydi.
Ko‘rgazmalardan foydalanib, maktab, bir tomondan, o ‘quvchilarda
tevarak-atrofdagi dunyo haqida aniq tasaw urlam i vujudga keltirishni
ta ’minlab borsa, ikkinchi tomondan, maktab bolalarni mavjud dunyoda
kuzatilayotgan aloqa va munosabatlami ifodalash uchun til vositalari (so‘z,
jumlalar va hokazolar)dan to ‘g‘ri foydalanishga o ‘rgatishi kerak.
Bularning hammasi aqli zaif bola nutqi va tafakkurining yaxshi
rivojlanishini ta ’minlash uchun uni o ‘qitishda ko‘rgazmaIilik va so‘z
vositalaridan har bir dars, har bir o ‘quv mashg‘ulotida maqsadga muvo
fiq ravishda qanday foydalanish kerakligini sinchiklab o ‘ylab ko‘rishga
yordamchi maktab o‘qituvchisini majbur etadi.
Demak, ta’lim berishda ko‘rgazmalilik o ‘quv materialini mustahkam
va ongli o ‘zlashtirish shartlaridan biri, o ‘quvchilarning nutqi va tafakkurini
tuzatish zaruriy shart hisoblanadi.
Y ordam chi maktab ta ’limida ko‘rgazmalilik vositalaridan keng
foydalanish bilan bir qatorda, ya’ni ularni ortiqcha qo‘llash foydasiz
bo'libgina qolmay, zararli ekanligini ham esda tutish kerak. Maktab tajribasida
74
ko‘rgazmali qurollardan noto‘g‘ri foydalanish holatlarini uchratib turamiz.
Masalan, hech kerak bo‘lmagan holda ko'rgazmali qurol ishlatiladi, ba’zan
esa ko‘rgazmali qurol qo‘yilgan o'quv maqsadiga to‘g‘ri kelmasdan, salbiy
rol o'ynashi ham mumkin.
Yordamchi maktabda pedagogikada ma’lum bo‘lgan hamma ko‘rga/.mali
vositalardan foydalaniladi; natural ko‘rgazmalilik, tasviriy ko‘rgazmalilik,
so‘z ko‘rgazmaliligi va ramziy ko‘rgazmalilik. Bu o ‘rinda shuni e’tiborga
olish kerakki, ko'rgazmalilik turli shakllarda ifodalanishi mumkin: natural
ko‘rgazmalilik o‘quvchilaming narsa va hodisalarni bevosita idrok qilishini
nazarda tutadi, sinfda o ‘tkaziladigan tajribalar, sayohatlar ham shunga
kiradi. Tasviriy ko‘rgazmalilik tasviriy vositalar — rasmlar, mulyajlar,
diapozitivlar, kinokartinalar yordam ida am alga oshiriladi. Tasviriy
vositalaming mazmuniga qarab ko‘rgazmalilik haqiqiy, tasviriy va ramziy
ko‘rgazmalilikka (rasmlar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar) bo‘linadi.
So‘z ko'rgazmaliligi deganda, o ‘qituvchining o ‘quvchilarda muayyan
tasawurlami uyg‘otadigan yorqin, obrazli, jonli nutqi tushuniladi.
Modomiki yordamchi maktabda o‘qitish davrida
0
‘quvchilaming nutqi
va tafakkuri aniq — obrazlidan, mavhum — mantiqiyga qarab rivojlanar
ekan, turli ko‘rgazmali vositalarni qo‘llash ham shunchalik o ‘zgarib boradi.
Quyi sinflarda narsalar, hodisalar haqidagi tasawurlami vujudga keltirish
uchun natural va tasviriy ko‘rgazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori
sinflarda tasviriy va ramziy ko‘rgazmalilikdan foydalaniladi, chunki bola
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq,
ko‘rsatmali material orqali o‘zlashtirishga qobiliyatli bo‘ladi.
Yordamchi maktabda ta’lim berishda ko‘rgazmalilikni o‘quvchilaming
amaliy faoliyatlari bilan bog‘lash juda muhim. Shuning uchun ko‘pincha
fan darslarida bolalar o ‘rganilgan narsalarni yasaydilar yoki rasmini solish
bilan tasvirlaydilar, yoki ularning mehnati maktab yer maydonida hamda
sinfda tashkil qilinadi.
Shunday qilib, ko‘rgazmalilik tamoyili o ‘qitishni faollashtirishga ham
muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rgazmalilik tamoyiliga Beruniy fikri bilan yakun
yasasak: «Ko‘rgan narsalarni tasavvur qilishga odatlangach, sekin-asta
fikrlashga o ‘tish osonlashadi».
Do'stlaringiz bilan baham: