Maxsus pedagogika


-chizma 6  -  3.4 81 82 6-r



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

2-chizma
6
 - 
3.4
81


82
6-r
as
m.
 
1
0
3
-m
a
x
su

y
o
rd
a
m
c
h

m
a
k
ta
b
-i
n
te
rn
a
td
a
 
6-
sin
fd

on

ti
li
 
darsi 
(d
e
fe
k
to
lo
g
 
M
a
tlu
b
a
 
M
u
q
im
o
v
a
).


1.  Og‘zaki  uslublar  (tushuntirish,  suhbat,  hikoya).
2.  Ko‘rsatmali uslublar:  har xil ko‘rgazmali qurollami namoyisli qilish, 
ta’limda texriika vositalaridan  foydalanish,  ekskursiya,  mustaqil  kuzatish.
3.  Amaiiy  uslublar:  kitob  bilan  ishlash,  yozma  va  og‘zaki  mashqlar, 
laboratoriya  va  amaiiy  ishlar,  mustaqil  ishlarning ba’zi  turlari.
Har  bir  uslub  bir  necha  kichik  uslublardan  iborat.
Og‘zaki  uslublar
Og‘zaki uslublar qisqa muddat ichida hajmi bo‘yicha eng ko‘p axborot 
berish,  o ‘quvchilar oldiga  muammolar qo'yish,  ularni  hal qilish yo‘llarini 
ko‘rsatish  im konini  beradi.  Bu  uslublar  o ‘quvchilarning  mavhum 
tafakkurlarining  rivojlanishiga  sharoit  yaratadi.
Bilimlarni  tushuntirish  uslubining  mohiyati  shundan  iboratki,  bunda 
o ‘qituvchi  materialni  bayon  qiladi,  o ‘quvchilar  esa  uni  tayyor  holda 
qabul  qilib  oladi.  Materialning  bayoni  aniq,  tushunarli,  qisqa  bo‘lishi 
kerak.
Materialni og‘zaki bayon etishga tushuntirish,  o‘qituvchining hikoyasi 
kiradi. Yordamchi maktablarda ma’ruza qo‘llanilmaydi. Aqli zaif bolalarning 
psixofizik  nuqsonlari  sababli  hikoya  qilish  1—4-  sinflarda  10  daqiqa,  5—
8-sinflarda  esa  20  daqiqadan  oshmasligi  kerak.  Tushuntirish  bu  yangi 
materialni mantiqiy izchillikda bayon etishdir. Bu usul o‘quvchilami nazariy 
bilimlar  (qoida,  atama,  ta ’rif)  bilan  tanishtirishda  qo‘llaniladi.
Tushuntirishda  o ‘qituvchi  yangi  materialni  oldin  o ‘tilgan  material 
bilan  bog‘laydi,  uni  bilimlar  tizimiga  kiritib,  o‘quvchtlarda  bor  bilimlar 
bilan  yana  egallanuvchi  bilimlarning  o ‘zaro  bog‘liqligini  aniqlaydi.  Bu 
o ‘zaro bog‘liqlikni aniqlashda o ‘qitlivchi o ‘quvchilaming o ‘tgan tajribasiga 
tayanib,  ularda  bor  bilimlarni  eslashga jalb  qiladi.
Quyi  sinflarda  o ‘qituvchi  tushuntirishda  ko‘rgazmali  materiallar, 
qo‘llanmalar,  tarqatm a-didaktik  materiallar,  jadvallar,  chizmalar  va 
hokazolardan  keng  foydalanadi.
Yordamchi  maktabda  yangi  materialni  tushuntirish,  ayniqsa,  quyi 
sinflarda  uzoq  cho‘zilmasligi  kerak.  Yangi  materialni  katta  bo‘lmagan 
qismlarga bo‘lish kerak.  Bitta darsda uncha katta bo‘lmagan material bayon 
qilinadi.  0 ‘qituvchi tushuntirishni ahyon-ahyonda to ‘xtatib, o ‘quvchilarga 
savollar  berishi  mumkin:  «Sizlar  qanday  o ‘ylaysiz,  endi  nima  qilish 
kerak?»  Bunday  savollar  o ‘quvchilaming  bayon  qilinayotgan  materialni 
tushunishi,  kuzatishga  ulgurishlari  yoki  ularning  diqqatlari  barqarorligini 
aniqlash maqsadida berib turiladi.  Bunday savollar o ‘quvchilarning bilish 
faoliyatini  faollashtiradi,  ularning  diqqatini  yo‘naltirishga  imkon  beradi., 
Ko‘pincha o'qituvchining tushuntirishi didaktik materiallar, amaiiy ishlar 
bilan  birga  qo‘shib  olib  boriladi.
83


0 ‘qituvchining  hikoyasi  bu  voqea,  hodisalarni,  qahram onlarga 
tavsifnoma berishni ochiq,  his-hayajon bilan ifodalashdir.  U vaqt jihatidan 
qisqa  bolishiga  qaramay,  har  doim  faqat  o ‘quvchilaming  fikriga  emas, 
balki his-tuyg‘ulariga ham ta’sir etadi. Shunisi muhimki, hikoya o‘quvchilami 
qiziqtiradigan bo‘lishi, ularda darsda eshitganlariga nisbatan ko‘proqbilishga 
xohish uyg‘otishi kerak. Modomiki o'qituvchining so‘zi asosiy bilim manbai 
hisoblanar  ekan,  o ‘qituvchi  so‘ziga  jiddiy  talablar  q o ‘yiladi.  Bular 
quyidagilardan  iborat:
1. 0 ‘qituvchining so‘zi fonetik tomondan to‘g‘ri va ravshan bo‘lishi kerak.
2.  Har  bir  yordamchi  maktab  o ‘qituvchisi  o ‘zining  so‘zida  bo‘lgan 
kamchiliklar  ustida  ishlashi  kerak.  0 ‘qituvchining  jonli,  ravon  so‘zi 
o‘quvchilarning  darsga  bo‘lgan  ishtiyoqini  oshiradi.
0 ‘qituvchi  so‘zining  tez  va  sekinligi  o‘quvchilaming  dars  materialini 
egallash  qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar o‘qituvchi  materialni tez bayon 
etsa, o‘quvchilar o‘qituvchining so‘zlarini qabul qilishga ulgurolmay qoladilar. 
Natijada ulaming diqqati haddan tashqari kuchayib, tez pasayadi va tarqaladi. 
Shundan  so‘ng  o ‘quvchi  o ‘qituvchining  gapini  eshitgisi  kelmaydi,  o ‘zini 
ishdan chetga oladi. Biroq yordamchi maktabda nutqning juda sekinligi ham 
yaxshi  natija  bermaydi.  Chunki  bola jumlaning  oxirini  eshitguncha  uning 
boshlanishini  esdan  chiqaradi.
Suhbat  uslubi  —  bu  o ‘qituvchining  savol-javob  uslubidirki,  bunda 
o‘qituvchi o‘quvchilaming bilimlami qanday o‘zlashtiiganliklarini aniqlaydi 
va  amaliy  tajribalariga  tayangan  holda,  maxsus  tanlangan  savollar  tizimi, 
ularga  beriladigan  javoblar  y o ii  bilan  o ‘quvchilarni  qo‘yilgan  ta ’lim- 
tarbiyaviy va tuzatish masalalarini hal qilishga olib keladi. Suhbat yordamchi 
maktabda  keng  tarqalgan  o ‘qitish  uslublaridan  biri  hisoblanadi.  Yangi 
materialni  tushuntirishdagi  suhbat,  odatda, 
0
‘qituvchining  hikoyasi  bilan 
birga  qo‘shib  olib  boriladi.  Bu  holda  o'qituvchining  savollari  qonunlami, 
qoidalar va voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishlami tushunishga yordam beradi.
Suhbat  buyumlami  namoyish  qilish,  o‘quvchilaming  amaliy  faoliyati 
va  mustaqil  ishlari  bilan  q o ‘shib  olib  boriladi.  Suhbatni  o ‘tkazishga 
tayyorlanishda  o ‘qituvchi  mavzuni  va  maqsadni  aniqlab  va  uni  o‘tkazishi 
uchun  ko‘rgazmali  materiallami  tanlab,  savollami  puxta  o‘ylab  chiqadi.
0 ‘qituvchining  savollariga  quyidagi  talablar  qo‘yiladi:
1.  Savol bir o‘quvchiga emas,  balki butun sinfga qaratilishi kerak.  Qoidani 
bajarish yordamchi maktabda katta ahamiyatga ega. Chunki sinfda o‘tiigan har 
bir o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga javob berish uchun doskaga 
chaqirilib qolishi mumkinligini bilgan taqdirdagina ishga kirishadi. Shuning uchun 
bitta o‘quvchiga berilgan savol qolgan o‘quvchilami bu vazifadan ozod etadi.
2. Har bir savol to‘g‘ri qo‘yilishi va o‘quvchilaiga tushunarli bo‘lishi kerak. 
Ko‘p so‘zli savollar berilmasligi kerak.  Bundan tashqari, bir qancha savollami 
birdaniga,  birinchi  savolga javob  olmasdan  turib  berish  mumkin  emas.
84


3.  Savollar mazmuniga qarab bir-biridan farq qilishi kerakki,  ommaviy 
maktablarga  qaraganda  yordamchi  maktablarda  savollar  ko'proq  beriladi. 
Savollar juda qisqa va aniq bo‘lishi  lozim.
4. Savollarning shakli va uning oson yoki qiyinligi o ‘quvchilaming yoshiga 
qarab belgilanishi  kerak.  Berilgan  savollarning  ichida javobi  bo‘lishi  kerak 
emas,  aksincha,  berilayotgan  savollar  o ‘quvchilami  fikrlashga  undashi 
zarur.
5.  Berilayotgan  savol oldingi  savolga bog‘liq bo‘I ish i  kerak.
6.  Nutqida  kamchiligi  bo‘lgan  o ‘quvchiIarga shunday savollar berilishi 
kerakki,  ular  javobini  ko‘rsatishlari  yoki  yozib  berishlari,  yo  bo‘lmasa 
og‘zaki  bir  so‘z  bilan  javob  qaytarishlari  mumkin  bo‘lsin.
7.  0 ‘qituvchi  savollami  faqat  og‘zaki  berishi  shart  emas,  balki  yozma 
tarzda berishi ham mumkin.  Bu o ‘quvchilaming faqat og‘zaki nutqini emas, 
balki yozma  nutqini 
0
‘stirishga  ham  yordam beradi.  Masalan,  o‘qituvchi:
a)  og‘zaki  so‘rab,  og'zaki  javob  talab  qilishi  mumkin;
b)  savollami  sinf doskasiga  yozib  qo‘yib,  o'quvchilardan  og‘zaki  yoki 
yozma javob  berishlarini  talab  qilishi  mumkin;
d) 
o‘quvchilarga  alohida  yozilgan  savollami  tarqatib,  ulardan  o ‘ylab, 
shu  savollarga javob  berishlarini  so‘rashi  mumkin.
0 ‘quvchining javobiga  quyidagi  talablarni  qo‘yish  mumkin:
1.  0 ‘quvchilar  savolni  tushunib  yetishlari  kerak.
2.  Mantiqiy o ‘ylab, jumla tuza bilishlari kerak.
Yordamchi  maktabda  o ‘qituvchi  savolni  to ‘g‘ri  qo‘ygani  bilan  har 
doim  ham  o ‘quvchilardan  to ‘g‘ri  javob  ololmaydi.  0 ‘qituvchi  har  mahal 
o ‘quvchilarning  javobini  diqqat  bilan  tinglashi  kerak.  Ular  tomonidan 
qilingan xatolami o‘z vaqtida to‘g‘rilab borishi lozim. To‘g‘rilangan xatolami 
o‘quvchilar  tomonidan  takrorlashni  talab  qilish  zarur.
Aqli zaif bolalar ko‘pincha qisqa yoki bir so‘zli  «yo‘q» yoki  «ha»  degan 
javob bilan chegaralanadilar. Yordamchi maktab o ‘qituvchilari oldida turgan 
eng  muhim  vazifalardan  biri  o ‘quvchilardan  to ‘liq javob  talab  qilishdir.
Suhbat jarayonidagina o ‘quvchini savollar berishga o ‘rgatish imkoniyati 
yaratiladi. Dastlab bu juda qiyin bo‘ladi. Keyinchalik bolalar sekin-asta bunga 
o‘rganib  boradilar.
Shunday  qilib,  yordamchi  maktabda  suhbat  usuli  ta’lim  jarayonida 
o ‘qituvchi  oldida  turgan  um um ta’lim  va  tuzatish  borasidagi  tarbiyaviy 
vazifalami bajarishga yordam beradi.
0 ‘qituvchining bilimlarni tushuntirishi hikoya shaklida amalga oshirilishi 
mumkin.  0 ‘qitish jarayonining hamma bosqichlarida darslik va kitob bilan 
ishlanadi,  ammo  bu ish  o'quvchilardan  m a’lum  malaka va o ‘qituvchining 
yordamini  talab  qiladi.  Yordamchi  maktab  amaliyotida kitob  va darsliklar 
bilan  ishlashning  quyidagi  usullaridan  foydalaniladi:  ovoz  chiqarib  o ‘qish, 
ichida  o‘qish,  o ‘qituvchining  matnni  o ‘qib  berishi.
85


0 ‘qishning  birinchi  yillarida  ovoz  chiqarib  o ‘qishga  katta  ahamiyat 
beriladi.  To‘g‘ri,  ifodali  va  bir  yo‘la  o‘qish  ko‘p  jihatdan 
0
‘qituvchining 
o ‘qishga  qanday  e’tibor  berishiga  bog‘liq  b o ‘ladi.  I  va  II  sinflarda 
o‘quvchilaming to‘g‘ri o‘qishiga katta ahamiyat beriladi. Chunki o‘quvchilar 
tovushlami  bo‘g‘in  va  so‘zlarga  bog‘lashda juda  qiynaladilar.
Yuqori sinflarda ko‘proq ichida o‘qishdan foydalaniladi, buning yordamida 
bolalar  kitob  bilan  mustaqil  ishlashga  o ‘rgatiladi.  Matnning  o ‘qituvchi 
tomonidan o‘qilishi yordamchi maktabda namunali o ‘qish sifatida, o'qilganni 
so‘zlab  berish  yoki  matn  mazmuni  ustida  suhbat  o ‘tkazish  uchun, 
o‘quvchiiarning  mantiqiy  tafakkurlarini,  nutqini,  diqqatini,  fonematik 
eshitishini,  tahlil  va tasnif qilish jarayonlarini  to‘g‘rilash  uchun  qo‘llaniladi.
Bu  usulning  katta  tuzatish-tarbiyaviy  ahamiyati  borligini  hisobga  olib, 
undan  hamma  o ‘quv  yillarida  keng  foydalanish  mumkin.
Yordamchi  maktab o ‘quvchilarini kitob bilan  ishlashga o ‘rgatishda awal 
ularda  ongli  o‘qish  malakasini  hosil  qilish  katta  ahamiyatga  ega.  Shuning 
uchun  darslikda  gap  borayotgan  narsalar va  voqealar bilan  o‘quvchilaming 
bevosita  yoki  «ko‘rgazmali  vositalar»  yordamida  tanishuvini  maksimal 
ta’minlashga erishish kerak.  Bolalar nima o‘qiyotganliklarini tushunishlari va 
tasavvur  etishlari  lozim.
Darslik materialini  ongli  o‘zlashtirish  uchun  o‘quvchilar matndagi hamma 
so‘zlami tushunishlari zarur.  Shuning uchun darslik bilan ishlash o‘qituvchidan 
maxsus atamalar,  qiyin  so'zlar ustida lug‘at bilan  ish  olib borishni  talab  qiladi.
Darslik bilan  ishlashda o ‘quvchilaming diqqatini  matnda joylashtirilgan 
jadval, karta,  rasmlarga qaratish kerak.  Matnni o‘qitishdan oldin o‘quvchilar 
bilan birgalikda rasmlami batafsil tushunib yetmoq maqsadga muvofiqdir.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish