1.4. Oiigofrenopedagogikada foydalaniladigan
tadqiqot uslublari
Tarbiyaga oid barcha ish tajribalarini o'rganmay va umumlashtirmay,
pedagogik jarayonni chuqur tadqiq qilmay turib pedagogika fanini
rivojlantirib bo‘lmaydi. Dialektik materializm pedagogikani ilmiy bilishning
umumiy usuli bilan qurollantiradi, ammo boshqa har qanday fan kabi
oligofrenopedagogika fanining ham xususiy o‘ziga xos tadqiqot uslublari
mavjud. Ilm iy -tad qiqo t uslublari — bu qo n u n iy b og‘lanishlarni,
munosabatlami, aloqalami o‘rganish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida
ilmiy axborotlarni olish yo‘llaridir. Kuzatish, eksperim ent, maktab
hujjatlarini o‘rganish, o‘quvchilar ishlarini o ‘rganish, suhbat va anketalar
o ‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot uslublari jumlasiga kiradi.
Ilmiy tekshirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
a) o ‘quvchilami pedagogik o'rganish, nuqson tuzilishining kelib chiqish
sabablarini aniqlash, o ‘ziga xos shaxsiy sifatlarini, bilish imkoniyatlarining
rivojlanish darajasini o‘rganish;
b) aqliy taraqqiyotdagi nuqsonlarni korreksiyalashning samarali
yo‘llarini, sharoitlarini aniqlash;
d) o'quvchilarga pedagogik ta ’sir etishning ilg‘or usullarini ishlab
chiqish va takomillashtirish;
e) rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar ta’lim tizimi
va ulaming ijtimoiy
mehnatga moslashishini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash.
Uslublar tizimida o ‘quvchi!ami o'rganishga bag‘ishlanganlari alohida
ahamiyatga ega. Chunki oligofrenopedagog amalda ruhiy rivojlanishning
individual mazmuni talab etgan murakkab ko‘rinishlarga duch keladi.
Maktab hayotida o ‘quvchilarni o ‘rganish uchun kichik darajadagi axborot
materiallari yig‘iladi. Bularga o'quvchilar bilish faoliyatlarining ongliligi,
ulardagi umumlashtirish va abstraksiyalashning rivojlanganlik darajasi,
bilish jarayonlarining dinamikligi, mustaqillik darajasi, uquvchanligi,
o ‘quv ish qobiliyatlari va boshqalar kiradi. Pedagogik holatlami tekshirishda
oligofrenopedagogika umumpedagogik, psixologik, klinik uslublardan
foydalanadi. Kuzatish, suhbat, psixologopedagogik tajribaning turli
variantlari, klinik tekshirish, o‘quvchilar faoliyat mahsulotlarini tahlil
qilish, ijtimoiy uslublar (so‘rash, savol-javob, anketa, o‘z-o‘ziga baho
berishlar)dan keng foydalaniladi.
Bu uslublarning qo‘llanilish xususiyatlari pedagogik adabiyotlarda
yetarli ochib berilgan. Bu uslubdan foydalanganda normal va nuqsonli
bolalar taraqqiyoti taqqoslanadi. Turli klinik shakllardagi aqli zaiflik
natijalari nisbiy o ‘rganiladi. Ayniqsa, aqli zaif bolalarni o ‘rganishga katta
e’tibor beriladi. Bu dinamik xarakter kasb etib, o ‘z ichiga quyidagi
davrlarni oladi:
13
1. Bolaning rivojlanishida chetga chiqishlar aniqlangach, uni oilada
o ‘rganish.
2. Bola sog‘lig‘ini nazorat qilish, davolash uchun nazorat qilish.
3. Yordamchi maktab davrida bola sog‘lig‘ining nazorati uchun ulami
izchil ko'riklardan o ‘tkazib turish.
4. Bolani yordamchi maktab ta ’limiga yuborish uchun uni aihiy-tibbiy-
pedagogik komissiyada o'rganish.
5. Maktabga kelish oldidan bolani takroriy maktab tibbiy-pedagogik
komissiyada o'rganish.
6. 0 ‘qituvchi va tarbiyachi tomonidan bolani izchil ravishda, butun
maktab ta’limi davomida o ‘rganish.
7. Bolani maktab ta’limidan keyingi katamnestik o ‘iganish.
Bolani bunday m untazam , uzluksiz tekshirish, o ‘rganish barcha
taraqqiyot davrlaridagi materiallar bilan obyektiv ravishda tanishtiradi.
H ar bir tekshirilayotgan ko‘rsatkich asosiy aqli zaiflikning asosiy
ko'rsatkichi bo'lgan umumlashtirishning rivojlanmaganligi bilan bog‘liqligi
e’tiborga olinishi lozim. Shaxsning ayrim sifatlari tekshirilayotganda bir
butunlik tamoyiliga alohida e’tibor beriladi. Shaxsga bunday munosabatda
bo'lish bolaga ijobiy va salbiy xislatlar yig‘indisi deb qarash emas, balki
uni o'ziga xos butunlik deb tushunmog‘imiz darkor. Shu
asosda asosiy nuqson
va ikkilamchi hosilalarni to‘g‘ri aniqlashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: