Maxsus pedagogika



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

l-c h izm a
P ed ag o g ik a tarixi 
X alq  pedag o g ik asi
Nuqsonli  shaxsning  rivojida  tabiiy  va  ijtimoiy  omillarning  o ‘zaro 
m unosabati,  yordam chi  m aktab  o'quvchilari  bilish  faoliyatlaridagi 
umumiylik va xususiylik, ichki va tashqi omillar, ta’lim-tarbiya va rivojlanish, 
korreksiyalash,  ta’lim-tarbiyada  umumpedagogik  va  maxsus  usullar  va 
boshqalar oligofrenopedagogika fanining umumiy masalalarini tashkil etadi.
Oligofrenopedagogikaning  mavzu  bahsi  —  nuqsonli  bolalar  ta ’lim- 
tarbiyasi va rivojlanishidir. Bu esa har doim g‘oyaviy kurashlar uchun manba 
bo‘lib  kelgan.
11


Aqli  zaif bolalam ing  rivojlanish  im koniyatlari  va  ularning  ijtimoiy 
m ehnatga  moslashish  masalalari  ham   o ‘tkir  m unozaralarga  sabab 
b o ‘lgan.
Chet el «defektologlarining» ta’kidlashicha,  aqli zaif bolalar ongi tashqi 
olamni  aks  ettirish  sifatida  emas,  balki  ularning  ichki  nuqsonli  holatining 
aks  etishidir.  Shu  asosda  ular  aqli  zaif  bolalarga  «axloqiy  nuqsonlilik», 
«axloqsizlik» xosdir, deb tushuntirishga urinadilar. G o‘yoki aqli zaif bolalar 
tug‘ma yolg‘onchilik,  egoizm,  qaysarlik  kabi  xislatlar  bilan  dunyoga  kelar 
ekanlar.  Ularning ta’kidlashicha,  aqli zaif bolalar rivojlanishga,  tuzatilishga 
imkoniyatlari  bo‘lmagan  nuqsonlilardir.
Bunga  o'xshash  qaram a-qarshiliklar,  ayniqsa,  sobiq  tuzum ning 
bolalaming  aqliy  qobiliyatlarini  aniqlash  vaqtlarida  testlardan  noto‘g‘ri 
foydalanish natijasida normal bolgan bolalaming ko‘pchiligi asossiz ravishda 
yordamchi  maktablarga  yuborildi.  Bu  narsa  haqiqiy  aqli  zaif bolalaming 
ta’lim-tarbiya usullarini, tamoyillarini ishlab chiqishga juda katta salbiy ta’sir 
etdi.
Oligofrenopedagogika nuqsonli shaxs rivojida irsiy omillarga alohida 
e’tibor beradi. Ammo  irsiy,  nasliy belgilar shaxsning ijtimoiy mohiyatini 
belgilam aydi.  Bilim lar,  axloqiy  moyillik,  k o ‘nikm a  va  m alakalar 
xromosomlar orqali  nasliy yo‘l bilan avloddan avlodga berilmaydi.  Balki 
bular  hayot  jarayonida  orttirilib  boriladi.  Inson  tug‘ma  tabiiy  belgilar 
bilan  unga  ta ’sir  etuvchi  holatlarning  o ‘zaro  mahsulidir.
Inson  jamiyatda  moddiy  va  m a’naviy  hayot  jarayonida  shakllanib 
boradi.
Rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  shaxsning  rivojlanishi  normal  shaxs 
rivojlanishi  singari  irsiy va  ijtimoiy  dastur asosida yuz beradi.  Ammo bu 
yerda aqli zaif bolaning ijtimoiy rivojlanishi nuqson asosida rivojlanishini 
unutmasligimiz kerak.  Bu  narsa aqli zaif bolaning bilish  imkoniyatlarini 
toraytiradi.  Bosh miya yarim sharlarida organik buzilishlar borligi oqibatida 
aqli  zaif bolalar  atrof-m uhitni  buzilgan  holda  qabul  qiladilar.
Hozirgi zamon defektologiyasi bosh miyadagi organik buzilishlar ma’lum 
nuqsonlarga  olib  keladi,  ammo  bu  nuqson  o ‘zgarmas  holat  emas,  deb 
tushuntiradi.  Bunday hollarda organizmning himoyaviy kuchiari o ‘z ta’sirini 
o'tkazib,  organizmning  keyingi  sharoitlarga  moslashishiga  yordam  beradi. 
Bunda  organizmning  rivojlanish  imkoniyatlari  ishga  solinadi.Rivojlanishi 
nuqson asosida davom etadi.
T a’lim-tarbiya ta ’siri  ostida ayrim  nuqsonlar to ‘g‘rilansa  (korreksiya 
qilinsa),  ayrimlari  yumshatiladi,  ayrimlari  kompensatsiya  qilinadi.  Shu 
asosda barcha sohalarda oldinga qarab harakat qilinadi.  Mana shu ishonchli 
g‘oya nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasining mohiyatini belgilovchi  nazariy 
ishlarning  uslubiy  asosini  belgilab  beradi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish