Maxsus pedagogika



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

debillik,  imbetsillik 
va idiotlik.  Har qaysi  daraja  haqida  qisqacha to ‘xtalib 
o ‘tamiz.
Debillik 
birmuncha  yengil  daraja  b o iib ,  oligofreniyaning  eng  ko‘p 
tarqalgan turidir. Yordamchi maktabga bolalarni saralash vaqtlarida asosan 
shu  bolalar  bilan  ish  olib  boriladi.  Yordamchi  maktab  o ‘quvchilarining 
asosiy  qismini  ham  debil  bolalar  tashkil  qiladi.  Bu  bolalarni  saralash 
vaqtida ham m a’lum qiyinchiliklarga duch kelinadi.  Buning asosiy sababi 
shuki,  aqliy  nuqson  u  darajada  chuqur  emas.  Bu  bolalar  umumlashtira 
oladilar.  Bog'cha yoshi davrida primitiv, sodda mazmunli o ‘yinlarni tashkil
22


qila oladi.  Maktab yoshi  davrida esa m a’lum  muayyan  holatlarni baholay 
oladi,  amaliy  masalalarni  yechishda  to ‘g‘ri  ish  tutadi.  N utqi  asosan 
saqlangan  bo'lib,  mexanik  xotirasi  nisbatan  yaxshi  natijalar  beradi. 
Bulaming  barchasi  yordamchi  maktab  dasturi  hajmidagi  materiallarni 
muvaffaqiyatli  o ‘zlashtirishga  yordam  beradi.  Debil  bolalarda  yetarli 
harakatchanlik,  ish  qobiliyatlari  saqlangan  bo‘ladi.  Bu bolalarda  nisbatan 
hissiyot-iroda sifatlari  yaxshi saqlangani  natijasida o ‘zlarini  nazorat qilish 
imkoniyatlari  mavjud.  Yordamchi  maktabning  maxsus  sharoitlari  tufayli 
debil  bolalar  9  yil  davomida  ommaviy  m aktablar  boshlang‘ich  sinf 
hajmidagi  o ‘quv  materiallarini  egallab,  m a’lum  ishlab  chiqarish,  kasb- 
hunar  tayyorgarligini  oladilar.
Q a to r  ijobiy  x isla tla rig a   q a ra m a y ,  m a ’lum   d a ra ja d a   aqliy 
rivojlanmaganlik  bu  bolalarga  ham  xosdir.  Bu  bolalarning  tafakkurlan 
ko‘rgazma-obraz  mazmunini  kasb  etadi.  Tushunchalaming  shakllanishi 
juda  qiyin  amalga  oshadi.  Umumlashtirish,  taqqoslash  jarayonlari  juda 
zaif kechadi.  0 ‘qilgan muayyan mazmunni qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. 
F anlarni  to ‘g ‘ri  idrok  qila  turib,  ularning  ichki  bog‘lanishlarini 
tushunmaydilar.  Bunday  xislatlar  debil  bolalar  bilan  mazmunli  rasmlar, 
izchil  voqealarni  tasniflash  tajribalari  o ‘tkazilganda  yaqqol  ko‘rinadi, 
hisoblash  malakalari  ham  qiyin  shakllanadi.  Sonlar,  suratli  arifmetik 
belgilar mohiyatini yetarli tushunib yetmaydilar.  Ular sodda masalalaming 
shartlarini dastlabki tushuntirishlarda bila olmaydilar.  Uni yechishda oldingi 
ishlagan yo'llarni qo‘llaydilar. To‘g‘ri yozish malakalarini qiyinchilik bilan 
egallaydilar.  Ularning  nutqi  sodda,  grammatik  tomoni  buzilgan,  tili 
chuchuk  boiishi  mumkin.  So‘zli  tushuntirishlar  muayyan  holatlar bilan 
bog‘liq  bo'lmasa  materialni  juda  qiyin  idrok  etadilar.  Debil  bolalarning 
yetarli  aqliy  taraqqiy etmaganligi  ular shaxsining shakllanmaganligi  bilan 
birga  qo‘shilib  keladi.  Bu  xislat  fikr  yuritish  va  qarashlarning  mustaqil 
emasligida,  bilimga  intilishlarning  yetishmasligida,  tashabbuskorlikning 
bo'shligida,  mehnat faoliyatlarida namoyon bo‘ladi.  Hissiyot-iroda sohalari 
yetarli  saqlangan  holda,  ayrim  qayg‘urish,  xursand  bo‘lish  vaqtlarida 
o ‘zlarini  yetarli,  nuqsonsiz tengdoshlaridek tuta olmaydilar.  Ayrim  nozik 
differensiyalashgan  harakatlar,  yuzlardagi  ifodalilik  yetishmaydi.  Ba’zan 
nevrologik  belgilar,  tana  displaziyasi,  endokrin  buzilishlar  uchraydi.  0 ‘z 
vaqtidagi  to ‘g ‘ri  ta ’lim -tarbiya,  m ehnat  m alakalarini  berish,  aqliy 
nuqsonni murakkablashtiruvchi asab-ruhiy taassurotlami yo‘q qilish orqali 
debil  bolalarni  muvaffaqiyatli  ravishda  hayotga  moslashtirish  mumkin. 
Bu  bolalar  tashabbus,  mustaqillik,  bir  ish  turidan  boshqa  ish  turiga  tez 
o ‘tish  talab  etilmaydigan  ish  jarayonlarida  yetarli  unum  bilan  mehnat 
qiladilar.  Bu bolalardagi amaliy intilishlarning borligi  kelajakda jamiyatda 
o ‘z  o ‘rinlariga  ega  bolishlarini  bilishlari  asosida  mehnat  malakalarini 
egallashlariga yordam  beradi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish