Maxsus pedagogika



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Savol  va  topshiriqlar
1.  0 ‘qitish  uslublari  deyilganda  nimani  tushunasiz?
2.  Boshlang‘ich  sinflarda  qanday  og‘zaki  o ‘qitish  uslublari  qo'llaniladi?
3. K o‘rsatmali uslublami qo‘llashning qimmati va xususiyatlari nimadan iborat?
4.  Yordamchi  maktablar  o ‘quv  jarayonlarida  amaiiy  ishlarning  qanday 
ko'rinishlaridan  foydalaniladi  va  ulaming  ta’limiy  qimmati  nimadan  iborat?
5.  Didaktik o ‘yinlaming qimmati  nimada?
6. Darsda o'qitishning har xil uslublaridan birgalikda foydalanishning afzalligini 
asoslab  bering.
7. Yordamchi maktabda darsni kuzating va o ‘qituvchi qaysi o'qitish uslublaridan 
foydalanganligini  ko‘rsating.
3.5.  Yordamchi  maktabda  o ‘qitishni  tashkil  qilish.
Yordamchi  maktablarda  dars  va  dars  turlari
Yordamchi maktablarda ta’lim jarayonini tashkil qilishning individual 
va guruhli shakllaridan foydalaniladi. Asosan sinf dars tizimi  qo‘llaniladi. 
Pedagogika fanining taraqqiyotida alohida o ‘ringa ega bo‘lgan buyuk chex 
pedagogi  Yan  Amos  Komenskiyning  «Buyuk  didaktika»  asarida birinchi 
marta  dars  masalasi  atroflicha  ochib  berildi.  Keyinchalik  qator  olimlar, 
p ed ag o g lar  d arsn in g   tu rli  to m o n la rin i  tu rlic h a   riv o jlan tird ila r.
89


0 ‘zbekistonda  M unaw ar qori,  Abdulla Avloniy  va boshqa  ma’rifatparvar 
olimlar jadid  maktablari  yaratganlar.  Yordamchi  maktablardagi  dars  esa 
A.N.Graborov,  G.M.Dulnev,  I.G.Yeremenko va boshqalar ishlarida ochib 
beriJdi.  Ommaviy  maktablarda  bo‘lganidek,  yordamchi  maktablarda  ham 
o‘quvchilar o ‘zlarining yosh va bilish saviyalariga ko‘ra m a’lum guruhlarga 
birlashtiriladi  hamda ularga nazariy,  amaliy bilimlar berila boshlaydi.  Dars 
deganda ma’lum fanlardan, ma’lum hajmdagi bilimlarning ma’lum yoshdagi 
o‘quvchilar guruhiga  maxsus  tayyorgarligi  bo‘lgan  mutaxassis  tomonidan 
berilishini tushunamiz. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar 
saviyasini  ko‘tarish,  nazariy  bilimlami  hayot  bilan  bog‘lab  olib  borish, 
aqli  zaif  bolalar  nuqsonlarini  tuzatish  va  boshqa  qator  masalalarni 
rivojlantirish  borasida  ko‘p  ishlar  qilinmoqda.  Yordamchi  maktablardagi 
darsga  qo‘yiladigan  asosiy  didaktik  talablardan  biri  uning  tuzatish  va 
tarbiyalashga  korreksion  yo‘naltirilganligidir.  A.N.Graborov  quyidagi 
tuzatish-tarbiyalash  vazifalarini  hal  etishni  taklif etadi:
1. T a’limda mumkin qadar ko‘proq sensor mexanizmlarni jalb etish.
2.  Kuzatgan  holatlarni  to ‘g‘ri  bayon  etishni  mashq  qilish.
3.  0 ‘quvchilaming  kuzatuvchanligini  rivojlantirib  borish.
Ta’lim  jarayonida  o ‘quvchilar  narsa  va  voqealar  bilan  tanishibgina 
qolmasdan,  balki  ular haqida fikrlaydilar.  Bu esa,  o‘z  navbatida,  bolalarda 
tabiatning  rivojlanish  qonuniyatlari  haqidagi  bilimlarning  shakllanishiga 
olib  keladi.  Darsning  tarbiyaviy  mazmun  kasb  etishi,  berilayotgan  mate­
rial mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o ‘quv materiallarini 
egallash  usullari  bilan  xarakterlanadi.
Agar  o ‘qu vchilar  b ilim lam i  egallash  v aqtida  fikr  yuritsalar, 
taqqoslasalar,  xulosa  qilsalar,  o ‘z  fikrlarini  bayon  etsalar,  uning tarbiyaviy 
tomoni yanada ortadi.  Shu  sababli  dars materiallarini tanlash,  har bir dars 
uchun  ta’lim  usullarini  belgilash  zarur.  Darsdagi  o ‘quv  materiallarining 
hajmi,  o ‘quvchilar  imkoniyatlari  dastur  talablarida  belgilangan.  Darsdagi 
o ‘quv  materiali  o‘quvchilaming  yosh  xususiyatlariga  mos  bo‘lishi  kerak. 
Agar  o'qituvchi  bolalarga  imkoniyati  yetmaydigan  o ‘quv  materiallarini 
bersa,  albatta  uni  egallashga  bolaning  kuchi  yetmaydi.  Buning  oqibatida 
bo lalard a  charchash  hollari  kuzatiladi.  A m m o  d arsda  bolalarga 
imkoniyatlaridan kam o ‘quv materiali berilsa yanada salbiy natijalarga olib 
kelishi mumkin. M a’nosi sodda materiallami qaytarish o‘quvchilar diqqatini 
pasaytiradi  hamda  materialni  o‘zlashtirishga xalaqit beradi.
Yordamchi  maktab  o'quvchilari  diqqatining  turg'un  emasligi,  tez 
charchashi  sababli  dars  jarayonida  o ‘quvchilaming  turli  faoliyatlaridan 
foydalanish  tavsiya  etiladi.  Ko‘rgazmali,  og‘zaki  va  amaliy  ish  usullarini 
birga qo‘shib olib borish  maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim  materialining  murakkabligi  va  hajmi  bolalarning  psixologik 
xususiyatlari va ulaming yosh imkoniyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
90


Yosh ulg‘aygan sari bolalar bilan olib boriladigan ish uslublari ham oV.garib 
borishi taqozo etiladi.  Shuningdek, bolalarning darsdagi  faoliyat  mazmuni 
ham  o ‘zgarib  boradi.  Bu  o'zgarish  bilimlar,  ko‘nikma  va  malakalar 
egallashdagi  mustaqillikning  ortishida  namoyon  bo‘ladi.
Y ordam chi  m aktablarda  darslarga  qo‘yiladigan  m uhim   didaktik 
talablardan biri o ‘quvchilaming individual, guruhli,  frontal  ishlarini to ‘g‘ri 
qo‘shib  olib  borishdir.  Ushbu  talabni  amalga  oshirish  asosan  yordamchi 
maktab o‘quvchilarini birinchi marta sinflarda jamoa bo‘lib birikishlarida va 
ular o ‘zaro  m a’lum darajada individual xususiyatlari bilan farq qilganlarida 
aniq  namoyon  bo‘ladi.  Bu  o ‘ziga xos xususiyatlar yordamchi  maktablarda 
turli  toifalardagi  (oligofren,  shizofrenik,  bosh  miyasi  jarohatlangan  va 
hokazo)  b o lalarning  o ‘qitilishi,  y a’ni  ularning  um um iy  xarakter 
xususiyatlari,  aqliy jihatdan  orqada  qolganliklari  bilan  belgilanadi.  Biroq 
ana  shu  asosiy  yetishmovchilikning  namoyon  bo‘lishi  kasallik  xarakteri, 
uning kelib chiqish sabablari va jarohatlanish darajasi bilan bog‘liq.  Shuning 
uchun  toifadagi  bolalar,  masalan,  debil  darajadagi  oligofrenlar o‘zlarining 
o'qish  imkoniyatlari  bilan  tubdan  farq  qiladilar.
Bulaming hammasi o ‘qituvchining ishni shunday rejalashtirishini taqozo 
etadiki,  bunda  sinf  bilan  keng  ko'lamli  ishlashda  har  bir  o ‘quvchining 
individual  imkoniyatlari  hisobga  olinsin.  Bunda  individual  yondashish  va 
o'quvchilarga  differensial  munosabat,  ularning  imkoniyatlariga  tayangan 
holda, darsdagi keng ko‘lamli ishga hamma bolalarni jalb etishga qaratiladi.
Guruhli va individual mashg‘ulotlar qoloqlikni yengishda g‘oyat muhim 
ahamiyatga  ega.  0 ‘qituvchining  qoloq  o ‘quvchilar  uy  vazifalarini  qanday 
bajarganliklari  ustidan  nazorat qilishi,  ular bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar 
o‘tkazish, javob berish uchun tez-tez doskaga chiqarish, o ‘z vaqtida qo‘llab- 
quwatlash  va  rag‘batlantirish,  kerak boiganda  tanbeh  berish  — bulaming 
hammasi  qoloqlikning  oldini  olish  tadbirlaridir.  Shu  maqsadda,  bilimni 
o‘zlashtirishdagi kamchilikni o‘z vaqtida aniqlash va kerakli yordam berish 
uchun  o ‘quvchilarning  yangi  materialni  qanchalik  o ‘zlashtirganliklarini 
doimo  tekshirib  turish  zarur.
Shunday qilib, darsda keng ko‘lamli, guruhli, individual ishlami qo‘shib 
olib borish  o ‘quv  mashg‘ulotIarini  shunday  olib  borishga  imkon  beradiki, 
bunda  yaxshiroq  tayyorlangan  o ‘quvchilar  ishda  ushlanib  qolmaydilar, 
tayyorgarligi kamlari esa ularda tenglashadilar.  Hamma ko'rsatilgan didaktik 
talablar  oldindan  o ‘ylab  chiqilgan  tuzilish  bilan  aniqlanishi  darsning  aniq 
tashkiliy  tuzilishi  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi,  bu  esa  darsning  turi  va 
m aq sad i,  shu  b ilan   b irg a,  u n in g   d id a k tik ,  psixo lo g ik ,  uslubiy 
tugallanganligiga bog‘liq.
Darsning  didaktik  tugallanganligi  darsning  tuzilishi  va  natijalarining 
o ‘zaro  muvofiqligi  bilan  belgilanadi.  Darsning  psixologik  tugallanganligi 
dars  davomida  o‘quvchilaming  egallangan  bilimlardan  qoniqish  hissi  va
91


0
‘qituvchining  esa  darsdagi  o ‘quvchilar  faoliyatidan  qoniqish  hissining 
paydo bo‘lishi bilan belgilanadi.  Darsning uslubiy tugallanganligi qo‘yilgan 
didaktik masalani  muvaffaqiyat bilan yechishga  imkon beradi  va darsning 
mazmuni, maqsadiga mos keladigan aniq ishlangan uslubiyatda ifodalanadi. 
Tashkiliy  aniqlikning  zarurligi  materialni  bo‘laklarga  bo‘lish,  o ‘qitish 
usullarini tanlash va darsning turli elementlarining o ‘zaro munosabati bilan 
belgilanadi.  Shunday  qilib,  yordamchi  maktablardagi  darslarga  quyidagi 
didaktik  talablar  qo‘yiladi:
1.  D arsning  korreksiyalash  (to ‘g ‘rilash),  tarbiyaviy  va  t a ’limiy 
maqsadlarining  uzluksizligi,  ajralmasligi.
2.  Darsning  har  bir  qismi  uchun  uslub  va  o ‘quv  materialini  to ‘g‘ri 
tanlash.
3.  Keng  ko‘lamli,  guruhli  va  individual  ishni  qo‘shib olib borish.
4.  Darsning tashkiliy aniqligi.
0 ‘qitish nazariyasida darsni mavzular bo‘yicha tasniflash muhim masala 
bo‘lib  hisoblanadi.
Yordamchi  maktablardagi  didaktik  maqsadga  muvofiq holda quyidagi 
turdagi  darslar  qo‘llaniladi:
1.  Yangi  bilim berish  darsi.
2.  Aralash  darslar.
3. Amaliy darslar (darsni mustahkamlash va egallangan bilimni amalda 
qo‘llash).
4.  Nazorat,  hisobga olish  darslari.
5.  Umumlashtirish,  qaytarish  darslari.
Didaktik  maqsad  darsdagi  asosiy  ish  turini  aniqlaydi  (yangi  materialni 
o‘zlashtirish, uni qaytarish, sistemalashtirish va hokazo). Didaktik maqsadga 
muvofiq,  m a’lum  ishga  vaqt  ajratiladi,  o‘qitish  uslublari  va  darsning  to ‘la 
tuzilishi  belgilanadi.
Yordamchi  maktablardagi  darslar asosan  nuqsonni  tuzatish  maqsadini 
ko‘zlaydi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish