8 .3 . Oilada yordamchi maktab o ‘quvchilarini
m a’naviy-axloqiy tarbiyalash
Oila va oilaviy tarbiya pedagogika fanining muhim muammolaridan
hisoblanadi. Milliy istiqlol vazifalaridan biri ham ushbu muammoni
har tom onlam a va chuqur tadqiq etilishini talab qiladi. C hunonchi,
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘layotgan o'zgarishlar, oilaga,
bola tarbiyasiga b o ‘lgan m unosabatga ham sezilarli darajada t a ’sir
qilmoqda.
Ayniqsa, milliy m ustaqillik sharoitida oiladagi bola tarbiyasiga
b o ig a n e ’tibor kuchaydi. Chunki jam iyat aqlan yetuk, axloqan pok,
jism onan baq u w at, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan m anfaatdor.
Bunday avlod, eng avvalo, m a ’naviy-axloqiy jih atd an sog‘lom va
m u sta h k a m o ila d a s h a k lla n a d i. Z e ro o ila n i riv o jla n tiris h va
mustahkamlash uchun qilinadigan g‘am xo‘rlik kelajak avlod taqdiri
bilan bog‘liqdir. H ar qanday jam iyatda ham buyuk davlatning barpo
etilishi yoshlar qanday boMishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga
bog‘liq. D em ak, bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik masala
hisoblanib, har qanday jam iyatning oilada bola tarbiyasiga b o ‘lgan
talabi ortib boradi. Ayni vaqtda davlatning ota-o n an in g bolalarni
1 4 - 3 3
209
tarbiyalashdagi, farzandlaming ota-ona oldidagi mas’uliyatini oshirishdagi
roli kuchayadi.
Milliy istiqlol mafkurasining negizida yosh avlodni milliy mustaqillik
ruhida tarbiyalash g‘oyasi yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlami
m illiy g ‘u ru r, m illiy iftixor, m illiy ong va o ‘z - o ‘zini anglash,
vatanparvarlik tuyg'ullarini shakllantirishni taqozo etadi.
Vatanparvarlik tushunchasini kengroq tushunish lozim. Vatanparvarlik
tuyg‘usini tarbiyalashni umummilliy va baynalmilalchilik manfaatlari birligi
bilan qo‘shib olib borilgandagina umuminsoniy m a’no kasb etadi. Vatan
ostonadan boshlanadr, degan ibora Vatanni sevish, ota-onani sevish
insonlar bir-birini sevishi, bir-biriga m ehr-m uruwatli, saxovatli, sadoqatli
bo‘lishdan boshlanadi, degan m a’noni ham bildiradi. Ota-onaning bolaga
bo‘lgan mehr-muhabbati tufayli o ‘z vaqtida Vatanga bo‘lgan muhabbat
mushtarakligiga erishish mumkin. Mustaqillik sharoitida oila va oilaviy
munosabatlarga yangicha yondashish deganda xuddi shunday tushunchani
tushunmoq darkor.
Mustaqillikka erishgach, milliy istiqlol o ‘zbek oilasi hayotiga, uning
ma’naviy qiyofasiga ijobiy ta’sir etmoqda. Chunonchi, ko‘p yillar davomida
e’tibor berilmay kelingan oilaviy an’analar qaytadan tiklanmoqda, milliy
xususiyatlar takom illashib borib, oilaning m illiy qiyofasi ko‘zga
tashlanmoqda. Oilaviy turmush sinfiy va siyosiy yondashishdan xoli
bo‘lmoqda. Bulaming hammasi mustaqillik sharoitida oilaviy va ijtimoiy
tarbiyaning dialektik birligini ta’minlash ijtimoiy-pedagogik zaruriyat bo‘lib
qolayotganligini ko'rsatadi. Bu borada olima M.Ikromovaning oilada
bolalarning m a’naviy-axloqiy tarbiyasi mavzuidagi ishlari muhim ahamiyat
kasb etadi.
Oilada eng yaxshi va olijanob an’analar ruhida tarbiyalangan bola o ‘zini
anglashga, o ‘zligini ko‘rsatib, o‘z shaxsini namoyon etishga harakat qiladi.
Uning oldida shafqatsiz taqdiming zarbalariga m a’yuslik bilan bo‘ysunib,
ulardan orqaga qarab chekinish kerakmi yoki qiyinchiliklarga qarshilik
ko‘rsatib, uni yengib chiqish, o ‘z oldiga qo‘ygan maqsad yo‘lida og‘ishmay
kurashish va unga erishish sharafli va olijanoblik degan savol ko‘ndalang
bo‘lib turadi. Xuddi shunda bolada yaxshilikka muhabbat, yomonlikka
nisbatan nafrat tug‘iladi va hayotining asosiy axloqiy tamoyiliga aylanib
qoladi.
Ana shunday shaxslarni tarbiyalash, bizningcha, oilaviy tarbiyaning
bugungi kundagi asosiy vazifasi b o ‘lib qolm og‘i kerak. Bu vazifaga
erishish yo‘llari, vositalari va usullarini izlab topish muhim pedagogik
m uam m odir.
Shuni alohida ta ’kidlab o'tish kerakki, bola tarbiyasiga, eng aw alo,
ota-onaning shaxsi, hayotiy faoliyatlari, turm ush tarzi va hokazolar
bilan birgalikda oiladagi m a’naviy-axloqiy muhit ham katta ta ’sir etadi.
210
Oilaviy m uhit qanday b o ‘lsa, bolalar xuddi shu muhit ta ’sirida
ulg‘ayadilar, um um an, har qanday oilaning mustahkamligi, oilaviy
tarbiyaning ta ’sirchanligi va samaradorligi ko‘p jihatdan oilada qaror
topgan er-xo tin o 'rtasidagi o ‘zaro m unosabatlarning xarakteriga,
m a’naviy-axloqiy. iqlimga bog'liq.
Y uqoridagi m ulohazalarim izdan kelib chiqib, ruhshunos olim
G ‘.B.Shoumarov o ‘zining «M uhabbat va oila» kitobida oila va oilaviy
m unosabatlar, oilaviy nizolar, oilalarning ajralish sabablarini tahlil
qilar ekan, uning asosiy sabablari oilada o ‘zaro munosabatning barqaror
emasligi, er-xotinning eng nozik yaqin munosabati haqida tushunchaga,
bilimga ega emasligida, degan xulosaga keladi.
Yoshlarni um um insoniy va milliy qadriyatlar asosida m a’naviy-
axloqiy tarbiyalash bugungi kundagi pedagogika fani oldida turgan dolzarb
masaladir. Shu m a’noda O.M usurmonovaning tadqiqoti katta e’tiborga
m olik. O lim a yuqori s in f o ‘q u v ch ilari m a ’naviy m a d a n iy a tin i
shakllantirish borasidagi qator pedagogik m uam m olarni yechishga
harakat qiladi.
«Bizning nazarim izda, — deb t a ’kidlaydi O .M u su rm o n o v a,—
shaxsning ichki m a’naviy dunyosi m a’naviy qiziqish, m a’naviy faoliyat
va m a’naviy qadriyat kabi asosiy belgilar tizim idan iboratdir».
Haqiqatan ham ,tadqiqotchi qayd etgani kabi, shaxsning m a’naviy-
axloqiy qarashlari, tasavvurlari fan, adabiyot, san’at, maorif, din kabi
vositalar orqali tarbiyalanadi. Zero, shu tarbiyaviy vositalar yordamida
insonda m a’naviy-axloqiy ehtiyojlar tug‘iladi va bevosita unga intilish
asosida m a’lum maqsadlar, intilishlar yuzaga keladi.
Oilaviy tarbiyaga olima M.lnomova quyidagicha ta ’rif berish mumkin,
deb hisoblaydi: «Oilaviy tarbiya shunday pedagogik tushuncha bo‘lib, u
ota-onalarning o ‘z hayotiy faoliyatlari, turm ush tarzlari, a n ’analar
yordamida bola shaxsiga siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar,
g‘oyalar, tasavvurlarni shakllantirishni nazarda tutib, bir maqsadga
qaratilgan holda muntazam olib boriladigan izchil m a’naviy ta’sir o'tkazish
jarayonini ifodalaydi».
L.Nurm uhamedova aqli zaif o ‘quvchilarni oilada tarbiyalashning
korreksion pedagogik jihatlarini o ‘zining tadqiqot ishlarida yoritib berar
ekan, ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish va oila madaniyatini
shakllantirish muammolarini hal etgan taqdirdagina kutilgan natijalarga
erishish mumkinligini ilmiy asoslab bergan. Aqli zaif bolalar ota-onalari,
mahalla, jamoatchilik hamkorligidagina ta ’lim-tarbiya ishlari o ‘z samarasini
beradi degan fikrlaiga biz ham qo‘shilamiz.
Yuksak ma’naviy darajadagi qat’iylikka, axloqiy his-tuyg‘ulaiga, kuch-
irodaga ega bo‘lgan layoqatli, sog‘lom avlodlar sohibqiron Amir Temur
bobomizdek millat siymosi va rahnamosi, Imom Buxoriy, Bahouddin
211
N aqshband singari ilm peshvolari, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy,
Beruniy, ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi allomalar,
M ahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, C ho'lpon yanglig‘ istiqlol
fidoyilari jamiyat taraqqiyotiga juda katta m a’naviy va m a’rifiy foyda
keltirgan va ularning pok ruhlari, hayoti va faoliyatlari tarbiyalanuvchilarni
m a’naviy sog‘lom, mustaqil, irodali qilib shakllantirishda ibrat b o ‘lib
xizmat qiladi.
Yordamchi maktabda har bir ta ’lim-tarbiya oluvchi bola bir olam.
Oligofrenopedagog o ‘quvchilami har tom onlam a ruhiy jihatdan anglab,
uning shaxsini hurm atlab, har biriga o ‘ziga xos talabchanlik bilan
m uomalada bo‘lsa, sog'lom avlodni shakllantirishdan iborat bo‘lgan
maqsadga erishiladi.
Xalqimiz irsiyatini sog'lomlashtirish, m a’naviy yetuk, ruhiy jihatdan
shakllantirish oila, tarbiya muassasalari, davlat va jamiyatning mushtarak
muddaosi bo‘lsagina komil inson shaxsi — XXI asr odami shaxsi yuksak
darajada kamol topgan bo‘ladi.
Y uqorida aytib o ‘tilg anlard an xulosa qilgan h olda, m ustaqil
0 ‘zbekistonda ta ’lim-tarbiya ishlarining to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi milliy va
umuminsoniy qadriyatlarning barcha imkoniyatlaridan to ‘la va samarali
f o y d a la n is h n i ta q o z o e ta d i. J a h o n m a d a n iy a tin in g m illiy
m a’naviyatimizga ijobiy ta ’sir qilishini inkor qilib bo‘lmaydi. T a’lim-
tarb iy a ja ra y o n id a bosh q a x alq lar pedagogik m ero sin in g ijobiy
to m o n la rid a n q a n c h a lik fo yd alan m aylik , b a rib ir o ‘zbek m illiy
qadriyatlari m a’naviy kamolotimizning asosi bo‘lib qoladi.
Hadislarda aytilganidek, ota-onalam ing farzandlariga qoldiradigan
eng katta merosi — ularga o ‘rgatadigan axloqi va odobidir. Milliy istiqlol
vazifalari bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi mazmunini yangilashni
talab etadi. Bu tarixiy zarurat esa ijtimoiy tarbiya bilan oilaviy tarbiyani
uzviy bog‘lash lozimligiga undaydi. Milliy axloq esa milliy tarbiyaning
tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun undan foydalanish oilaviy tarbiyaga
ham, ijtimoiy tarbiyaga ham taalluqlidir.
Milliy tarbiya esa inson shaxsini shakllantirishda milliy-madaniy meros
va qadriyatlardan foydalanib, o ‘ziga xos milliy yo'nalish berishga harakat
qilishdir.
Zero, millat mavjud ekan, uning m a’naviy kamoloti bilan bog‘liq
b o ‘lgan tarbiyaning o ‘ziga xos milliy usullari, mazmuni va yo‘nalishi
ham takomillashib boraveradi. Bu borada xalq pedagogikasi a n ’analari
m uhim aham iyat kasb etadi. Bu a n ’analar uzoq davr m obaynida
rivojlanib, xalq tafakkurida sayqallashib, hikmatli so'zlar, xalq maqollari
shakliga kiigan, xalq pedagogikasi negizida oilaviy tarbiya tajribasi yotadi.
Markaziy Osiyo xalqlarining um um an tarbiya borasidagi, xususan,
oilaviy tarbiya sohasidagi tajribasi va nazariyasiga oid b o ig a n fikr-
212
mulohazalari Beruniy, Forobiy, ibn Sino, M .Koshg‘ariy, Yusuf xos
Hojib asarlarida, Amir Tem ir tuzuklarida mukammal o ‘z aksini topgan
va bu buyuk bobokalonlarim iz m ad an iy -m a’rifiy m eroslari milliy
pedagogikamizning alohida fan bo‘lib shakllanishi uchun asosiy zamin
b o iib xizm at qilgan va bundan keyin ham xizm at qiladi, degan
fikrdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |