2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan
jam iyat o ‘rtasidagi m urakkab o ‘zaro m unosabatlar, shuningdek, inson
faoliyatining tabiatga ta ’sir oqibatlari haqida m a ’lum ot berish.
3. 0 ‘quvchilarda ekologik m adaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish,
undan to ‘g‘ri va ongli ravishda foydalana bilishni o ‘rgatish. Ekologik
m adaniyatning asosi b o ‘lgan, yordam ga m uhtoj bolalar tabiat oldidagi
m as’uliyatini anglash malakasini hosil qiladi. Vatanni sevish, vatanparvarlik
t a b ia tn i s e v is h d a n b o s h la n a d i. B in o b a rin , y o r d a m c h i m a k ta b
o ‘quvchilarining tabiatga nisbatan haqiqiy m uhabbat tuyg‘usini hosil
qilm ay turib ularni vatanparvarlik ruliida tarbiyalash rnum kin emas.
Yordam ga m uhtoj o ‘quvchilarni tabiat quchog‘ida b o ‘lishi uni ruhan
tetiklashtirib, m ehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi. Ekologik
tarbiya maxsus korreksion tizim da quyidagi masalalarni o ‘z ichiga oladi:
a) yordam ga m uhtoj bolalarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib,
ularda bu sohada muayyan m alaka hosil qilishni tarbiyalash;
b) ekologik o ‘zgarishlarni oldindan k o‘ra bilishni tarbiyalash;
d) ekologik m adaniyatni singdirish va tarbiyalash.
Yordamchi maktabda yordamga muhtoj bolalarga ekologik tarbiya berish
axloqiy tarbiyaning ajralmas qismi b o ‘lib hisoblanadi. Y ordam chi m aktab
o ‘quvchilarida ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil
qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi.
Ekologik tarbiyani am alga oshirishda badiiy adabiyotlar, qiziqarli
hikoyalar, predm et darslarida ekologiyaga oid tabiat hodisalari, sabab va
o q ib a t q o n u n iy a tla r in i o c h ib b e r a d ig a n q iz iq a r li m a t e r i a ll a r ,
kinofilm lardan foydalanish kutilgan natijalar beradi. Sinfdan tashqari
o ‘qish darslarida va sinfdan tashqari o ‘tkaziladigan tadbirlarda ekologiyaga
oid bilimlar berib borish ham o‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirishda
m uhim aham iyat kasb etadi. M aktabda «Jonli burchak», «D araxtning
ham joni bor», «Tabiatni asrash — V atanni asrash» ruknlari ostida sinfdan
tashqari tadbirlar o ‘tkazish, «Tabiatni m uhofaza qilish» to ‘garagi, «Jonli
burchak» tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalaiga ekologik ta ’lim -tarbiya berish
dasturini amalga oshirish « 0 ‘zbekiston Respublikasi T a ’lim to ‘g‘risida»gi
Q onunning 23-m oddasini hayotga tatbiq qilishda kerakli om illardan biri
b o ‘lib xizm at qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: