Maxsus pedagogika


S a vo l  va  topshiriqlar



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

S a vo l  va  topshiriqlar
1.  Insonparvarlik tarbiyasining ahamiyati haqida so‘zlab bering.
2.  Insonparvarlik  qanday namoyon  boiadi?
3.  Insonparvarlik tarbiyasi qanday amalga oshiriladi?
Yordamchi  maktablarda  jismoniy  tarbiya
Jism oniy tarbiya bolaning h a r to m on lam a rivojlanishi  uch u n  asosiy 
omil ekanligi qadim dan e ’tirof etilgan.  M untazam  ravishda jismoniy tarbiya 
bilan shug‘ullanganlarda ham  ruhiy, ham  jismoniy rivojlanish uyg‘unlashib 
boradi.
Jism oniy  tarbiya  —  ko ‘rinishidan juda  sodda,  tushunarli  tuyulgan  bu 
jum la  maxsus  m aktablarda  yanada  ehtiyotkorlikni  talab  etadi.  Chunki 
jism oniy  tarbiyani  oddiy  jism oniy  m ashqlar,  harakatlar  yig‘indisi  deb 
o ‘ylash  katta xato b o ‘ladi.  Jism oniy tarbiya deganda o ‘quvchilarga tashkil 
qilingan jism oniy m ashqlar, tabiatning tabiiy kuchlari va gigiyenik omillar 
bilan  ta ’sir etish orqali  ularda jam iyat  talablariga  m os keladigan sifatlarni 
rivojlantirish  tushuniladi.
Yordam chi  m aktab  o ‘quvchilariga jism oniy tarbiyani  amalga  oshirish 
jarayonida  ular  sog‘lig‘ini  m ustahkam lash,  tana  a ’zolarini  chiniqtirish, 
jism oniy jihatdan  to ‘g‘ri  rivojlantirish  ham da  aqli  zaif o ‘quvchilar  aqliy 
faoliyatlarini  m um kin  qadar  maksimal  oshirishga  ta ’sir  etishda  asosiy 
vazifalami bajaradi. Yordam chi m aktab o ‘quvchilaming qaddi-qom atlarini 
t o ‘g ‘ri  s h a k lla n tiris h ,  su y ak   b o ‘g ‘in la rin i,  m u sk u lla r  h a ra k a tin i 
uyg‘unlashgan  tarzda  korreksion  rivojlantirish,  yurak-tom ir  ham da  nafas 
olish  a ’zolarining  asab  tolalari  faoliyatlarini  rnustahkam lashtirish  va 
m uvozanatlashtirishdek m uhim  vazifalami sistemali tarzda amalga oshirib 
boradi. Yordam chi  m aktabda jism oniy tarbiya barcha tarbiya turlari bilan 
(estetik,  ekologik,  aqliy,  axloqiy,  m ehnat)  bog'langan  holda  am alga 
oshirib  boriladi.
S a lo m a tlik   in s o n n in g   r iv o jla n is h i,  u n in g   b a rc h a   k u c h   va 
qobiliyatlarining nam oyon b o ‘lishi uchun asosiy omildir.  M aktab yoshida 
bolaning  o ‘sishi  va  norm al  taraqqiyoti  m a’lum  darajada  organizm ning 
intellektual,  hissiy-irodaviy  rivojlanishiga  bog'liq  bo'ladi.  Shu  sababli 
bosh lang‘ich  sinf  bolalarining  sog‘lig‘ini  as/.ish  jism oniy  tarbiyaning 
yetakchi vazifasi  b o iib , bevosita shu  yoshda jism oniy tarbiya organizmga 
sam arali  t a ’sir  etadi.  Z ero   shu  davrda  bo!a  org anizm iga  jism o n iy
173


mashqlarning,  sof  havoning,  quyosh  nurlarining,  toza  suvning  ijobiy 
ta’siridan  unumli  foydalanish  zarur.
Jismoniy  tarbiya  yordamchi  maktablardagi  barcha  ta ’lim-tarbiya 
ishlarining  muhim  qismi hisoblanadi. Yordamchi  maktablarda bolalardagi 
mavjud  nuqsonlami tuzatish vazifalarining hal etilishi jismoniy tarbiyaning 
asosiy, yetakchi  maqsadi  hisoblanadi. Aqli zaif bolalarning jismoniy,  ruhiy 
rivojlanishi o ‘ziga xos, murakkabligini hisobga oladigan bo‘lsak, yordamchi 
maktablarda  jismoniy  tarbiyaning  ahamiyati  yanada  ortadi.  Chunki  bu 
bolalarning  ko‘pchiligida  bosh  miya,  yurak-qon,  tom ir,  nafas  olish 
a ’zolarining  o ‘ziga  xos  kasalliklari  b o ‘lib,  ularda  muskul  tonuslari 
bo‘shashgan boladi. Jismoniy o ‘sish asosan nuqsonli bolalarda orqada qoladi. 
Bu  hoi  bolalar  bo‘yining  yaxshi  o ‘smaganligida,  muskullar  kuchining 
zaifligida,  gavda  tuzilishining  nomutanosibligida,  umurtqa  pog‘onasining 
nuqsonlarida  ko‘zga  iashlanadi.  Aqli  zaif bolalar  o'zlaridagi  nuqsonlami 
mustaqil  holda  bartaraf  etish  qobiliyatiga  ega  emaslar.  Ular  jismoniy 
mashqlarning mohiyatiga tushunib yetmaydilar.  Ularda harakat faoliyatini 
takom illashtirish  uchun  chidam ,  iroda,  maqsadga  intilish  jihatlari 
yetishmaydi. Bunday vaqtlarda yordamchi maktab o‘qituvchi va tarbiyachilari 
bolalarga  yaqindan  yordam  berishlari  kerak.
Yordamchi maktablardagi jismoniy tarbiya asosan aqli zaif bolalardagi 
nuqsonlami to‘g‘rilash va ulami  mehnat  faoliyatiga tayyorlashdan  iborat. 
Shu  sababli  ham  bu  sohadagi  ishlar  maxsus  mazmun  kasb  etishi  kerak. 
Chunki  normal  bolalar  bilan  olib  boriladigan  jismoniy  tarbiya  usullari 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yordamchi  maktablarda  o'tkazilmaydi.
M ash h ur  rus  defek tolo glaridan   A .N .G rab o ro v ,  D .I.A zbukin, 
G .M .D ulnev  ishlarida  yordam chi  m aktab  o'quvchilarini  jism oniy 
tarbiyalash  m asalalariga  alohida  e ’tib o r  berilgan.  U lar  tu zatish - 
sog'lomlashtirish  ishlarida,  o'quvchilarni  ijtimoiy  foydali  m ehnatga 
tayyorlashda jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat bilan  qaraganlar.  Nuqsonli 
shaxsni  rivojlantirish  uchun  quyi  sinflardagi  jismoniy  tarbiyaga  alohida 
mas’uliyat  bilan  yondashish  kerak.  Chunki  boshlang‘ich  sinf  bolaning 
ham ruhiy,  ham jismoniy rivojlanishida poydevor vazifasini o ‘taydi.  Kichik 
maktab  yoshi  nuqsonlami  tuzatish  uchun  juda  qulay  davr  hisoblanadi. 
Chunki  ish  qanchalik  erta  boshlansa,  shuncha  yaxshi  samara  beradi. 
Boshlang‘ich  sinflarda  yaxshi  tashkil  etilgan  harakatli  mashg‘ulotlar 
yozuvda,  surat chizishda,  qo‘l  mehnatida alohida  o ‘ringa ega.
Jismoniy mashqlar bola organizmiga umumiy ijobiy ta ’sir etib,  butun 
tananing  hayot  faoliyatini  yuksaltirishga  yordam  beradi.  Ayniqsa,  toza 
havoda  o'tkaziladigan  mashqlar  modda  almashuvining  yaxshilanishiga, 
nafas  olish  jarayonlarining  takomillashishiga,  natijada,  aqli  zaif  bola 
organizmining umumiy holati yaxshilanishiga olib keladi. Aqliy ishchanlikni 
oshirishda jismoniy tarbiya  darslari,  ayniqsa,  ijobiy  ta ’sir etadi.  Jismoniy
174


m ehnat  va  jism oniy  tarbiya  vositalarini  ustalik  bilan  q o ‘shib  olib 
borgandagina  ularni  to'g'ri  jismoniy  rivojlantirish  mumkin.  Yordamchi 
maktablardagi  jismoniy  tarbiya  mashg‘ulotlari  o‘quvchilarning  yosh  va 
individual xususiyatlarini albatta hisobga olishi lozim. Aks holda jismoniy 
tarbiya biriga foyda kcltirsa,  ikkinchisiga zarar keltirishi mumkin. Yordamchi 
maktab  o ‘quvchilarini  jismoniy  tarbiyalashda  asosan  quyidagi  usullar, 
talablarga rioya etiladi:
1. Aqli zaif bolaning kun tartibini gigiyena talablariga mos tarzda tashkil 
etish,  uning  bajarilishini  nazorat  qilish.
2.  0 ‘z vaqtida va yetarli ovqatlanish.
3.  Bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalarini o ‘rgatish va ko‘nikmalar hosil 
qilish.
4.  Aqliy va jismoniy  mehnatni bir-biri  bilan  almashtirib turish,  izchil 
jismoniy  tarbiya  bilan  shug‘ullanishni  ta’minlash.
5.  Bolani  oilada,  maktabda jamoat  ishlariga jalb  etish.
6.  Yozgi  ta ’tilni  to ‘g‘ri  tashkil  etish  va  uyushtirish.
M a’lumki,  yordamchi  maktabning  har  bir  sinfida  aqli  zaiflikning 
ifodalanishiga  ko‘ra,  turli  darajadagi  b olalar  uchraydi.  U lam in g  
kayfiyatlari, jismoniy harakat  imkoniyatlari  ham turlicha boiadi.  Shularni 
izchil  o ‘rganish  asosidagina  muvaffaqiyatli  jismoniy  tarbiyani  amalga 
oshirish  mumkin.  Jismoniy  tarbiya  o ‘qituvchilari  shifokorlar  bilan  uzviy 
hamkorlikda  ishlashlari  zarur.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish