Fonematik sintezni tekshirish
Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatini aniqlash zarur:
- ketma-ket tovushlardan bo`g’inlar tuzish.
Fonematik tasavvurni tekshirish
Bunda bolalarga quyidagi topshiriqlar beriladi:
- berilgan tovush ishtirokida so`z uylab topish;
- nomlari oppozision tovushlar bilan boshlanadigan narsalarga oid
rasmlarni ikki qatorga ajratish. Masalan, s-sh, ch-s, r-ya va boshqalar.
Nutq prosodik komponentlarining holati
- sur’at: me’yorda, sekinlashgan, tez;
- oxang: me’yorda yoki aritmiya;
- ovoz: me’yorda, bo`g’iq, xiqildoq, zaif, past;
- ovoz yo`g’on-ingichkalilik: yumshoq, qattiq;
- ovozning tez va qattiqligi: qattiq, yumshoq, yo`q;
- nafas: me’yorda, tezlashgan, sekinlashgan;
- nafas olish chuqurligi: me’yorda, yuzaki.
Do'stlaringiz bilan baham: |