TRANSFORMATORLAR
Elektr yoyi vositasida payvanlash uchun ishlatiladigan maxsus maqsadli
transformatorlarni odatda payvandlash transformatorlari deb yuritiladi.
Payvandlash transformatorlari kuchlanishi 220 yoki 380 V bo‗lgan elektr
energiyani metalni yoyli payvandlash uchun zarur bo‗lgan salt ishlashdagi
kuchlanishi 60 V bo‗lgan elektr energiyaga o‗zgartirib beradi. Reaktor (drossel) –
magnit zanjiri havo oralig‗ini o‗zgartirish yo‗li bilan payvandlash tokini
rostlashga mo‗ljallangan Metallni payvandlashda СТН-500-1 tipli payvandlash transformatori (1.4,
b-rasm) amalda ko‗p qo‗llaniladi: U1=380 va 220 V, U2.0=60 V, payvandlash toki
500 A, bu tok rostlash jarayonida 800 A gacha oshishi mumkin. Chiqishidagi
quvvati 15 kW, tarmoqdan oladigan quvvati 33 kVPayvandlash transformatori ishlashi undagi yoyning uziluvchanligiga
asoslangan: bunda qisqa tutashuv yordamida elektr yoyi xosil qilinadi va uning
uzilishi salt ishlash rejimini xosil qiladi. Payvandlash transformatorning nominal
ishlash rejimi, elektr yoyining turg‗un yonishi to‗g‗ri keladi. Induktiv qarshilikni
oshirish orqali, payvandlash transformatoridagi tokni chegaralash choralari qabul
qilingan. Ushbu maqsadda transformatorning birlamchi chulg‗ami bitta sterjenga
joylashitirlsa, ikkilamchi chulg‗ami boshqa sterjenga joylashtiriladi. Bu esa magnit
maydonining sochilishiga, oqibatda chulg‗amning induktivligi ko‗payadi. Yana
boshqa choralardan biri transformatorning ikkilamchi zanjiriga po‗lat magnit o‗zakga joylashtirilgan, ko‗ndalang kesim yuzasi to‗g‗ri burchakli mis
o‗tkazgichdan iborat induktiv g‗altak ( DR drossel) ulanadi. Drosssel vint-gayka
bilan ta‘minlangan bo‗lib, yarmodagi xavo oralig‗ini
o‗zgartirish imkonini beradi. Bunda xavo oralig‗i eng kam bo‗lganda
ega bo‗ladi va aksincha xavo oralig‗i eng katta
bo‗lganda
chulg‗ami induktiv qarshiligining ko‗pligi va drosselning mavjudligi elektr
yoyining turg‗un yonishi imkonini beruvchi egri chiziqli tashqi xarakteristikasiga
ega. Xavo oralig‗ini o‗zgartirish orqali tashqi xarakteristika egri chizig‗ining
egilish burchagini o‗zgartirish mumkin. Xavo oralig‗i eng kichik bo‗lganda egilish
burchagi eng katta (1.4, b-rasm 1 chiziq) va xavo oralig‗i eng katta bo‗lganda esa
egilish burchagi eng kichik (1.4, b-rasm 2 chiziq). Payvandlash transformatorning
ishlash toki I2, elektr yoyi kuchlanishi Udbo‗lganda to‗g‗ri keladi.
1.5-rasm. Payvandlash transformatori
Ayrim payvandlash transformatorlarida drossel transformatorning o‗ziga o‗rnatiladi.
Payvandlash transformatorlarning
induktiv qarshiligi katta bo‗lganligi
sababli, uning quvvat koeffitsientining
kamayishiga olib keladi va odatda
cosυ=0,4‚0,5 dan oshmaydi.
Qo‗lda payvandlash uchun mo‗ljallangan payvandlash transformatorlarining
quvvati 30 kVA gacha, avtomatik payvandlashga mo‗ljallangan payvandlash
transformatorlarining quvvati 100 kVA gacha va katta quvvatli kontaktli
payvandlash transformatorlarining quvvati 1000 kVA gacha ishlab chiqarilishi
mumkin. TO‘G‘RILAGICH QURILMALARI UCHUN
Do'stlaringiz bilan baham: |