2. Pik-transformatorlar. Elektron texnikasida boshqariladigan ventil
(masalan, tiristor)ni rostlash uchun kuchlanish impulsi keskin o‗tkir (piksimon)
shaklda bo‗lishi kerak. Bunday impulslarni sinusoidal o‗zgarayotgan kuchlanish
berilgan piktransformator yordamida olish mumkin. Pik-transformator –o‗zagi magnit jihatdan kuchli to‗yingan odatdagi ikki
chulg‗amli transformatordir. Pik-transformatorlari ikki modifikatsiyali
tayyorlanadi: to‗g‗ri burchak shaklidagi gisterezis xalqali po‗lat o‗zakdan
tayyorlangan magnit o‗tkazgich yoki to‗yinish uchastkasiga ega bo‗lgan magnit
o‗tkazgichli. Pik – transformatorlarida ikkilamchi chulg‗amidagi impuls
kuchlanishi, birlamchi chulg‗amiga berilgan sinusoidal kuchlanish oqibatida paydo
bo‗lgan magnit oqimining o‗zgarishi tufayli byjudga keladi.
Tokning sinusoidalligini saqlab qolish va o‗ta kuchlanishlarni kamaytirish
uchun, uning birlamchi chulg‗amini o‗zgaruvchan tok tarmog‗iga katta qo‗shimcha
qarshilik Rqo‘sh orqali ulanadi. Bu holdabirlamchi chulg‗amdan magnitlovchi
sinusoidal tok i1 o‗tadi; bundatransformatorning magnitlanish xarakteristikasi egri
chiziqli bo‗lganligidan uning magnit oqimi Ф yassi ko‗rinishdagi trapetsiogal
shaklga ega bo‗ladi. Shu sababli transformatorning ikkilamchi chulg‗amida pik (cho‗qqi) simon
shakldagi kuchlanish U2 hosil bo‗ladi (1.10-rasm). Magnit oqim Ф va tok i1 nol
qiymatidan o‗tish paytida ikkilamchi kuchlanish maksimum (U2max) qiymatga
erishadi. Pik-transformatorlarining magnit o‗tkazgichi odatda temir nikelli
aralashma (permaloy)dan tayyorlanadi. Elektrlashtirilgan temiryo’l transporti (masalan, elektrovoz) uchun kuch transformatorlari. Elektrlashtirilgan temiryo‘l transportiga elektrovoz va
elektropoezdlar kiradi. Ularni harakatga keltiruvchi elektr motorlariga energiyani
o‗zgarmas yoki o‗zgaruvchan tok kontakt tarmoqlari orqali beriladi.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti yuksak texnik-istisodiy
ko‘rsatkichlarga ega va ekologik jihatdan toza bo‘lgan transportdir. Shu tufayli
MDH mamlakatlarida, shu jumladan O‗zbekistonda ham elektrlashtirilgan temir
yo‘l va shahar elektr transportlari keng rivojlanmoqda.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l transportida tortish ("asosiyta'minlovchi")
transformatorining asosiy vazifasi elektrtarmog‘i kuchlanishi U ni tortish elektr
motori uchun zarur bo‘lgan kuchlanishga qadar kamaytirib berishdan iborat (1.11-
rasm). O‗zgaruvchan tok sistemasi 25 kV (yoki 2liniyalar bo‘yicha elektrlashtirilgantemiryo‘lliniyasi uchun yordamchi bo‗lgan
iste‘molchilar energiya bilan ta'minlanadi. Bu holda transformatorlarning bir xil
fazasi rels tarmog‘iga, boshqafazalari esa kontakt tarmog‘iga ulanadi. Shahar elektr transporti kuch transformatorlari. Shahar elektr tarmoqlari
xususiyatidan kelib chiqqan holda bunday maxsus maqsadli kuch
transformatorlarining birlamchi kuchlanishi 6; 6,3; 10 va 10,5 kV bo‗ladi. Tarmoq
chulg‗ami kuchlanishi ±2‗
‗
‗
Ularning quvvat koeffitsientlari (cosφ) tegishlicha 0,955; 0,95; 0,944.
Ikkilamchi chulg‗ami kuchlanishi U2
‗