Bu qiyinchiliklar bartaraf qilinmaydi deb o’ylash noto’g’ri. Albatta, ular aqli zaif bola yordamchi maktabni tugutgandan keyin ham qisman qoladi. Biroq, ta’lim jarayonida aqli zaif bolaning tafakkuri, nutqi, qiziqishlari va bilish qobiliyatlarining rivojlanishi bilan bog’liq holda u axloqiy ham rivojlanib boradi. Yordamchi maktabda o’qishni tugutish arafasida bola hayotda o’z o’rnini tushunib yetadi, kollektivda asosiy xulq – atvor normasini o’zlashtiradi. SHu vaqtda mehnatga to’g’ri munosabat ham vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |