Aqli zaif bolada dinamika stereotipi (harakatlar, fikrlarning o’zgarmasdan takrorlanishi, bir marta o’zlashtirib olingan fikrdan boshqa fikrga o’tishning qiyinligi) hosil qilish va o’zgartirish qiyin, bu hol miya qobig’idagi nerv jarayonlarining etarli darajada harakatchan emasligidan dalolat beradi. aqli zaif bolani stereotip xulq – atvorini yo’qotish bilan bog’langan qiyinchiliklar, ular ko’pincha muayyan vaziyatda mos kelmaydi, shu bilan tushuntiriladi. Maktabni yordamisiz bola muhitni salbiy ta’sirini bosib o’ta olmaydi, ko’pincha buning o’rniga unga moslashadi. SHuning uchun maktab ta’limi, estetik tarbiya vositalari, bolaning maktab jamoat tashkilotlaridagi ishi va hakozolardan foydalanib, yordamchi maktab o’quvchisi xarakterini vujudga keltirishga katta ahamiyat berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |