Maxsus, kasb-hunar



Download 5,34 Mb.
bet11/39
Sana05.09.2022
Hajmi5,34 Mb.
#848193
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari

Yoy tuzilishi.


O’zgarmas tokda elektr yoyi elektrod uchi- ni payvandlanayotgan detal sirtiga tegishi hisobiga hosil bo’ladi. Dastlab elektrod va detallar orasida- gi mikronotekisliklarni tutashishidan uchqun chiqib kontakt sodir bo’ladi (29-a rasm). Tokning yuqori zichligi ushbu mikronotekisliklarni bir soniyada eri- tib, suyuq metall pardasini hosil qiladi (29-b rasm), natijada «elektrod-payvandlanayotgan detal» orasi-
da payvandlash zanjiri paydo bo’ladi. Undan so’ng elektrodni detal yuzasidan 2-4 mm ko’tariladi. Unda suyuq metall pardasi tortilib, ingichkalashadi. Bunda tok zichligi yanada ortib, metall harorati ham mos ra- vishda ortadi (29-d rasm).


a) b) d) 29-rasm. Payvand yoyini hosil qilish sxemasi
Hosil bo’lgan ionlashgan muhitda elektr payvand- lash yoyi paydo bo’ladi, uni ko’rinishi 30-a rasmda ko’rsatilgan. Yoy asosan 1-elektrod va payvandlana- yotgan metall orasida sodir bo’ladi (30-b rasm). Yu- qorida aytib o’tganimizday, yoy hosil qilgan issiqlik ta’sirida elektrod va metall erib, 4-payvandlash van- nasini hosil qiladi. Elektrod sterjnini erishidan hosil bo’lgan suyuq metall 8-tomchilari yoy orqali vannaga o’tadi. Elektrodning metall sterjni bilan birga uning 2-qoplamasi ham erib, erigan metall yuzasidagi yoy va suyuq shlakli vanna atrofida 3-himoya gazi hosil qiladi. Yoyni siljshiga qarab, payvandlash vannasi- dagi metall qotib boradi va 6-payvand chokini hosil qiladi. Suyuq shlak payvand chokni sovushiga mos ravishda 5-qatlamni hosil qiladi va uni chok sovu- gandan so’ng tozalab tashlanadi.



a)
b)
30-rasm. Payvand yoyini yonish sxemasi
Payvandlash jarayonida elektrodga quyidagicha harakat beriladi (31- rasm):

  1. elektrodni o’qi bo’ylab yoy hosil bo’lish zonasi tomonga surib. Harakat tezligi elektrodni erishiga mos tushishi kerak, bunda yoy uzunligining doimiyligiga e’tibor berladi;

  2. payvandlanayotgan chok bo’ylab harakanlan- tirish. Harakat tezligi metallni erishiga mos tushishi kerak, agar tezlik kam bo’lsa, issiqlik ortib metallni kuydirib yuboradi, chokni eni kattalashadi;

  3. ko’ndalangga tebratib harakatlantirish. Chok enini (3…4)de ga teng olish uchun qo’llaniladi.





  1. rasm. Payvandlash jarayonida elektrodni harakatlantirish sxemasi.

1-ilgarilanma harakat (elektrod o’qi bo’ylab);
2-to’g’ri chiziqli (payvandlanayotgan chok bo’ylab); 3-tebranma (chok o’qiga ko’ndalang ravishda)
Chuqur eritib payvandlashda qalin qoplamali elektroddan foydalaniladi (32-rasm). Bunda elektrod sterjni qoplamaga nisbatan tez eriydi va elektrod uchi- da «yengcha» hosil qiladi. Yengchani metall sirtiga tegizib elektrodni 3-chok bo’yicha bir tekisda harakat- lantiriladi. Tor choklarni olish uchun elektrodni chok tomonga qattiqroq bosib harakatlantiriladi, keng chok olish uchun aksincha bo’ladi.


32-rasm. Chuqur eritib payvandlash sxemasi.
1-shlak; 2-payvand chok; 3-chok;
4-elektrod; 5-payvandlanayotgan metall
Nazorat uchun savollar

    1. Payvandlash nima?

    2. Payvandlashning asosiy turlarini ayting.

    3. Sovuq holda payvandlash nimaga asoslangan?

    4. Diffuziyali payvandlash qanday amalga oshiriladi?

    5. Portlatib payvandlash qanday bajariladi?

    6. Ultratovushli payvandlash nimaga asoslangan?

    7. Plazmali payvandlash qanday amalga oshiriladi?

    8. Lazerli payvandlash qanday bajariladi?

    9. Elektron-nurli payvandlashni tushuntiring.

    10. Kontaktli payvandlash qanday bajariladi?

    11. Yoy yordamida payvandlash nimaga asoslangan?


II BOB.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish