3.5 Payvandlash simi
Yoy yordamida eritib payvandlashda eruvchi elektrodlar uchun sovuq holda cho‘zib kalibrlan- gan 0,3—12 mm diametrli sim, shuningdek qizdirib cho‘zilgan yoki kukunli sim, elektrod lenta va elekt- rod plastinalar keng qo‘llaniladi. Payvandlashda qo‘llaniladigan po‘lat sim kam uglerodli, legirlangan va o‘ta legirlangan xillarga bo‘linadi.
Payvandlash simi tarkibida qo‘llaniluvchi legir- lovchi elementlar quyidagicha yoziladi va ularning shartli belgilari jadvalda keltirilgan: simda 1% dan
kam uglerod bo‘lganda faqat shu elementning harfi qo‘yiladi; agar legirlovchi elementning miqdori 1 % dan ortsa, u holda harfdan keyin shu elementning miqdori butun birliklar bilan ko‘rsatiladi.
Sim markalarining shartli belgisi indeks — Св va undan keyin qo‘yiladigan raqamlar va harflardan iborat. Raqamlar uglerodning miqdorini yuzli ulush- larda ko‘rsatadi, harflar esa sim tarkibiga kiruvchi elementlarni bildiradi. Kam uglerodli va legirlangan sim markalarining shartli belgilari oxiridagi A har- fi metallning oltingugurt va fosfor miqdori bo‘yicha o‘ta tozaligini bildiradi. Sirtdan ko‘rinishi bo‘yicha kam uglerodli va legirlangan sim mislangan va mis- lanmagan xillarga bo‘linadi.
Simlar turli xil bo‘lib, ular quyidagi shartli bel- gilarga ega: Э — elektrodlar tayyorlash uchun; O — mislangan; Ш — elektr-shlak usulida eritib olingan po‘latdan olingan; ВД — vakuum-yoy usulida eritib olingan po‘latdan olingan; ВИ — vakuum-induksion pechda eritib olingan po‘latdan tayyorlangan.
Belgilashlarda quyidagi qisqartmalar qabul qi- lingan:
tayyorlash usuliga ko‘ra: Д — sovuq holda cho‘zilgan; Г — qizdirib deformatsiyalangan;
kesimning shakliga ko‘ra: КР — dumaloq; 3) holatiga ko‘ra: M — yumshoq; T — qattiq; 4) uzun- ligiga ko‘ra: БТ — kalavada; KT — g‘altaklarda; БР — barabanlarda; СР — o‘zaklarda; НД — o‘lchanmaydigan uzunlikda.
Simlar quyidagicha markalanadi, masalan, АМц
markali aluminiy qotishmasidan nagartovkalangan holatda cho‘zib tayyorlangan (Б), diametri 5 mm li, kalava o‘ramidagi (БТ) payvandlash simi quyidagi- cha belgilanadi: Sim В. СзАМц. Н 5,00ХБТ 7871- 75 Davlat standarti.
Sovuq holda deformatsiyalangan, qattiq, di- ametri 2 mm li, kalava holdagi БР ОУ-3 markali qotishmadan tayyorlangan payvandlash simi quyi- dagicha belgilanadi: Payvandlash simi ДКГТ 2,0 БТБрОЦ4-3 16130—85 Davlat standarti.
Do'stlaringiz bilan baham: |